1-BOB. FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
TUSHUNCHASI, TIZIMI VA PRINSIPLARI
1.1. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi va predmeti
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
mustahkamlangan fuqarolik protsessual qoidalarning majmui mustaqil
huquq sohasi bo‘lmish fuqarolik protsessual huquqini hosil qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik protsessual huquqi fuqarolarning
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va
manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari
hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining sud orqali himoya
qilinishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |