Da’voni tan olish – javobgar tomonidan sudda da’vogar talablarining
qanoatlantirilishiga rozilik bildirishi ishning da’vogar foydasiga hal bo‘lishiga
olib keladi. Da’voni tan olish hech qanday tazyiq ostida bo‘lmasligi, ya’ni
javobgarning o‘z xohishi bilan amalga oshirilishi kerak. Agarda qonunga zid
bo‘lmasa va boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasa, sud javobgarning
da’voni tan olish haqidagi arizasini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarori chiqarish vaqtida da’vo tan olinganligini hisobga
oladi. Da’voning tan olinganligini sud tekshirib ko‘rishi kerak. Agarda
da’voni tan olish qonunga zid yoki boshqa shaxslarning huquqlariga zid
bo‘lsa, sud da’voni tan olishni rad etadi. Javobgarning da’voni tan
olganligi sud tomonidan mustahkamlanganidan so‘ng, barcha talablar
qanoatlantirilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |