Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy, fuqarolik, oila



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

1.3. Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy, fuqarolik, oila, 
mehnat, ma’muriy sud ishlarini yuritish, iqtisodiy protsessual va 
jinoyat protsessual huquqi hamda boshqa huquq sohalari bilan 
aloqadorligi 
 
Fuqarolik protsessual huquqi mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy 
qismi  sifatida  huquqning  aksariyat  tarmoqlari  bilan  o‘zaro  aloqador 
hisoblanadi.  Ayniqsa,  fuqarolik  protsessual  huquqi  moddiy  huquq  bilan 
uzviy  aloqada  bo‘lib,  o‘z  navbatida  moddiy  huquq  normasida  nazarda 
tutilgan  majburiyatlar  boshqa  shaxslar  tomonidan  amalga  oshirilmagan 
taqdirda huquqni sud orqali himoya qilishning, boshqacha qilib aytganda, 
fuqarolik,  mehnat,  oila,  ma’muriy  va  boshqa  majburiyatlarni  majburiy 
ravishda amalga oshirishning muhim shakli sifatida e’tirof etiladi. Undan 
tashqari,  sud  yuzaga  kelgan  fuqarolik  ishini  moddiy  huquq  normasi 
asosida  hal  etadi.  Biroq    moddiy  va  protsessual  huquq  sohalari  o‘zaro 
mustaqil va tartibga solish predmeti va uslubiga ko‘ra turlicha hisoblanadi. 
Masalan,  muayyan  munosabat,  xususan  mulkiy,  shaxsiy  nomulkiy, 
mehnat, 
oila 
va 
boshqa 
sohadagi 
ishtirokchilarning  
xatti-harakatlari  moddiy-huquqiy  sohani  tartibga  solishning  predmeti 
hisoblanadi.   
Fuqarolik  protsessual  huquqini  tartibga  solish  predmetini  fuqarolik 
sud  ishlari  bo‘yicha  odil  sudlovni  amalga  oshirish  sohasida  vujudga 
keladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
 
Fuqarolik  protsessual  huquqining  moddiy  huquq  tarmoqlari  bilan 
aloqasi keng va ko‘ptomonlamadir. Moddiy huquqda fuqarolik protsessual 
tusdagi  normalar,  xususan  isbotlash  predmeti,  ishning  sudga  taalluqliligi, 
                                                            
1
  Шорахметов  Ш.Ш.  Ўзбекистон  Республикасининг  фуқаролик  процессуал  ҳуқуқи.    Дарслик.  -Тошкент: 
Адолат. 2001. –Б.18. 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
sud  xarajatlaridan  ozod  qilish  va  shunga  o‘xshash  normalar  mavjud. 
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  268-moddasida 
mehnat  nizosini  ko‘rishni  so‘rab  sudga  murojaat  qilish  huquqi,  269-
moddasida  bevosita  tuman  (shahar)  sudlarida  ko‘rilishi  lozim  bo‘lgan 
mehnat  nizolari,        277-moddasida  xodimlarni  sud  xarajatlaridan  ozod 
qilish  masalalari  bayon  etilgan.  Shuningdek,  Oila  kodeksining  
40-moddasida  nikohdan  sud  tartibida  ajratish,  44-moddasida  nikohdan 
ajratish  to‘g‘risida  hal  qiluv  qarori  chiqarish  vaqtida  sud  tomonidan  hal 
etiladigan  masalalar,  45-moddasida  sudning  nikohdan  ajratish  haqida  hal 
qiluv  qarorini  chiqarishida  davlat  boji  miqdorini  belgilash,  62-moddasida 
otalikning sud tartibida belgilanishi masalalari bayon etilgan. 
Sud  muayyan  fuqarolik  ishi  yuzasidan  o‘z  qarorini  chiqarar  ekan, 
albatta moddiy huquq normalarini qo‘llaydi. Moddiy huquq normalarining 
buzilishi  yoki  noto‘g‘ri    qo‘llanishi  sud  hal  qiluv  qarorining  bekor 
qilinishiga  olib  keladi.  Undan  tashqari,  fuqarolik  protsessining  vujudga 
kelish shartlaridan biri – sudga taalluqli bo‘lgan moddiy-huquqiy nizoning 
(da’vo  bo‘yicha  ish  ko‘rishda)  mavjud  bo‘lishidir.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  moddiy  huquq  normalarining  buzilishi,  basharti  sudga  himoya 
qilish  to‘g‘risida  murojaat  qilinadigan  bo‘lsa,  fuqarolik  protsessual 
huquqini  harakatga  keltiradi.  Mamlakatimiz  huquq  tizimining  tarkibiy 
qismlaridan  biri  sifatida  fuqarolik  protsessual  huquqi  boshqa  huquq 
sohalari,  xususan  konstitutsiyaviy,  ma’muriy,  jinoyat-huquqiy  sohalari 
bilan ham aloqadordir. 
Fuqarolik  protsessual  huquqining  konstitutsiyaviy  huquq  bilan  o‘zaro 
aloqadorligi quyidagi ikki jihatda ko‘proq namoyon bo‘ladi: 
- har  ikki  huquq  manbalarining  umumiyligi.  Masalan,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  konstitutsiyaviy  huquqning  asosiy  manbai 
hisoblanadi.  Shu  o‘rinda  Konstitutsiyada  odil  sudlovning  eng  muhim 
prinsiplari ham o‘z ifodasini topgan; 
- konstitutsiyaviy  huquqning    ayrim  kichik  tarmoqlar  bilan  o‘zaro 
bog‘liqligi. Bu yerda gap sudlarning tuzilishi va prokuror nazorati haqida 
bormoqda.  Sudlarning  tuzilishi  bilan  fuqarolik  protsessual  huquqining 
ayrim  prinsiplari  o‘rtasida  umumiylik  mavjud  (xususan,  sudyalarning 
mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, odil sudlovning faqat 
sudlar tomonidan amalga oshirilishi va hokazolar). 
Sud tuzilishiga oid normalar sud tizimining va odil sudlov sohasidagi 
vakolatli  organlarning  tashkil  etilishini  tartibga  soladi.  Protsessual  huquq 
normalari  esa  sud  vakolatlarini  amalga  oshirish  tartibi  va  shakllarini 


 
 

FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
belgilaydi. 
Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  davlat  bojini  to‘lash  masalasini  tartibga 
soluvchi  normalarning  mavjud  bo‘lishi  fuqarolik  protsessual  huquqining 
moliyaviy huquq bilan o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Fuqarolik  protsessual  huquqi  jinoyat  protsessual  huquqi  bilan  ham 
yaqin  aloqadadir.  Zotan,  har  ikki  tarmoq  protsessual  hisoblanadi  va  odil 
sudlovni amalga oshiruvchi ayni bir organning – sudning  faoliyat tartibini 
belgilaydi. Har ikki tarmoq ko‘plab faoliyatning umumiy  prinsiplariga ega 
(bevositalik,  og‘zakilik  va  boshqalar).  Ularning  protsessual  shakli, 
ko‘pgina huquqiy institutlari (isbotlash, ishlarni birinchi instansiya sudida 
ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini appellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida 
qayta  ko‘rish  va  hokazo)  bir-biri  bilan  o‘xshash.  Biroq  fuqarolik 
protsessual huquqi va jinoyat protsessual huquqi  tarmoq jihatidan ularning 
mustaqilligini belgilovchi bir qator tafovutlarga ega: fuqarolik sud ishlarini 
yuritishda  ishni  ko‘rib  chiqishning  predmeti  fuqarolik  ishi  bo‘lsa,  jinoyat 
protsessual  huquqida  esa  bunday  predmet  jinoyat  ishidan  iborat.  Jinoyat 
protsessual  huquqi  tizimi  nafaqat  sud  faoliyatini,  balki  dastlabki  tergov 
organlari faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.  
Fuqarolik  protsessual  va  iqtisodiy  protsessual  huquqi    o‘rtasida  juda 
ko‘p  o‘xshash  jihatlar  ko‘zga  tashlanadi  (masalan,  prinsiplarning, 
protsessual  shaklning  umumiyligi).  Jinoyat  protsessual  huquqi  bilan 
qiyoslaganda  ushbu  huquq  sohalarida  ko‘riladigan  nizoning  xarakteri 
anchayin  bir-biriga  o‘xshash.  Lekin  fuqarolik  protsessual  va  iqtisodiy 
protsessual huquqi turli sudlarning faoliyatini tartibga soladi. 
Fuqarolik  protsessual  huquqining  boshqa  huquq  tarmoqlari  bilan 
o‘zaro  aloqadorligi  huquq  tizimining  tarkibiy  qismlari  o‘zaro  birgalikda 
ishlashini  nazarda  tutuvchi  mamlakatimiz  huquq  tizimining  tizimliligi 
bilan izohlanadi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish