Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Taraflarning 
protsessual 
huquqlari 
umumiy 
va 
maxsus 
huquqlarga ajratiladi. 
FPKning  40-moddasida  hamda  boshqa  moddalarda  nazarda  tutilgan 
hamda  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar  ham  foydalanishi  mumkin 
bo‘lgan  huquqlar  taraflarning  umumiy  huquqlari  hisoblanadi.  FPKning 
44-moddasi  hamda  boshqa  moddalarda  nazarda  tutilgan  hamda  faqat 
taraflargina  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  huquqlar  maxsus  huquqlar 
sanaladi.  Taraflarning  maxsus  huquqlari  sifatida  da’vogarning  da’vo 
asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, 
da’vo  talablarining  miqdorini  oshirishga  yoxud  kamaytirishga,  ulardan 
to‘liq yoki qisman vos kechishga haqli.  Javobgar da’voning talabini to‘liq 
yoki  qisman  tan  olishga,  qarshi  da’vo  taqdim  etishga  haqli.  Undan 
tashqari,  da’vo  ishini  yuritishda  taraflar  sud  protsessining  har  qanday 
bosqichida  kelishuv  bitimi  tuzish  orqali  ishni  yakunlashga  haqlidirlar 
(FPKning 44-moddasi).
  
Sud  da’vogarning  da’vodan  voz  kechishini,  javobgarning  da’voga 
iqrorligini  basharti,  bu  harakatlar  qonunga  xilof  bo‘lsa  yoki  kimning 
bo‘lmasin  huquqini  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  buzsa, 
qabul  qilmaydi  va  taraflarning  kelishuv  bitimini  tasdiqlamaydi. 
Shuningdek,  agar  da’vodan  voz  kechish,  da’voga  iqror  bo‘lish,  kelishuv 
bitimi  taraflarning  erkiga,  qonunga,  davlat  manfaatlariga  xilof  bo‘lsa, 
taraflardan  birining  yoki  boshqa  shaxslarning  manfaatlariga  zarar 
keltiradigan  bo‘lsa,  sud  ish  yuzasidan  to‘plangan  dalillarni  tekshirishni 
davom  ettiradi  va  mazkur  ishning  holatlariga  muvofiq  tarzda  qaror 
chiqaradi. 
Fuqarolik  protsessida  taraflar  teng  protsessual  huquqlardan 
foydalanadilar. Taraflar o‘zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan 
vijdonan,  insofli  ravishda  foydalanishga  majburlar.  Jarayonni  cho‘zish 
yoki buzish maqsadida har qanday g‘ayriqonuniy harakatlar qilinishiga sud 
yo‘l qo‘ymaydi. 
Taraflarning protsessual huquqlari ularning protsessual majburiyatlari 
bilan bog‘liq. Taraflar protsessual majburiyatlarini sidqidildan bajarishlari 
lozim. Har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan 
holatlarni isbotlashi shart (FPKning 71-moddasi). 
Taraflar  ish  yuritilayotgan  vaqtda  familiyasini,  ismini,  otasining 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
ismini  o‘zgartirganligi,  manzili  o‘zgarganligi  haqida  sudga  xabar  qilishi 
shart  (FPKning  163-moddasi),  ular  qonunda  nazarda  tutilgan  sud 
xarajatlari  va  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  bir  qator  majburiyatlarni 
o‘z zimmalariga oladilar. 
Protsessual  huquqlardan  noto‘g‘ri  foydalanish  yoki  protsessual 
majburiyatlarni  bajarmaslik  taraflar  uchun  salbiy  oqibatlarni  yuzaga 
keltiradi  (masalan,  da’vo  arizasining  qaytarilishi,  arizaning  ko‘rmasdan 
qoldirilishi,  ishning  keyinga  qoldirilishi,  ishni  sirtdan  ko‘rib  chiqilishi  va 
hokazo).  
Qonunda  nazarda  tutilgan  holatlarda  protsessual  majburiyatlarni 
bajarmaganligi  uchun  aybdor  taraf  javobgarlikka  tortilishi,  masalan,  sud 
aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarning sudga kelishini 
shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud majlisiga sud 
uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi 
va  FPKning  146-moddasida  nazarda  tutilgan  tartibda  jarimaga  tortiladi 
(FPKning  186-moddasi).  Undan  tashqari,  sud  insofsizlik  bilan  asossiz 
talablarni  qo‘ygan  yoki  arz  qilingan  talablarga  qarshi  nizolashgan  yoxud 
ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga muntazam 
qarshilik  qilib  kelgan  taraf  zimmasiga  amalda  yo‘qotilgan  vaqt  uchun 
ikkinchi  taraf  foydasiga  haq  to‘lash  majburiyatini  yuklashi  mumkin. 
Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi (FPKning 
137-moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish