Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Dalillarni  ta’minlash  deganda,  ish  uchun  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki 
qiyinlashishining oldini olish maqsadida dalillarni to‘plash va tekshirish 
qoidalari  bo‘yicha  sud  tomonidan  amalga  oshiriladigan  taraflarning, 
uchinchi shaxslarning tushuntirish-lari eshitish, guvohlarni so‘roq qilish, 
ekspertiza  tayinlash,  yozma  va  ashyoviy  dalillarni  talab  qilib  olish  yoki 
ko‘zdan  kechirish,  joyga  borib  ko‘zdan  kechirishga  qaratilgan 
protsessual harakatlarga aytiladi.  
 
Ariza dalillarni ta’minlash uchun protsessual harakatlar qilinishi lozim 
bo‘lgan joydagi sudga topshiriladi. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza 
dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi 
kerak  bo‘lgan  hududda  faoliyat  olib  borayotgan  sudga  beriladi  (FPKning 
77-moddasi). 
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada yuqorida ko‘rsatilganlardan 
tashqari, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rilishi 
mumkin. Dalillarni ta’minlash tartibi FPKning 78-moddasida belgi-langan. 
Dalillarni  ta’minlash  ushbu  Kodeksda  belgilangan  dalillarni  to‘plash  va 
tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va 
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga dalillarni ta’minlash vaqti va joyi 
                                                            
8
 Мамасиддиқов М.М., Ёдгоров Х.Б., Давлетов Ў.М. Фуқаролик процессуал ҳуқуқи (Умумий қисм) / Дарслик. –
Тошкент, ҲТИ нашриёти. 2018. -340 б. 


 
 
62 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni ta’minlash 
haqidagi  arizani  ko‘rib  chiqishga  to‘sqinlik  qilmaydi.  Kechiktirish, 
shuningdek arizachi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash 
mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillarni ta’minlash faqat arizachining o‘zini 
xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dalillarni ta’minlash tartibida 
taraflarning,  uchinchi  shaxslar-ning  tushuntirishlari  eshitiladi,  guvohlar 
so‘roq  qilinadi,  eksper-tiza  tayinlanadi,  yozma  va  ashyoviy  dalillar  talab 
qilib  olinadi  yoki  ko‘zdan  kechiriladi,  joyga  borib  ko‘zdan  kechirish 
o‘tkaziladi.  Dalillarni  ta’minlash  tartibida  to‘plangan  barcha  materiallar 
ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi. 
FPKning  77-moddasida  dalillarni  ta’minlash  to‘g‘risidagi  arizaning 
sudya tomonidan ko‘rilishi va to‘plangan materiallarning ishni ko‘radigan 
sudga  yuborilishi  muddati  ko‘rsatilmagan.  Bunday  hollarda  sudning 
protsessual  harakatlari  mazmuni  va  natijalari  jihatidan  sud  topshiriqlarini 
bajarish  harakatlariga  o‘xshash  bo‘lganligi  tufayli  analogiya  bo‘yicha 
FPKning 103-moddasida ko‘rsatilgan o‘n besh kunlik muddatda bajarilishi 
kerak.  Bu  to‘g‘rida  tuzilgan  bayonotlar  esa  –  tuzilgan  zamon  darhol 
yuborilishi  lozim.  Dalillarni  ta’minlash  to‘g‘risida  chiqarilgan  ajrim 
ustidan  shikoyat  berish  mumkin  emas.  Dalillarni  ta’minlashni  rad  qilish 
to‘g‘risidagi  ajrim  ustidan  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki  xususiy  protest 
keltirilishi mumkin (FPKning 79-moddasi). 
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish