Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
 
 
3.2. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, 
ularning protsessual huquqiy holati 
 
Fuqarolik  protsessual  huquqiy  munosabat  subyektlarining  keyingi 
guruhini  odil  sudlovni  amalga  oshirishga  ko‘maklashuvchi  shaxslar 
tashkil  etadi.  Guvohlar,  ekspertlar,  mutaxas-sislar,  tarjimonlar,  yozma  va 
ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari 
odil  sudlovni  amalga  oshirishga  ko‘maklashuvchi  shaxslardir  (FPKning  
54-moddasi). 
Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning huquq 
va  majburiyatlari  haqida  shuni  aytish  kerakki,  ushbu  shaxslar  ishda 
ishtirok  etuvchi  shaxslardan  farqli  ravishda  FPKda  ko‘rsatilgan  ishda 
ishtirok  etuvchi  shaxslarning  protsessual  huquqlaridan  foydalana 
olmaydilar.  Aynan  ular  ishning  hal  etilishidan  moddiy  manfaatdor 
bo‘lmaganliklari  tufayli  ham,  masalan,  taraflarning  protsessual 
huquqlaridan (da’vogarning o‘z arzida bayon qilingan talablarning asosini 
yoki predmetini o‘zgartirishi, da’vo talablarining miqdorini oshirishi yoki 
kamaytirishi,  ulardan  butunlay  yoki  qisman  voz  kechishi,  javobgarning 
da’vogar  talabini  to‘liq  yoki  qisman  tan  olishi,  har  ikkala  tarafning 
protsessning  istalgan  bosqichida  kelishuv  bitimi  tuzish  orqali  ishni 
yakunlash  huquqi  shular  jumlasidandir)  foydalana  olmaydilar.  Odil 
sudlovni 
amalga 
oshirishga 
ko‘maklashuvchi 
shaxslar 
o‘z 
tushuntirishlarini  og‘zaki  yoki  yozma  ravishda  bayon  qilishga, 
yozuvlardan foydalanishga haqlidirlar.  
Odil  sudlovni  amalga  oshirishga  ko‘maklashuvchi  shaxslar  o‘z 
zimmalariga  yuklatilgan  protsessual  majburiyatlarni  bajarishlari  lozim. 
Masalan,  guvoh,  ekspert  yoki  mutaxassisning  sud  majlisiga  kelish 
majburiyati  shular  jumlasidandir.  Agar  ushbu  shaxslar  sud  majlisiga  sud 
uzrsiz  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra  kelmasa,  sud  ishda  ishtirok  etuvchi 
shaxslarning  ishni  guvoh,  ekspert  yoki  mutaxassis  kelmasa  ham  ko‘rish 
mumkinligi  haqidagi  fikrini  eshitib,  ishni  sudda  ko‘rishni  davom  ettirish 
yoki  ishni  ko‘rishni  keyinga  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqaradi.  Agar 
chaqirilgan  guvoh  sud  uzrsiz  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra  sud  majlisiga 
kelmasa,  u  sudga  hurmatsizlik  qilganligi  uchun  O‘zbekiston 
Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksi  180-


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
moddasiga  asosan  javobgarlikka  tortilishi  mumkin.  Agar  chaqirilgan 
guvoh  ikkinchi  chaqiruv  bo‘yicha  ham  sud  majlisiga  kelmasa,  u  sudning 
ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin. 
Ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelmaganligi  FPKning 60 
va 62-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish