Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Guvohlarning  ko‘rsatuvlari.  Ishga  doir  biror  holatdan  xabardor 
bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi. 
Fuqarolik  protsessida  guvoh  sifatida  ishtirok  etish  uchun  qonun  bir 
qator  talablarni  ilgari  suradi:  guvoh  bo‘ladigan  fuqaro  ro‘y  bergan 
hodisalarni  o‘zlashtirishga,  yodida  saqlashga  va  so‘ngra  ular  to‘g‘risida 
ma’lumotlar  berishga  qobiliyatli  bo‘lishi  kerak.  Biron  bir  faktni,  ish 
holatini  to‘g‘ri  qabul  qilish,  yodda  saqlash  va  bu  to‘g‘rida  sudda  to‘g‘ri 
ma’lumotlar  berish  uchun  guvohning  sezgi  organlari  normal  bo‘lishi 
kerak.  Ammo  bu  organlardan  birida  nuqson  bo‘lishi,  hodisani 
o‘zlashtirishga yaroqsiz bo‘lishi, uning boshqa sezgi organlari bilan qabul 
qilingan  faktlar  to‘g‘risida  ma’lumot  berishga  to‘sqinlik  qilmaydi. 
Masalan,  ko‘zi  ojiz  fuqaro  qulog‘i  bilan  eshitganlari  to‘g‘risida  guvohlik 
berishi mumkin. 
Fuqarolik  protsessual  kodeksida  guvoh  sifatida  chaqirilishi  va  so‘roq 
qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Ular jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1)  vakil  yoki  himoyachi  vazifalarini  bajarishlari  munosabati  bilan 
o‘zlariga  ma’lum  bo‘lgan  holatlar  to‘g‘risida    fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
vakillar yoki jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachilar; 
2)  jismoniy  yoki  ruhiy  nuqsonlari  sababli  faktlarni  to‘g‘ri  idrok 
qilishga  yoki  ular  haqida  to‘g‘ri  ko‘rsatuv  berishga  layoqatsiz  shaxslar 
(FPKning 56-moddasi). 
Guvoh chaqirish haqida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning 
ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  qanday  holatlarni  tasdiqlay  olishini 
ko‘rsatishi,  ismi,  otasining  ismi  va  familiyasini  hamda  yashash  yoki 
ishlash joyini sudga ma’lum qilishi shart. 
Agar  guvoh  sud  uzrsiz  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra  sud  chaqiruviga 
binoan  kelmasa,  ko‘rsatuvlar  berishdan  bo‘yin  tovlasa,  u  FPKning  
146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. Bila turib 
yolg‘on  ko‘rsatuvlar  berganlik  uchun  guvoh  O‘zbekiston  Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.  


 
 
58 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
Yozma  dalillar  sifatida  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  holatlar 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bayon  etilgan  hujjatlar,  xizmatga  daxldor  va 
shaxsiy  yozishmalar  ya’ni,  rasmiy  yoki  shaxsiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
xatlar e’tirof etiladi.  
 
 
Yozma  dalillarni  taqdim  etuvchi  shaxs,  birinchidan,  ushbu  dalil 
yordamida  ish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  qanday  holatlarni  aniqlash 
mumkin ekanligini ko‘rsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim 
etilganda esa bu qanday dalil ekanligini, ikkinchidan yozma dalil muayyan 
shaxsda  deb  hisoblashi  uchun  qanday  asosi  borligini  ko‘rsatishi  shart 
(FPKning 85-moddasi). 
   
 
 
 
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish