Da’voning asosi deganda, da’vogarning talab qilish huquqini
keltirib chiqaradigan yuridik faktlar, da’vogar o‘zining talablariga asos
qilib ko‘rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar
tushuniladi.
Da’vo asosini bunday tushunishga FPKning 189-moddasi birinchi
qismi 6-bandi xizmat qiladi. Da’vogar da’vo arizasida nafaqat o‘zining
talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlarni, balki yuridik faktlarni,
ya’ni fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlari
vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishini belgilaydigan holatlarni
ham keltirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |