5.5. Da’voga qarshi javobgar huquqlarini himoya qilishning
protsessual vositalari
Fuqarolik protsessual qonunchilik da’vogar va javobgarga sud ishini
yuritishda o‘z huquqlarini himoya qilishda teng imkoniyatlar beradi.
Shunga muvofiq qonun javobgarga da’voga qarshi e’tiroz bildirish
imkonini beradi. Javobgarning da’voga qarshi himoya-lanishi da’voga
qarshi e’tirozning moddiy huquqiy va protsessual huquqiy vositalarini
qo‘llash hamda qarshi da’vo berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Avvalambor, javobgar da’voga qarshi e’tiroz bildirishi mumkin.
Javobgar o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’voni inkor etishi va
buning sabablari (vajlari)ni ko‘rsatishi mumkin. Da’voni bunday
asoslantirilgan ravishda inkor etishga e’tiroz deb aytiladi.
E’tiroz o‘zining sohaviy tavsifi va mazmuni bo‘yicha moddiy
Do'stlaringiz bilan baham: |