O‘zbek tilida “Ma’naviyat” semali leksik birliklarning semantik tahlili



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/72
Sana08.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#141911
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Bog'liq
ozbek tilida manaviyat semali leksik birliklarning semantik tahlili

Natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqot materiallari asosida  Universitetda 

2012-2013-yillarda  tashkil  etilgan  an‘anaviy  ilmiy  anjumanda  ma‘ruza  qilindi. 

Tadqiqot natijalari  Respublika ilmiy to‗plamlarda   chop etilgan 2 ta maqolada 

o‗z aksini topdi.  



 Tadqiqotning tuzilishi va hajmi.  Ushbu tadqiqot kirish, uch asosiy bob, 

xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati va ilovalardan iborat bo‗lib, 90 betni 

tashkil qiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



I Bob. Tilshunoslikda semantik maydon nazariyasi 

1.  Jahon tilshunosligida

 semantik  maydon nazariyasi 


10 

 

  

Tilshunoslikda  semantik  maydon  nazariyasi  haqidagi  qarashlar  so‗z 

ma‘nosining  tadqiqi  bilan  bog‗liqdir.  Olamdagi  narsa,  voqea-hodisa,  harakat 

hammasi  inson  ongida  tushuncha  sifatida  aks  etadi.  Tushuncha  esa  ma‘no 

yaxlitligidan iborat tovush tizimida so‗z shaklida namoyon bo‗ladi. 

Til – borliqni ifodalaydi. Shunday ekan, til bilan borliq uzviy aloqadadir. 

Til  va  borliq  aloqasiga  bo‗lgan  munosabatiga  yondashuv  bo‗yicha  bir  qancha 

yo‗nalishlar  vujudga  keldi.  Ularning  bir  guruhi  til  va  borliq  aloqasiga  bo‗lgan 

munosabatga  yondashuv  masalasida  ular  uzviy  aloqador,  til  bevosita  obyektiv 

olamni  ifodalaydi,  degan  tezisni  bayon  qilsa,  boshqa  faylasuflar,  tilning  borliq 

bilan bo‗lgan munosabatini rad etadilar.  

Tilning borliq bilan bo‗lgan munosabatini e‘tirof etuvchilarning o‗zi ham 

til  borliqni  bevosita  ifodalaydimi  yoki  bilvosita  ifoda  etadimi,  degan  masalaga 

turlicha  javob  beradilar.  Bir  guruh  faylasuflar  obyektiv  olamni  olamni 

ifodalashda subektning rolini tan oladilar, obyektiv ong orqali tilda o‗z ifodasini 

topishini  bayon  qiladilar.  Boshqa  yo‗nalishdagi  faylasuflar  esa,  til  obyektiv 

olamni bevositaifodalashini e‘tirof etadilar. Ular jodugar, suv parisi, dev singari 

afsonaviy  tushunchalar  borliqda  yo‗qligini,  ammo  uning  tilda  ifodalanishini, 

borliq  elementlari  bilan  til  birliklari  o‗rtasida  nomuvofiqlik  mavjudligini  asos 

qiladilar.  

Bugungi  kunda  falsafiy  adabiyotlarda  til  va  borliq  munosabatiga 

bag‗ishlangan  asarlarda  borliqni  tilda  ong  orqali  o‗z  ifodasini  topishi  e‘tirof 

etiladi.  

Shuning  uchun  ham  nomlash  jarayoni  borliq  elementlarining  ongda  aks 

etishi  va  bu  aks  etgan,  umumlashgan  obrazni  tilda  o‗z  ifodasini  topishi 

bosqichlarini o‗z ichiga oladi. Bizning qurshab turgan borliq inson ongida turli 

shakllarda aks etadi va til orqali o‗z ifodasini topadi.  

Inson  ongida  paydo  bolgan  har  qanday  fikr,  mazmun  va  shaklga  ko‗ra 

moddiy  dunyoning  aks  etishidan  boshqa  narsa  emas.  Bizning  o‗rganish 




11 

 

obyektimiz  moddiy  dunyoning      predmet  –  hodisalarigina  emas,  balki  ruhiy 



hodisalar ham bo‗lishi mumkin. Har qanday ruhiy hodisalar borliqning bilvosita 

aks etishidir.  Chunki har bir tushuncha, fikr va xulosalar moddiy dunyoning aks 

etilishidir.  Shunday  qilib,  inson  moddiy  dunyodagi  narsa  va  hodisalarining 

umumiy  va  xususiy  belgilarini  ajratgan  holda,  ongda  aks  ettirish  imkoniyatiga 

ega.  

Inson  ongida  barcha  narsalar  bir  sistema  tarzida  jamlanadi.  Chunki 



olamning  o‗zi  bir  sistemadir.  Olamning  sistemaligi  shundaki,  u  o‗zaro 

shartlangan,  bir-birini  taqozo  etuvchi  elementlar  munosabatidan  tashkil  topgan 

yaxlitlikdir.  Bu  yaxlitlik kichik  butunliklarga bo‗linuvchanlik xususiyatiga  ega. 

Bizni  qurshab  turgan  olamni  tashkil  etgan  elementlar  ma‘lum  umumiy 

belgilarga ko‗ra sinflarga birlashadi hamda sinfga birlashgan elementlar shu sinf 

tarkibida  bir-biridan  farqli  belgilarga  ko‗ra  ajraladi.  Butun  elementlari 

butunliklar doirasida   o‗zaro shartlangan va zidlangan munosabatda bo‗lsa, ayni 

chog‗da,  butunlik  bilan  butunlik  katta  butunlik  doirasida  uning  elementlari 

sifatida o‗zaro ana shunday munosabatda bo‗ladi. Shunday qilib, obyektiv olam 

oddiydan  murakkabga  qarab  sinflarga  birlashuvchi  va  ayni  paytda,  bo‗laklarga 

bo‗linish  xususiyatiga  ega  bo‗lgan  murakkab  sistemadir.  Masalan,  hayvonot 

olami  tirik  mavjudotlar  sinfida  o‗simliklar  dunyosi,  insoniyat  dunyosi  kabi 

sinfning elementlari bilan o‗zaro shartlangan va  zidlangan munosabatda bo‗lsa, 

tirik  mavjudot  uchun  bo‗lak  vazifasini  bajaradigan  har  qaysi  qism  o‗zi  mayda 

elementlarni  birlashtirib,  undan  kichikroq  butunlikni,  nisbiy  kichik  sistemani 

tashkil  qiladi.  Jumladan,  hayvonot  olami  turli  belgilarga  ko‗ra  turli  guruhlarni 

tashkil  etadi:  sut  emizuvchilar  va  sut  emizmaydiganlar;  oyoq  bilan  yuruvchilar 

va sudraluvchilar; suv hayvonlari va quruqlik hayvonlari va boshqalar.  

Obyektiv  olamning  bu  bo‗linishi  inson  ongida  umumlashgan  tarzda  aks 

etadi. To‗g‗rirog‗i, inson obyektiv olam elementlarining umumlashgan obrazini 

ongda aks ettiradi va ularning umumlashgan  obrazini aks ettirish jarayonida har 

qaysi olam predmetining umumiy va xususiy belgilarini ajratadi. 




12 

 

Keyingi  yillarda  falsafa  va  tabiatshunoslik  oldida  har  qaysi  sistema 



birliklarini  o‗z  ichida  va  bu  sistemani  boshqa  sistemalar  bilan  munosabatda 

o‗rganish, sistemaning mohiyati, uning turlicha ko‗rinishlarini ochish, umumiy 

va  farqli  jihatlarini  aniqlash,  tasnif  etish  hamda  sistemaning  tashqi  muhit  bilan 

o‗zaro  aloqasini  belgilashdek  vazifalar  qo‗yilayotganini  ta‘kidlagan  holda,  

V.G.Afanasyev    ta`kidlashicha:  ―Hozirgi  zamon  fani  va  tajribasi  to‗la 

tasdiqlayaptiki, bizni qurshab turgan moddiy va ma‘naviy muhit alohida-alohida 

predmet,  hodisa,  jarayonlardan  emas,  balki  o‗zaro  bog‗liq  bo‗lgan  obyektlar 

yig‗indisidan  tashkil  topgan  va  u  bir  butun,  sistem  tuzilmaning  muayyan  turi‖ 

ekanligini  ko‗rsatib  o‗tadi‖.

1

  Haqiqatan  ham,  sistema  tushunchasi  o‗z  ichiga 



ma‘lum  obyektlarni  birlashishi  va  ularning  o‗zaro  munosabatini  olishi 

kuzatiladi.  Sistema  doirasiga  kirgan  obyekt  shu  sistemaning  elementi 

hisoblanadi.  

Insonning  aloqa  vositasi  sifatida  yuzaga  kelgan  til  ham  belgili  va 

sistemalar  tarkibiga  kiradi.  F.de  Sossyur  tilning  belgilik  tabiatini  yoritib,  belgi 

nazariyasi  bilan  shug‗ullanuvchi  alohida  fan  –  semasiologiya  fanining  mavjud 

bo‗lishini alohida ko‗rsatib o‗tgan edi.

2

 



Yaqin  yillarga  qadar  leksemalar  semasiologik  planda,  ―shakldan 

ma‘noga‖  tamoyili  asosida  o‗rganilganlig  tufayli  leksikani  ongda  paradigmalar 

sifatida  aks  etgan  obyektiv  olamni  tilda  qanday  ifodasini  topganligi  masalasi 

tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan edi.   Ana shuni hisobga   olgan    holda,   

keyingi  yillarda  

 

tilshunoslikda onomasiologik plandagi ishlarga katta e‘tabor berilmoqda. 



 

L.A.Novikov til leksik sistemasini o‗zaro murakkab munosabatda bo‗lgan 

bir qancha ―so‗z – tushunchalar‖ to‗plami sifatida tasavvur qilish mumkinligini 

e‘tirof etadi va belgi hamda elementar ma‘nodan tashkil topgan bunday birliklar 

                                                           

1

Афанасев.В.Г. Системност и обшество. М. 1980. –с-3. 



 

2

 



Слюсарева Н.А. Теория Ф.де Соссюра в современной лингвистике. –М. 1975. –с-44 

 



13 

 

majmuasi  tildan  tashqaridagi  borliqni  aks  ettiruvchi  murakkab  mozaika  deb 



atalishini ta‘kidlaydi.

1

  



 

F.de  Sossyur  va  uning  izdoshlari  qimmat  jihatidan  bir  xil  bo‗lgan  til 

birliklarining  o‗zaro  assotsiativ  munosabatini  paradigmatik  munosabat  sifatida 

o‗rgandilar va ma‘lum til birliklarini umumiy belgilariga ko‗ra paradigmalarga 

birlashtiradilar.  Til  birliklarini  ma‘lum  umumiy  belgilariga  ko‗ra  muayyan 

guruhlarga birlashtirish paradigm hisoblanadi. Bir paradigmaga mansub bo‗lgan 

a‘zolar  umumiy  belgiga  ega  bo‗lishi  bilan  birga,  har  qaysisi  bir-biridan  farq 

qiladigan  xususiy  belgilariga  ham  ega  bo‗ladi.  Xususiy  belgilariga  ega  bo‗lishi 

paradigma  a‘zolarining  o‗zaro  zidlanishiga  va  alohida  til  birligi  sifatida  til 

sistemasida  yashashiga imkon beradi. Bu  shuni ko‗rsatadiki, muayyan  umumiy 

belgi  ostida  birlashgan  paradigma  a‘zolari  o‗zaro  farqlovchi  belgilar 

majmuasidan  iborat  bo‗ladi.  Demak,  har  qaysi  paradigma  a‘zosi  muayyan 

strukturaga ega bo‗ladi.  

 

Hozirgi kunda tilshunoslikda ana shunday sistemaviy tadqiqotlarga jiddiy 



e‘tibor  berila  boshlandi.  Bu  tadqiqotlarning  o‗ziga  xos  xususiyati  shundaki, 

lingvistik  faktlarga  avtonom  holda  yondashmay,  har  qaysi  hodisaning  ostida 

yashirinib yotgan mohiyatning ochilishiga e‘tabor beriladi. Tadqiqotchi e‘tibori 

ko‗proq lingvistik hodisalar o‗rtasidagi munosabatni yoritishga qaratiladi.   

 

Til o‗zining yaratuvchisi bo‗lgan xalq bilan, jamiyat bilan birga yashaydi. 



Jamiyat  taraqqiyotidagi    har  bir  yangilik  birinchi  navbatda  tilda  aks  etadi.  Til 

orqali fikr ifodalanadi. So‗z esa bu jarayonda material vazifasini bajaradi. So‗z 

tilshunoslik  nuqtai-nazari    bilan    leksika,    leksema    kabi  terminlar  bilan 

nomlangan.                           

So‗zning tovush tomoni, tashqi tuzilishi nomema deb atalsa; uning ichki tomoni, 

ma‘no  qavati  esa  semema  deb  nomlangan.  So‗zning  yuzaga  kelishida  birinchi 

                                                           

1

Новиков Н.А. Семантика русского язика. М. 1982. –с-70.



  


14 

 

navbatda  uning  ma‘no  tomoni  kata  ahamiyat  kasb  etadi.  So‗z  ma‘nosi  tadqiqi 



bilan bog‗liq masalalar uzoq tarixga borib taqaladi. 

Eramizdan  bir  necha  asr  oldin  xitoy  va  hind  olimlari  diqqatini  so‗zning 

ma‘no  tomoni  jalb  etgan  edi.  Ammo  ularning  qarashlari  falsafiyona  edi.  So‗z 

ma‘nosi tadqiqi so‗zning  o‗z  ma‘nosidan tashqari ko‗chma  ma‘no  berishi bilan 

bog‗liqdir.  Aristotel  metaforani  ma‘no  ko‗chish  hodisasi  deb  hisoblab,  nutqni 

ta‘sirchan  qilib  ko‗rsatadi  deb  izohlaydi.    Nemis  tilshunosi  Rizelning  fikricha, 

o‗rta  asr  filologi  Kvitilian  so‗zning  ko‗chma  ma‘no  berishining  14  ko‗rinishi 

borligini qayd etgan. 

 

F.de  Sossyur  tilshunoslar  diqqatini  lingvistik  birliklar  orasidagi 



munosabatni ochishga qaratib, paradigmatik va sintagmatik turlari mavjudligini 

ko‗rsatgan  edi.  Lingvistik  birliklarni  muayyan  birlashtiruvchi  ma‘no  asosida 

ma‘lum  paradigmalarga  birlashuvi  keyinchalik  tilshunoslikda  maydon 

nazariyasini vujudga keltirdi.  

 

―Maydon‖  atamasi  qator  fanlar  doirasida  mavjud  bo‗lib,  jumladan, 



fizikada: 

Maydon  –  fizikaning  asosiy  tushunchalaridan  biri  ekanligi,  fazodagi 

taqsimlangan  fizik  kattaliklarning  xususiyatlarini  tekshiruvchi  nazariya  hozirgi 

vaqtda maydon nazariyasi ekanligi qayd etiladi.  

 

Algebrada  esa  qo‗shish,  ko‗paytirish  va  ularga  teskari  amallar  –ayirish, 



bo‗lish kiritilgan to‗plam sifatida belgilanadi.  

 

Lingvistikada  esa  ma‘no umumiyligi  bilan  birlashgan  va belgilanayotgan 



hodisalarning  tushunchaviy,  predmetlik  yoki  vazifaviy  o‗xshashligini  aks 

ettiruvchi  leksik  birliklar  yig‗indisi  maydon  sifatida  belgilanadi.

Lingvistik 



birliklarning          ma‘lum        ma‘no    asosida    birlashuvi,    ma‘lum    bir    tildagi  

lug‗aviy  

                                                           

1

 



Лингвистический энсиклопедический словар. М.1990. –С.380.

 



15 

 

birliklarni  ana  shunday  mazmuniy  uyalarga  birlashtirish  sharq  tilshunosligida 



rivojlangan. Keyinchalik XIX asrda lingvistik birliklarni  mazmuniy guruhlarga 

birlashtirish  yoki  butunni  ma‘lum  mazmuniy  guruhlarga  ajratish  g‗oyasi 

Yevropada avj oldi. Shunga ko‗ra, bu nazariya Yevropa tilshunosligi bilan uzviy 

bog‗lanib qoldi. 

 

XIX asrda leksik birliklar umumiyligiga M.Pokrovskiy tomonidan e‘tibor 



qaratildi.  Maydon  tushunchasining  nazariy  talqini  I.Trir,  G.Ipsen,  V.Portsig, 

L.Vaysgerber,  A.Yolles  ishlarida  ko‗zga  tashlanadi,  keyinroq    A.A.Ufimseva, 

N.I.Filicheva,  Y.N.  Karaulov,  G.S.Shchur  kabilar  ishlari  bilan  bu  nazariya 

rivojlantirildi.  

 

Shuni  ta‘kidlish  lozimki,  lingvistikaga  maydon  nazariyasi  mazmuniy 



maydon  tushunchasi  sifatida  kirib  keldi.  Xo‗sh,  mazmuniy  maydon  nazariyasi 

paydo bo‗lishining qanday asoslari mavjud? 

 

Bu  nazariyaning  paydo  bo‗lishi  o‗tgan  asrning  20-30-yillariga  to‗g‗ri 



kelib,  u  V.Gumboldning  ―tilning  ichki  shakli‖  xususidagi  ta‘limotini  qayta  – 

yangi  yo‗nalishda  ko‗rib  chiqilishi  bilan  bog‗lanadi.  Bu  davrda  uzoq  davom 

etgan  lingvistik  tadqiqotlarning  asosiy  obyekti  bo‗lgan  ―tilning  ichki  shakli‖ 

sifatidagi ilmiy bahslar ushbu nazariyaning dunyoga kelishi uchun asos bo‗ldi. 

 

―Mazmuniy  maydon‖  termini  o‗sha  paytda  tadqiqotchilar  tomonidan 



turlicha  izohlanadi.  I.Trir  mazmuniy  maydon  sifatida  ―tushunchalar  maydoni‖, 

―tushunchalar doirasi‖ni nazarda tutdi. L.Vaysgerber ―til mazmunining ma‘lum 

qismi‖,  ―tarkibining  bo‗lagi‖,  V.Porsig  ―ma‘nolarning  mohiyati  bog‗liqligi‖, 

G.Ipsen mazmuniy va grammatik jihatdan bog‗langan so‗zlar guruhini semantik 

maydon tarzida takqin etadi. A.Yolles esa uni ―semantik birlashish‖ deb nomlab

uning doirasida antonimik juftliklarni birlashtiradi. F.Dornzayf va V.Vartburglar 

tillug‗aviy  tarkibi  –  ajratilish  mumkin  bo‗lgan  semantik  guruhlarida  mazmuniy 

maydonni ko‗radilar.  

 

Yuqoridagi  tadqiqotchilar  mazmuniy  maydon  atamasini  har  xil  tarzda 



izohlashlariga    qaramay,  ularni  semasiologik  tadqiqotlar  asosi  bo‗lgan  ―tilning 


16 

 

ichki  shakli‖ni  tushunishda  tilni  har  tomonlama  va  turlicha  munosabatlarda 



o‗ganishlari bilan birlashtirish mumkin.  

 

V.Gumboldtning  ―ichki  shakl‖  ta‘limotini  L.Vaysgerber  va  Y.Trir 



tushunchaviy  mohiyati  jihatidan,  G.Ipsen  va  V.Portsig  so‗zlarning  mazmuniy 

guruhi  hamda  sistemasi  tomonidan,  F.Dornzayf  va  Vartburg  esa  tilning  lug‗at 

tarkibiga  xos  predmetlilik  va  tushunchalar  guruhi  nuqtai  nazaridan 

rivojlantirdilar. 

 

Semasiologiyadagi  yangigumboldchilik  yo‗nalishining  nazariy  asosi 



tilning  leksik  bo‗linish  qonuni  hisoblanadi,  til  strukturasining  bo‗linish 

qonuniyatlari ―tilning ichki shakli‖dan kelib chiqadi.  

 

V.Gumboldtning  ―tilning  ichki  shakli‖  sifatida  avval  chiqayotgan 



tovushning  fikr  ifodalash  darajasiga  ko‗taruvchi  va  aql  faoliyatining  doimiy 

elementini tushunadi. Uning keying davrdagi izdoshlari til o‗rganishning asosiy 

vazifasi  ―turli  tillar  semantik  strukturasida  yangi-yangi  ko‗rinishda,  jumboqli 

tarzda  namoyon  bo‗luvchi  o‗ziga  xos  tushunchaviy  g‗oya‖ni  izlashga  olib 

keladi, deb ta‘kidlaydilar.

 XIX  asr  boshi  va  o‗rtalariga  mansub  tadqiqotchilar  so‗zlarning  hosila 



ma‘no  berishini  tadqiq  qilib,  bir  qator  masalalarni  hal  etishgan.  Unda  epitet, 

o‗xshatish,  giperbola,  tropning  bir  ko‗rinishi  bo‗la  oladimi,  sinekdoxa 

metonimiyaning  bir  ko‗rinishimi  degan  savollarga  javob  izlash  asosiy  o‗rinda 

turgan.  Lekin  ularning  qilgan  ishlari  so‗z  ma‘nosi  tadqiqidan  yiroq,  faqat 

uslubiyatni qamrab olgan edi.   

So‗zlarning  leksik  ma‘no  taraqqiyotiga  tilshunoslik  nuqtai-nazaridan  e‘tibor 

dastlab  1839-yil  nemis  tilshunosi  Karl  Reyzig  tomonidan  berilgan.  U  o‗zining 

lotin  filologiyasiga  bag‗ishlangan  ma‘ruzasida  so‗z  ma‘nosini  alogida 

semasiologiya  deb  nomlangan  fan  tarmog‗ida  o‗rganish    kerakligini  aytadi. 

Bunda  u  ko‗proq  leksik  ma‘no  taraqqiyotini  nazrda  tutgan  edi.  Shunday  qilib, 

                                                           

1

 



Звегенцев В.А. Семасиология: Москва, 1 957. –с.266.

 



17 

 

semasiologiya  termini  ostida  asosan  so‗z  semantik  taraqqiyoti  o‗rganiladigan 



bo‗ldi.  Ammo  Reyzig  ko‗rsatgan  masala  tilshunoslik  olamiga  deyarli  ma‘lum 

bo‗lmay qolib ketdi.   Faqat

 

1897-yilga  kelib  fransuz  tilshunosi  Mishel  Breal  yaratgan  ishgina  Reyzig 



ko‗targan masala yangi fan sifatida tarqalishi uchun kata ahamiyatga ega bo‗ldi. 

Biroq  bu  hali  semasiologiyaning  fan  sifatida  tan  olinishi  edi,  xolos.  Shundan 

keyin so‗z ma‘nosini va uning taraqqiyotini  o‗rganishga qaratilgan ayrim ishlar 

yaratila boshlandi.  

So‗zning  semantik  taraqqiyoti  masalasi  semasiologiyaning  eng  muhim 

tomoni  bo‗lib,  uning  tarixi  va  hoziri  bilan  chambarchas  bog‗lanadi.  Lekin  shu 

bilan birga uning boshqa tomonlari ham bor. Bu esa leksik ma‘noning semantik 

tarkibi  so‗zning  semantik    tarkibi,  so‗zning  semantik    hajmidagi  ahamiyati, 

o‗zaro  paradigmatik  va  sintagmatik  munosabati  va  boshqalar.  Shunga  ko‗ra 

semasiologiya  bir  necha  yo‗nalishlarda  tadqiq  etib  kelinmoqda.  Ular  quyidagi 

yo‗nalishlar: 

1.  Leksik ma‘nolarni  mantiqiy – semantik asosda tadqiq etish. 

2.  Leksik  ma‘nolarni    semantik  maydonlarga  ajratish  yo‗nalishidagi  tadqiq 

etish. 


3.  Leksik ma‘nolarning sintagmatik munosabatini tadqiq etish. 

4.  Leksik ma‘nolarning paradigmatik munosabatini tadqiq etish.

1

  

       Bu  yo‗nalishlardan  semantik  maydonlarga  ajratib  tadqiq  etishga 



to‗xtaladigan bo‗lsak,  so‗zni semantik maydonlarga ajratib tadqiq etish 1930-yil 

nemis tilshunosi Y.Trir tomonidan ilgari surilgan edi. Uning shu yillar davomida 

bir  necha  asar  va  maqolalari  e‘lon  qilindi.  Bunda  u    ―tushuncha  maydoni‖dan 

kelib  chiqib  fikr  yuritdi.  Uning  ta‘biricha,  har  bir  so‗z  ―tushuncha  maydoni‖ga 

kiradi va hech bir oraliq holatida qolmaydi. So‗z ma‘nosining tarixiy taraqqiyoti 

o‗zgarmas holda tuzilgan maydonning qayta qismlarga bo‗linishidir.  

                                                           

1

Mirtojiyev M. O`zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: Mumtoz so`z,  2010. 5-b.



  


18 

 

       Y.Trirning  semantik  maydonlar  haqidagi  nazariyasini  uning  vatandoshi 



L.Vaysgerber  davom  ettirdi.  Uning  fikricha,  til  obyektiv  borliqni  turli  til 

vositasida turlicha  tushuntiradilar. So‗zning  ma‘nosi shu  so‗zning qaysi  so‗zlar 

guruhiga 

kirishi, ya‘ni qaysi maydonda ekanligiga qarab belgilanadi.  

 

Y.Trir  va  L.Vaysgerberlar  biror  so‗zga  oid  ma‘noni  shu  so‗zdan  kelib 



chiqib  emas,  balki  tushunchalar  maydonidan  kelib  chiqib  baholaydi.    Buning 

ustiga  tushunchalar  maydonini  o‗zgarmas  deb,  idealistik  fikrni  ilgari  suradilar. 

Shuning  uchun  ham  ular  ko‗pgina  tilshunoslar  tomonidan  tanqidga  uchradilar. 

Y.Trir  bilan  izma-iz,  lekin  u  bilan  mutlaqo  aloqasiz  holda,  uning  vatandoshi 

G.Ipsen semantik 

maydonlarning  boshqacha  nazariyasini  ko‗tarib  chiqdi.  Bunda  u  morfologik 

belgini,  so‗zning  o‗zaro  semantik  munosabatiga  ko‗ra  tizimga  kirishini  asos 

qilib  oldi.  Uning  izidan  A.Yolles  so‗zlarning  korrelyativ  juftligiga  ko‗ra 

semantik  maydonga  ajralishini,  bu  o‗zgarmas  semantik  qolip  ekanlgini  aytadi. 

V.Porsig  semantik  maydonni  yana  boshqacha  talqin  qilib,  ma‘lum  ot 

turkumidagi  so‗z  bilan  sifat  va  fe‘l  turkumidagi  so‗zlar  bog‗liq  bo‗lishi  – 

elementar semantik maydon haqidagi fikrni bildiradi. F.P.Flip so‗zlarni leksik –

semantik  munosabatlariga  ko‗ra  maydonlarga  ajratishni  ilgari  surdi.  Bunda 

ko‗proq semantikaning bir turdan iborat ekanligini nazarda tutadi.  

 

Bu  sohada  eng  ko‗p  xizmat  qilgan  G.Shchur  hisoblanadi.  Uning  70ga 



yaqin ilmiy ishlari e‘lon qilingan bo‗lib. Asarlarning ko‗pchiligi lingvistikadagi 

semantik  maydonlar  nazariyasiga  bag‗ishlangan.  Bu  sohada  u  tilning  barcha 

sohalaridagi  semantik  maydon  nazariyasini  tahlil  etib  beradi.  Uning,  ayniqsa, 

semantika,  semantik  taraqqiyot  doirasidagi  maydon  nazariyasi  qimmatli  

hisoblanadi. 

O‗tgan  asrning  40-yillarida  so‗zlarni  semantik  maydonlarga  ajratishning 

yangi metodi yuzaga keldi. Bu praga maktabi tomonidan ilgari surilgan bo‗lib, u 

differensial-semantik  tahlil  etish  deb  nomlandi.  Bu  metod  asosida  so‗z  leksik 




19 

 

ma‘nosi  semema  deb  olinib,  komponentlari  sema  deb  qaraldi.  Leksema 



semalarini  umumlashtiruvchi,  ya‘ni  arxisemaga  ko‗ra  bir  semantik  maydonni 

tashkil qiladi.

Bu semantik maydon maydonchalarga, ya‘ni guruhlarga bo‗linib, 



ular  integral  semasi  asosida  o‗zaro  birlashadilar.  Semantik  maydonga  kiruvchi 

har bir leksema  

sememasi  differensialsemasiga ko‗ra  boshqa semalardan  ajraladi. Shunga  ko‗ra 

aytish  mumkinki,  dastlabki  semantik  maydonlar  mantiqiy-semantik  ajratilgan 

bo‗lsa,  bu  metodga  ko‗ra  lingvistik-semantik  jihatdan  maydonlarni    tashkil 

qiladi  So‗z  semantik  maydonlarini  differensial-semantik  tahlil  etish  metodi

 

dastlab  Praga  maktabidan  kelib  chiqqan  bo‗lsa  ham,  uning  tarqalishi  daniyalik 



L.Yelmslevning Praga maktabi to‗plamida 1943-yil nashr etilgan maqolasi bilan 

bog‗liq.  Biroq  bu  metod  dastlabki  davrda  juda  tor  doirada:  qarindosh-

urug‗chilik, jonivor nomlari, harbiy atamalar va ba‘zi bir ixtisosga doir terminlar 

semantik maydonini tahlil qilish uchun qo‗llangan edi.

 

 

XX  asrning  60-yillari  oxiriga  kelib  differensial  belgilarning  an‘anaviy 



nazariyasiga  yangi  aniqlik  kiritildi.  Bu  N.I.Tolsyoy,  D.N.Shmelev,  Y.A.Nayda 

kabi  tadqiqotchilarning  ishlarida  o‗z  aksini  topdi.  Shundan  keyin  sememalarni 

ierarxik  tartibda  tuzish  g‗oyasi  muhokama  etila  boshlandi.  Bunda  B.Potye  va 

V.Gaklarning  asarlarida  ilgari  surilgan  masalalar  diqqatga  sazovor bo‗lib, unda 

sememalarning ierarxik tartibda tuzish uchun komponentlarni arxisema, integral 

sema,  differensial  sema,  potensial  semalarga  ajratadi  va  shularga  suyanish 

kerakligini  aytadi.  Bu  tizim  bilan  leksema  sememalarini  tadqiq  etish,  ayrim 

leksema  sememalarining  kelib  chiqishi  ko‗rinishini  aniqlab  olish  uchun  ham  



  

imkon beradi.  

Umuman  so‗z  semantikasini  lingvistik-semantik  metod  bilan  o‗rganish 

so‗z  semantik  maydonini  lingvistik  tadqiq  etish  imkonini  berdi.  Bu  semantik 

maydonning tarkibiga kirish va tarkibiy pog‗onalarini nomlash, ularning ierarxik 

                                                           

1

Mirtojiyev M. O`zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: Mumtoz so`z,  2010. 4-7-b.



  


20 

 

tizimini,  sememalari  taraqqiyoti  ierarxik  tizimini  o‗rganish  uchun  yo‗l  ochdi. 



Ana  shunga  asoslanib  tilshunoslikda  bir  qator  ilmiy  tadqiqot  ishlari  yaratildi. 

Masalan,  rus  tilshunosligida  O.N.Seliverstovaning  ko‗p  ma‘noli  so‗zlarning 

komponent  tahliliga,  L.M.Vasilevning  ruscha  yo‗nalma  harakat  fe‘llar 

semantikasiga,  V.L.Ibragimovaning  ruscha  yo‗nalma  harakat  fe‘llarining 

semantikasiga  bag‗ishlangan  monografiyalar  yuzaga  keldi.  Bulardan  birinchisi 

ko‗proq  so‗z  semantik  taraqqiyotini  nazarda  tutsa  ham,  qolgan  ikkitasi  fe‘l 

semantik  taraqqiyotini  nazarda  tutsa  ham,  fe‘l  semantik  maydonlari  va  ular 

tarkibi tahliliga qaratilgan tadqiqot ishlaridir 

      Lingvistikada  maydon  nazariyasining  keying  yillardagi  rivoji  shu  darajaga 

yetdiki,  uning  g‗oyalari  va  metodlari  tilning  leksik  sathidan  boshqa  sathlarga 

nisbatan  ham  tatbiq  qilina  boshlandi.  Dastlabki  tadqiqotlar  mazmuniy  maydon 

doirasidan  kelib  chiqib,  turli  lug‗atlar  tuzish  uchun  umumiy  qonuniyatlarni 

ochishda nazariy asos bo‗ldi. Keyinroq bu yo‗nalishda tilning boshqa sathlarda 

ham jiddiy asarlar yuzaga keldi.  

 

Maydon  tushunchasining  talqini  hamda  unga  xos  xususiyatlarga  ayrim 



holda  yondashuv  maydon  nazariyasini  tadqiq  etishning  turlicha  muammolarini 

vujudga  keltirdi.  Bunda  maydon  chegaralarining  aniqligi,      maydonning 

avtonomligi,  butunligi,  uzluksizligi  jihatidan  til  birligi  sifatida  qaralgani  holda 

yoki  maydon  mustaqilligining  nisbiyligi,  maydonlar  o‗zaro  munasabatining 

keng  harakteriga  egaligi  bo‗yicha  til  birliklaridan  farqlanuvchi  tomonlari 

asosidagi  muammolar;  maydonlar  tuzilishi  (maydonda  ochiq  –  bo‗sh  o‗rinning 

bo‗lmasligi)  muammolari;  ko‗p  ma‘noli  so‗zlarning  faqat  bir  maydonga 

mansubligi yoki bir necha maydonning elementlari bo‗lishi mumkinligi asosida 

maydon  va  polesemiya  munosabatlari  muammolari  o‗rtaga  tashlandi. 

Maydonning  u  yoki  bu  xususiyatlariga,  ushbu  muammolar  tadqiqotchilar 

tomonidan turli-tuman ravishda o‗z yechimini topmoqda.   

 

Keyingi    yillarda  an‘anaviy  leksik  semantika  bilan  bir  qatorda  yangi 



yo‗nalishlar  ham  rivojlanmoqda.  Bular  qatoriga  struktur  semantika,  generativ 


21 

 

semantika,  konseptual  semantika,  kommunikativ  semantika,  psixolingvistik 



semantika  kabilarni  kiritish  mumkin.  An‘anaviy  semantika  asosan  alohida  so‗z 

yoki  guruhlarining  ishlatilishi  va  rivojlanish  bosqichlaridagi  ma‘nolarini 

o‗rgansa,  struktur  semantika  o‗z  oldiga  lingvistik  ma‘nolar,  leksik-semantik  

paradigma va       

boshqa turdagi  semantik  maydonlarning system  aloqalarini  o‗rganishni  maqsad 

qilib  qo‗ydi.  Jahon  tilshunosligida    struktur  semantika  formalism  va 

relyativizmdan  xolos  bo‗lib,  sistem  tilshunoslikning  muhim  qismlaridan  biri 

sifatida  qaraluvchi  sistem  semantikaga  aylanib  qolmoqda.  Kommunikativ 

semantika  esa  nutqiy  jarayonlarni  o‗rganish  bilan  harakterlanadi,  chunki 

lingvistik  va  lingvistik  bo‗lmagan  ma‘nolaridan  ifodalarning  aniq  mazmuni 

kelib chiqadi.  

 

Til  mundarijasini  maydon  metodi  bilan  o‗rganish  eng  samarali  va  qulay 



metodlardan  biri  bo‗lib  qoldi.  Maydonlarni  leksik-semantik  va  funksional-

semantik    maydonlarga  ajratishda  oppozitiv,  komponent  tahlil  hamda  matniy 

tahlil metodlari o‗ziga xos yordam beradi.  

 

Ko‗pchilik  lingvistlar  tomonidan  til  birliklarini  leksik-semantik  jihatdan 



bir-biri bilan bog‗langan ekanligi qayd etilgan. Xususan, F.de Sossyur lingvistik 

birliklar  o‗rtasidagi  bir  necha  munosabat  turlarini  ko‗rsatgan  bo‗lsa, 

M.Pokrovskiy so‗zlar bir-biri bilan ongimizda tashqarida ma‘nolarining ma‘lum 

tomonlari  bilan  aloqadorligini  ta‘kidlagandi.  Ungacha  har  qanday  tilda 

so‗zlarning  o‗ziga  xos  bo‗lgan  semantik    guruhlar  bo‗lib,  ularning  xususiy 

belgilari boshqa tillar bilan qiyosan ochiladi. Ammo  M.Pokrovskiy tomonidan 

qo‗yilgan  muammo  grammatik  planda  o‗rganiladi.  Ana  shunday  yo‗ldan 

boribV.Vinogradov  so‗zlarning  leksik  ma‘nolari  turlariga  ―peredikativ‖ 

ma‘nolarining 

hamda 


grammatikadagi 

ayrim 


kategotiyalarni 

qo‗shdi. 

A.R.Luriya har bir so‗zi munosabatlarining butun bir murakkab tizimini yuzaga 

keltirishning qayd  etadi. Uning  fikricha, so‗z  butun  semantik  to‗rining  markazi 

bo‗lib,  so‗z  strukturasining  muhim  psixologik  aspekti  bo‗lgan  muayyan 



22 

 

semantik  maydonni  faollashtiradi.  G‗arbiy  Yevropa  tilshunosligida  Y.Trirning 



mazmuniy  maydon  nazariyasi  so‗zlarning  leksik-semantik  aloqalari  haqidagi 

qarashlaridan  muhim  o‗rin  tutadi.  So‗zlarning  leksik-semantik  guruhlari  o‗z 

ichiga  ikki  yoki  undan  ortiq  so‗zlarning  ularni  leksik  ma‘nolari  bo‗yicha 

birlashtiradi. Mazmuniy maydon   to‗g‗risidagi turli yo‗nalishi va tadqiqotchilar 

orasidagi xilma-xilliklarga qaramay, lingvistlar tomonidan bir xil belgilangan bir 

necha nazariy masalalarni ko‗rsatib o‗tamiz:  

1.  Til  lug‗at  tarkibi  birliklarining  tartibsiz  yig‗indisidan  iborat  emas,  u 

so‗zlarning  semantik  umumiyligi  asosida  birlashuvchi  bir  qancha 

mazmuniy maydonlarga bo‗linadi. 

2.  Har  bir  mazmuniy  maydon  faqat  shu  til  uchun  xos  bo‗lgan  alohida  usul 

bilan      o‗zi aksini ettirgan borliqni tarkibiy qismlarga ajratadi.    

3.  So‗zning  semantik  mazmuni  o‗z-o‗zidan  kelib  chiquvchi  narsa 

hisoblanmaydi,  u  maydon  ichidagi  boshqa  so‗zlar  bilan  zidlanishlar 

vositasida yuzaga keladi.   

 

Mazmuniy maydon nazariyasi struktural  semantika nazariyasi bo‗lishi 



uchun,  avvalo  mazmuniy  maydonlar  obektiv  holda  ajratilishi  zarur, 

mazmuniy    maydonlarning  struktur  nazariyasi  ma‘nolarning  koponent  tahlil 

qilish maqsadga muvofiqdir. Mazmuniy maydonlar mantiqiy tomonda, ya‘ni 

tushunchaviy  asosda  qurilmoqda,  shuning  uchun  semantika  va  boshqa 

lingvistik  sohalar  o‗rtasida  ajralish  bo‗lib  qolmoqda.  Aslida  mazmuniy 

maydonlar lingvistik asosga qurilishi  zarur.   




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish