Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Da’vo talablarining asosini yoki predmetini



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

5.3. Da’vo talablarining asosini yoki predmetini  
o‘zgartirish, da’vo talablaridan voz kechish 
 
Da’vogar o‘z talablarining asoslarini da’vo arizasida ko‘rsatishi va uni 
boshqasi  bilan  o‘zgartirishi  mumkin.  Aynan  shunday  maqsadni  ko‘zlab 
da’vo  arizasini  o‘zgartirish  vaqtida  da’vo  asoslarining  asosiy  qismini 
saqlab qolish belgilangan. Har bir huquqiy munosabatlar  turli xil usullar 
bilan qanoatlantirilishi mumkin bo‘lgan muayyan bir manfaatlarni himoya 
qiladi.  Masalan,  xaridor  bilan  sotuvchi  o‘rtasida  tuzilgan  shartnoma 
shartlari  buzilgan  vaqtda  FKning  401-moddasiga  muvofiq,  sotuvchi  oldi-
sotdi  shartnomasida  nazarda  tutilgan  tovarlarni  shartnomaga  mos 
kelmaydigan assortimentda topshirgan taqdirda sotib oluvchi ularni qabul 
qilishdan va haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordiyu, ularning haqi to‘lab 
qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga 
haqli. 
Agar  sotuvchi  sotib  oluvchiga  assortimenti  oldi-sotdi  shartnomasiga 
mos  keladigan  tovarlar  bilan  bir  qatorda  assortiment  to‘g‘risidagi 
shartlarga mos kelmaydigan tovarlar ham topshirgan bo‘lsa, sotib oluvchi 
o‘z ixtiyoriga ko‘ra: 
shartnomaning  assortiment  to‘g‘risidagi  shartlariga  mos  bo‘lgan 
tovarlarni qabul qilish va qolgan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish; 
topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish; 
shartnomaning  assortiment  to‘g‘risidagi  shartlariga  mos  bo‘lmagan 
tovarlarni  shartnomada  nazarda  tutilgan  assortimentdagi  tovarlarga 
almashtirib berishni talab qilish; 
topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilish huquqiga ega. Sotib oluvchi 
assortimenti oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni 
qabul  qilishdan  bosh  tortganida  yoki  assortiment  to‘g‘risidagi  shartlarga 
mos  kelmaydigan  tovarlarni  almashtirishni  talab  qilganida  bu  tovarlar 
haqini  to‘lashdan  bosh  tortishga,  bordiyu,  ularning  haqi  to‘lab  qo‘yilgan 
bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga ham haqli. 
Mazkur  talablarning  hammasi  bir  asosdan  kelib  chiqadi  va 
da’vogarning  tanlashi  asosida  o‘zgartirilishi  mumkin.  Bunda  da’voning 
predmeti o‘zgaradi, lekin asosi saqlanib qoladi.  
Da’vo  predmetining  o‘zgartirilishi  da’vo  asosining  to‘la  yoki  qisman 
o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladi.  Da’vogar  da’vo  talablarini  ko‘paytirish  yoki 
kamaytirish  huquqiga  ega.  Qonun  o‘zgartirishning  hajmini  cheklamagan. 
Sud  da’vogarning  talablarini  hisobga  olgan  holda  hal  qiluv  qarori 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
chiqaradi.  Qonun  sudga  da’vo  arizasining  asosini  va  predmetini  sudning 
tashabbusi bilan o‘zgartirish huquqini bermagan.  
Da’vo  arizasi  o‘zgarishining  har  qanday  ko‘rinishi  (qonun  bo‘yicha) 
nafaqat  talablarni  qanoatlantirish  vazifasini,  balki  ish  jarayonini 
qisqartirish  vazifasini  ham  bajaradi.  Masalan,  moliyaviy  jihatdan 
taraflarning mehnati va vaqti tejaladi, da’vogar qaytadan yangi da’vo (shu 
ishni ko‘rish uchun) berishdan ozod etiladi. Agarda qonunga zid bo‘lmasa 
va da’vogarning manfaatlariga mos kelsa, da’vogar da’vodan voz kechishi 
mumkin va da’vodan voz kechish sud protsessini tugatishga olib keladi.  
Taraflarning  protsessda  sud  himoyasidan  voz  kechishlari  quyidagi 
shaklda amalga oshiriladi: 
da’vogar tomonidan – da’vodan voz kechish, 
javobgar tomonidan – da’voni tan olish. 
 Da’vodan  voz  kechish  –  da’vogarning  sud  protsessida  olib 
borilayotgan  ishni  tugatishga  qaratilgan  da’vodan  voz  kechishini 
bildiruvchi  ma’lumoti. Da’vogar agarda uning da’vosi bir necha qismdan 
iborat bo‘lsa, da’voning bir qismidan voz kechishga ham haqli. Da’vodan 
voz  kechish  da’vogarning  bir  taraflama  harakati  bo‘lib,  har  xil  holatdan 
kelib  chiqishi  mumkin.  Bunda  ish  asosan  javobgarning  foydasiga  hal 
bo‘ladi,  chunki  uning  da’vogarning  huquqlarini  buzishdagi  ayblarini 
oqlashiga hojat qolmaydi va ish tugatiladi.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish