FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
3-BOB. FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISH
ISHTIROKCHILARI
3.1. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi, tarkibi hamda
ularning huquq va majburiyatlari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining asosiy guruhini
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tashkil qiladi. Xususan, Fuqarolik
protsessual kodeksining “Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari”
deb nomlangan 6-bobida ishda ishtirok etuvchi shaxslar alohida
(39-modda) bayon etilgan. Bu esa protsess ishtirokchilarining doirasi ishda
ishtirok etuvchi shaxslar doirasidan birmuncha keng ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: