Ekspertning xulosasi. Haqiqatni aniqlash zaruriyati yuzaga kelsa,
ular faqatgina maxsus bilimga ega bo‘lgan ekspert (ekspertlar) xulosasi
bilangina tasdiqlanishi mumkin. Ekspertlar faqat sud (sudya) ajrimiga
asosan tayinlanadilar. Ekspert (ekspertlar) xulosasi ko‘rilayotgan ish
bo‘yicha asosiy dalillar qatoriga kiradi.
Sud ekspertizasi deganda, fuqarolik sud ishlarini yuritishda ish
uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan hamda sud
eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus
bilimlar asosida tekshirishlar o‘tkazishdan va xulosa berishdan iborat
protsessual faoliyat tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |