Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi 
shaxslar,  agar  ish  bo‘yicha  chiqariladigan  hal  qiluv  qarori  ularning 
taraflardan  biriga  nisbatan  bo‘lgan  huquq  va  majburiyatlariga  ta’sir 
etadigan  bo‘lsa,  sud  hal  qiluv  qarori  chiqarguniga  qadar  da’vogar  yoki 
javobgar  tomonida  ishga  kirishishlari  mumkin.  Shuningdek,  ular 
taraflarning,  prokurorning,  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarning 
iltimosnomasi bo‘yicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok 
etishga  jalb  qilinishi  mumkin.  Bundan  shunday  xulosa  qilish  mumkinki, 
uchinchi  shaxslarning  mazkur  turi,  birinchidan,  shartli  ravishda 
taraflarning  biri  (da’vogar  yoki  javobgar)  tomonida  turib  ishtirok  etadi. 
Ikkinchidan,  ular  o‘rtasidagi  huquqiy  munosabat  sud  muhokamasining 
predmeti  bo‘lmaydi.  Uchinchidan,  ish  bo‘yicha  chiqariladigan  hal  qiluv 
qarori uchinchi shaxslarning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquq va 
majburiyatlariga ta’sir etadi. 
 
Teatr  garderobidan  palto  yo‘qoladigan  bo‘lsa,  garderob  xizmatchisi  tomoshabinning  –  palto 
egasining teatrga nisbatan yo‘qolgan mulkining qiymatini undirish haqida sudga tadqim etgan da’vo 
ishida  ishtirok  etishdan  manfaatdor  hisoblanadi.  Mazkur  holatda  garderob  xizmatchisining 
manfaatdorligi  shu  bilan  izohlanadiki,  agar  sud  da’vogarning  da’vosini  qanoatlantiradigan  bo‘lsa, 


 
 
38 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
teatr o‘z navbatida, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida palto egasiga to‘langan 
summani garderob xizmatchisidan regresss da’vo taqdim etish orqali undirib olishi mumkin.
 
 
Mazkur  holatda  garderob  xizmatchisi  (uchinchi  shaxs)  protsessda 
tomoshabinga (da’vogarga) va teatrga (javobgarga) nisbatan hech qanday 
talabni  ilgari  surgani  yo‘q.  Unga  nisbatan  ham  yo‘qolgan  paltoning 
qiymatini  undirish  haqida  da’vo  talabi  bildirilishi  mumkin  emas.  Chunki 
mazkur  ishda  taraflar  o‘rtasidagi  nizoning  predmeti  mulkni  saqlash 
haqidagi shartnomadir va ushbu shartnoma tomonlari teatr va tomoshabin 
hisoblanadi.  Biroq  boshqa  shaxslar  tomonidan  boshlangan  protsessda 
ishtirok  etish  barobarida  garderob  xizmatchisi  (uchinchi  shaxs)  paltoning 
yo‘qolishida o‘zining aybi yo‘qligini isbotlovchi dalillarni keltirish orqali 
o‘zining huquqlarini himoya qilishi va kelajakda unga nisbatan bo‘ladigan 
regresss  da’voning  qanoatlantirilishi  rad  etilishiga  erishishi  mumkin. 
Shunday  qilib,  ushbu  turdagi  uchinchi  shaxslarning  manfaatdorligi  nizo 
predmetiga  nisbatan  mustaqil  talab  bilan  arz  qiluvchi  uchinchi 
shaxslarning manfaatdorligidan farqlanadi. 
Nizoning  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talablar  bilan  arz  qilmaydigan 
uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilish (kirishish)ning yuridik asoslaridan biri 
regresss  huquqining  ro‘y  berishi  hisoblanadi.
 
Undan  tashqari,  nizoning 
predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni 
protsessga  jalb  qilish  har  doim  ham  uning  regresss  huquqi  bilan  bog‘liq 
bo‘lavermaydi. Masalan, agar bolalar ta’minoti uchun aliment undirish haqida 
da’vo taqdim etilgan bo‘lib, javobgar boshqa nikohdan tug‘ilgan farzandlariga 
aliment  to‘layotganligi  aniqlansa,  u  holda  foydasiga  aliment  undirilayotgan 
manfaatdor  shaxslar  javobgar  tomonida  turib  ishda  ishtirok  etuvchi  uchinchi 
shaxs  sifatida  jalb  etilishi  lozim.  Mazkur  holatda  uchinchi  shaxsning  regress 
huquqi  yuzaga  kelmasada,  biroq  agar  da’vo  talabi  qanoatlantirilgudek  bo‘lsa, 
bu hol boshqa nikohda bo‘lgan farzandlarga to‘lanayotgan aliment miqdoriga, 
ya’ni uchinchi shaxsning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan 
uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilishni talab qiluvchi normalar ayrim 
qonun  hujjatlarida  ham  mustahkamlab  qo‘yiladi.  Masalan,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  394-moddasi  birinchi  qismiga  ko‘ra, 
agar  uchinchi  shaxs  oldi-sotdi  shartnomasi  bajarilgunga  qadar  yuzaga 
kelgan asos bo‘yicha tovarni olib qo‘yish to‘g‘risida sotib oluvchiga da’vo 
qilsa, sotib oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilishi, sotuvchi esa 
bu ishda sotib oluvchi tomonida qatnashishi shart. Undan tashqari, yuridik 
shaxsning yoki fuqaroning o‘z xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
javobgarligi  nazarda  tutilgan  Fuqarolik  kodeksining  989-moddasiga 
muvofiq  yuridik  shaxsga  nisbatan  da’vo  qo‘zg‘atilgan  taqdirda  uning  o‘z 
xodimi  javobgar  tomonida  turib  ishtirok  etuvchi  uchinchi  shaxs  sifatida 
e’tirof etiladi.  
Mustaqil  talab  bilan  arz  qilmaydigan  uchinchi  shaxslar  taraflarning 
protsessual  huquqlaridan  foydalanadilar  va  ularning  protsessual 
majburiyatlarini  o‘z  zimmalariga  oladilar.  Biroq  da’vogar  bildirgan 
talablarning  asosini  yoki  predmetini  o‘zgartirishga,  qo‘shimcha  talablar 
taqdim etishga, da’vo talablari miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, 
ulardan  to‘liq  yoki  qisman  voz  kechishga  haqli  emas.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  nizoning  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talablar  bilan  arz 
qilmaydigan  uchinchi  shaxslar  FPKning  40-moddasida  ko‘rsatilgan 
huquqlardan foydalanadilar. Nizo predmetiga mustaqil da’vo qilmaydigan 
uchinchi  shaxslar  nizoli  moddiy  huquqiy  munosabatlar  subyekti 
bo‘lmaganligi  sababli  ularga  qarshi  da’vo  qilinmaydi  hamda  ular  ham 
qarshi da’vo taqdim eta olmaydi. 
Agar  mustaqil  talablar  bilan  arz  qilmaydigan  uchinchi  shaxs  o‘z 
harakati yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi 
to‘g‘risida  arz  qilingan  talablarni  tan  olsa,  sud  majburiyatni  bajarishni 
uchinchi shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishga 
haqli.  Xuddi  shunday  hollarda,  da’vogar  va  mustaqil  talablar  bilan  arz 
qilmaydigan  uchinchi  shaxs  o‘rtasida  kelishuv  bitimi  tuzilishiga  yo‘l 
qo‘yiladi (FPKning      49-moddasi uchinchi qismi).
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish