Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Da’voni ta’minlash tushunchasi, da’voni



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
5.6. Da’voni ta’minlash tushunchasi, da’voni  
ta’minlash choralari 
 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
Da’voni 
ta’minlash 
uchun 
bo‘lgan 
asoslar 
FPKning  
105-moddasida  belgilangan.  Unda  ko‘rsatilishicha,  sud  (sudya)  da’voni 
ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z 
tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini 
ko‘rmaslik  sud  hujjati  ijrosini  qiyinlashtirsa  yoki    uni  bajarib 
bo‘lmaydigan  qilib  qo‘ysa,  da’voni  ta’minlashga  yo‘l  qo‘yiladi.  Da’voni 
ta’minlashga  sud  protsessining  har  qanday  bosqichida  yo‘l  qo‘yiladi. 
Davlat  foydasiga  mulkiy  undiruvlar  bilan  bog‘liq  ishlarni  ko‘rib 
chiqayotganda  sud  (sudya)  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi  shart. 
Da’voni  ta’minlash  to‘g‘risidagi  arizada  da’voni  ta’minlash  choralarini 
ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Hakamlik sudida 
ko‘rib  chiqilayotgan  da’voni  ta’minlash  choralari  hakamlik  muhokamasi 
tarafining  tanloviga  ko‘ra,  hakamlik  sudi  joylashgan  yerdagi  yoxud 
javobgar  turgan  joydagi  yoki  yashaydigan  joydagi  yoinki  javobgar-ning 
mol-mulki 
turgan 
joydagi 
fuqarolik 
ishlari 
bo‘yicha 
sud  tomonidan  ko‘rilishi  mumkin.  Da’voni  ta’minlash  to‘g‘risidagi 
arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar 
ilova qilinadi. 
 
Umumiy  qoida  bo‘yicha  da’voni  ta’minlash  chorasi  da’vo 
qo‘zg‘atilganidan  so‘nggina  ko‘riladi.  Bu  qoidadan  ayrim  istisnolar 
Jinoyat  protsessual  kodeksi  qoidalari  bilan  belgilangan  bo‘lib,  ba’zi 
sharoitlarda  hali  qo‘zg‘atilmagan  da’volarni  ham  ta’minlash  choralari 
ko‘rilishi nazarda tutiladi. Xususan, JPKning 57-mod-dasi birinchi qismiga 
ko‘ra,  fuqaroviy  da’vogar  surishtiruvchidan,  tergovchidan,  prokurordan 
yoki  suddan  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rish  haqida  iltimos  qilish 
huquqiga egadir.  
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin: 
1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud 
pul mablag‘larini xatlash; 
2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash; 
da’voni ta’minlashdan maqsad
da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik 
sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa da’voni 
ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.
da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik 
uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, 
da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.


 
 
74 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
3)  boshqa  shaxslarning  javobgarga  mol-mulk  berishini  yoki  unga  nisbatan  boshqa 
majburiyatlarni bajarishini taqiqlash; 
4)  mol-mulkni  xatlashdan  chiqarish  to‘g‘risida  da’vo  arz  qilingan  taqdirda,  uni  realizatsiya 
qilishni to‘xtatish; 
5)  qarzdor  ijro  hujjati  yuzasidan  sud  tartibida  nizolashayotgan  bo‘lsa  va  agar  bunday 
nizolashishga qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish; 
6)  nizoli  mol-mulk  buzilishi,  holati  yomonlashishining  oldini  olish  maqsadida  javobgarga 
muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish; 
7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish. 
Zarur hollarda, sud (sudya) da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rishi mumkin.
 
Odatda,  da’volarning  ish  haqini,  daromadni,  pensiya  va  stipendiyani 
xatlash yo‘li bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq ayrim toifadagi 
ishlar,  xususan  aliment  undirish  to‘g‘risidagi,  mayib  bo‘lganlik  yoki 
sog‘liqqa  boshqacha  tarzda  shikast  yetganlik,  shuningdek  boquvchining 
o‘limi oqibatida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, o‘zgalar mol-
mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash 
to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha qonun da’voni ta’minlash choralari sifatida 
ish  haqini,  daromadni,  pensiya  va  stipendiyani  xatlashga  yo‘l  qo‘yadi. 
Javobgarning  moddiy  ahvolidan  kelib  chiqqan  holda,  da’voning 
bajarilishini ta’minlashda, bir vaqtning o‘zida bir nechta chora qo‘llanishi 
mumkin.  Biroq  ularning  umumiy  summasi  da’voning  bahosidan  oshib 
ketmasligi kerak. 
Da’voni  ta’minlash  to‘g‘risidagi  ariza  dalillarni  ta’minlash  haqidagi 
masalani  hal  qilishdan  farqli  ravishda  ishni  ko‘rayotgan  sud  (sudya) 
tomonidan  ariza  tushgan  kuniyoq  javobgarni  va  ishda  ishtirok  etuvchi 
boshqa  shaxslarni  xabardor  qilmagan  holda  hal  qilinadi.  Ish  davomida 
da’voni ta’minlash choralarining qo‘llanishi haqida sudya ajrim chiqaradi 
va  shu  ajrimning  ijro  varaqasini  da’vogarga  topshiradi  va  nusxasini 
javobgarga yuboradi.  
Da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rishda  qonun  javobgarning  ham 
manfaatlarini  ko‘zlab  sud  ishida  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 
bayonotlarini eshitib, da’voni ta’min qilishning bir turini boshqa turi bilan 
almashtirishga 
yo‘l 
qo‘yish 
mumkinligini  belgilaydi. 
Da’voni 
ta’minlashning  bir  turini  boshqa  turi  bilan  almashtirish  masalasi  ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinib, sud majlisida hal etiladi. Lekin 
bu  shaxslarning  kelmasligi  da’voni  ta’minlashning  bir  turini  boshqa  turi 
bilan almashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 
Da’vo  rad  etilgan  taqdirda  yo‘l  qo‘yilgan  ta’minlash  choralari  hal 
qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanadi. Lekin sud hal qiluv 
qarori  bilan  bir  vaqtda  yoki  shunday  qaror  chiqargandan  so‘ng  da’voni 
ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqara oladi. 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
Qonun  da’voning  ta’minlanishi  natijasida  javobgarning  ma’lum 
huquqlari  cheklanishini  hisobga  oladi.  Shuning  uchun  taraflarning  teng 
huquqligi  asosida  javobgarning  manfaatlarini  ham  kafolatlaydi.  Da’vo 
arizasining  ta’minlanishi  borasidagi  har  qanday  ajrimga  xususiy  shikoyat 
bilan  murojaat  qilish  mumkin.  Da’voni  ta’minlash  to‘g‘risidagi  iltimosni 
qanoatlantirish  yoki  uni  rad  etish  haqidagi  ajrim,  shuningdek  da’voni 
ta’minlash  chorasini  bekor  qilish  yoki  ta’minlash  chorasining  bir  turini 
boshqasi  bilan  almashtirish  to‘g‘risidagi  ajrim  ustidan  xususiy  shikoyat 
qilinishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish