tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur Qonunda sud tizimi, sudning vazifalari, sudda ish ko‘rish bo‘yicha
3
Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 12 апрелдаги “Судлар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси
Қонунига, Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик процессуал ва Хўжалик процессуал кодексларига
ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги Қонуни // “Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари
тўплами”, 2017 йил 17 апрель, 15-сон, 242-модда.
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
muhim prinsiplar, sudlarning tuzilishi, sudyalarning huquqiy maqomi bilan
bog‘liq normalar mustahkamlangan.
Fuqarolik protsessual huquqining manbasi sifatida fuqarolik
protsessining alohida yo‘nalishlarini tartibga soladigan boshqa qonun
hujjatlari ham muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik protsessual huquqining
bunday manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29
avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunlari, shuningdek 2017 yil
6 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuni shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarni ijro etish maqsadida
2018-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda FPK deb yuritiladi) qabul qilindi
va 2018-yilning 1-aprelidan amalga kiritildi. Mazkur Kodeks besh bo‘lim,
47-bob va 462-moddadan iborat.
FPKning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida
quyidagi boblar mavjud: asosiy qoidalar, fuqarolik sud ishlarini yuritish
prinsiplari, sud tarkibi, sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini
rad qilish, sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini
yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish
yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni
tugatish, sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual
muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimi.
FPKning “Birinchi instansiya sudida ish yuritish” deb nomlangan
ikkinchi bo‘limi sud ishlarini yuritishning barcha turlarida qo‘llaniladigan
umumiy qoidalar va sud ishlarini yuritish turlari uchun tatbiq etiladigan
maxsus normalar mustahkamlangan kichik bo‘limlardan iborat. 1-kichik
bo‘limda buyruq tartibida ish yuritish, 2-kichik bo‘limda da’vo ishni
yuritish, 3-kichik bo‘limda alohida tartibda ish yuritish, 4-kichik bo‘limda
esa hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni
yuritishga doir normalar o‘z ifodasini topgan.
FPKning “Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlarining,
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki” deb nomlangan 3-bo‘limida
umumiy qoidalar, chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik
sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro
etishga oid masalalar o‘rin olgan. Muqaddam amalda bo‘lgan FPKdan
farqli ravishda mazkur bo‘limda chet el fuqarolari va tashkilotlarining
12
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
fuqarolik protsessual huquqlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
fuqarolik protsessual huquqlari, chet el fuqarolari va tashkilotlari,
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek
loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha
fuqarolik ishlari O‘zbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli
bo‘lishi, chet davlatlarga nisbatan da’volar, chet davlat sudlarining sudga
doir topshiriqlarini ijro etish va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining chet
davlat sudlariga topshiriqlar bilan murojaat qilishi bilan bog‘liq normalar
belgilab qo‘yildi.
FPKning “Sud hujjatlarini qayta ko‘rish” deb nomlangan to‘rtinchi
bo‘limida umumiy qoidalar, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish,
kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish, nazorat instansiyasi sudida ish
yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar
bo‘yicha qayta ko‘rish masalalariga oid normalar belgilangan.
FPKning beshinchi bo‘limi “Sud hujjatlarining ijrosi” deb nomlanib,
ushbu bo‘limda sud hujjatlarining ijrosiga bag‘ishlangan qator moddalar
o‘rin olgan.
Ayrim toifadagi fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish tartibini belgilovchi
protsessual normalar o‘z ifodasini topgan bir qator Kodekslar ham
fuqarolik protsessual huquqining manbasi hisoblanadi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual
kodeksi, Mehnat kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi, Soliq kodeksi
shular jumlasidandir. Masalan, Fuqarolik kodeksi fuqarolik huquqlarini
sud orqali himoya qilish shakllarini (10-modda), fuqaroni sud tartibida
muomalaga layoqatsiz deb topish (30-modda), fuqaroning muomala
layoqatini cheklash (31-modda), fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish
(33-modda), fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish (36-modda) asoslarini
nazarda tutadi.
Shuningdek, Mehnat kodeksida mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab
sudga murojaat qilish, bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim
bo‘lgan mehnat nizolari, mehnatga doir ayrim ishlar bo‘yicha qarorlarni
ijro etish, xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish masalalari o‘z ifodasini
topgan.
Oila kodeksida fuqarolik protsessi sohasini tartibga soladigan ko‘plab
normalar mavjud. Masalan, xotinining homiladorlik vaqtida va bola
tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan
ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish-ga haqli emasligi (39-modda), sud
ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
oygacha muhlat tayinlashga haqli bo‘lishi (40-modda) to‘g‘risidagi
normalar shular jumlasidandir.
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari sifatida O‘zbekiston
Respublikasi qo‘shilgan xalqaro shartnomalar ham e’tirof etiladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-
dekabrdagi “1954-yil 1-martda imzolangan Fuqarolik protsessi
masalalariga doir Gaaga konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi
183 I-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarboyjon Respublikasi
o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam
hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida Shartnoma (Toshkent, 1997-yil
18-iyun,
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
1997-yil
30-avgustdagi 488 I-son qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan),
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 30-apreldagi 624 II-
son qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan hamda 2004-yil
11-noyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya
Respublikasi o‘rtasida fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam
ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (Sofiya, 2003-yil 24-noyabr) va
boshqalar. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
muqaddimasida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari
ustunligi tan olinishi nazarda tutilgan. Konstitutsiyada mustahkamlab
qo‘yilgan mazkur qoidani rivojlantirish maqsadida 1995-yil 22-dekabrda
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi
Qonuni qabul qilingan.
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari sifatida qonun osti
normativ-huquqiy
hujjatlar,
xususan
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham
e’tirof etiladi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-son, 2017-yil 7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi
to‘g‘risida”gi
PF–4947-son,
2017-yil
21-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish
va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–4966-
son, 2017-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–5006-son farmonlari, 2017-yil
30-avgustdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
14
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–3250-son Qarori
shular jumlasidandir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi
Qonunining 17-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumi sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi va
qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berishga
vakolatli hisoblanadi. Qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar,
ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo‘llayotgan boshqa
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar
uchun majburiydir (“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |