Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


nizo  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talab  bilan  arz  qiluvchi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

nizo  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talab  bilan  arz  qiluvchi 
uchinchi shaxslar; 
 
nizo  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talab  bilan  arz  qilmaydigan 
uchinchi shaxslar. 
FPKning 48-moddasiga asosan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil 
talablar  bilan  arz  qiluvchi  uchinchi  shaxslar  sud  hal  qiluv  qarorini 
chiqarguniga qadar ishga kirishishlari mumkin. Ular da’vogarning hamma 
huquqlaridan  foydalanadilar  va  uning  hamma  majburiyatlarini  o‘z 
zimmalariga  oladilar.  Xususan,  uchinchi  shaxs-lar  o‘z  arzida  bayon 
qilingan  talablarning  asosini  yoki  predmetini  o‘zgartirishga,  da’vo 
talablarining  miqdorini  oshirishga  yoki  kamaytirishga,  ulardan  butunlay 
yoki  qisman  voz  kechishga  haqli.  Undan  tashqari,  protsessning  istalgan 
bosqichida  kelishuv  bitimi  tuzish  orqali  ishni  yakunlashga  haqlidirlar. 
Mazkur  shaxslarning  da’vogarlardan  birgina  farqi  mavjud  bo‘lib,  u  ham 
bo‘lsa, protsessga kirishish vaqtida namoyon bo‘ladi. 
Uchinchi shaxsning nizo predmetiga o‘zining mustaqil haqqi borligini 
bildirishi uning mustaqil da’vo bilan protsessda ishtirok qilishi uchun asos 
bo‘ladi.
 
Da’vogar  javobgarning  boshqa  shaxs  bilan  almashtirilishiga  rozi 
bo‘lmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. 
Ishga  daxldor  bo‘lmagan  javobgarni  almashtirish  haqida  sud  ajrim 
chiqaradi.    Ishga  daxldor  bo‘lmagan  javobgarni  almashtirilgandan  so‘ng 
ishni ko‘rish boshidan boshlanadi (FPKning 46-moddasi). 
Uchinchi  shaxslar  da’vo  taqdim  etishning  barcha  talablariga  rioya 
qilish  lozim  bo‘ladi.  Uchinchi  shaxsning  ishga  kirishishi  umumiy 
asoslarga FPKning 188 – 190-moddalariga binoan sudga ariza berish bilan 
qo‘zg‘atiladi.  Ushbu  shaxslar  o‘z  arizasiga  tegishli  hujjat-larni  ilova 
qilishi,  arizani  taraflarning  soniga  mutanosib  miqdorda  nusxalari  bilan 
berishi, agar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, tegishli bojni 
to‘lashi lozim bo‘ladi. 
Nizoning  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talablar  bilan  arz  qiluvchi 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
uchinchi  shaxslarning  ishga  kirib  kelishlari  protsessda  ishtirok  etuvchi 
boshqa  shaxslarga  nisbatan  ham  huquqiy  oqibat  keltirib  chiqaradi.  Mazkur 
shaxslar  da’vogarlar  bilan  bir  xilda  huquqiy  maqomga  ega  bo‘lganliklari 
sababli ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi talab etiladi. 
Masalan,  agar  uchinchi  shaxs  sud  majlisi  boshlanganidan  keyin  protsessga 
kirishadigan bo‘lsa, ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.  
Fuqarolik  protsessual  kodeksida  uchinchi  shaxs  aynan  qaysi  tarafga 
nisbatan  da’vo  qo‘zg‘atishi  mumkinligi  nazarda  tutilmagan.  Uchinchi 
shaxs da’voni faqat bir tarafga nisbatan yoki bir vaqtning o‘zida har ikkala 
tarafga  nisbatan  ham  taqdim  etishi  mumkin.  Sud  amaliyotida  uchinchi 
shaxslar  ko‘proq  da’voni  har  ikkala  shaxsga  qaratishi  va  ushbu  shaxslar 
uchinchi shaxsga nisbatan sherik javobgar holatini egallashi kabi holatlar 
kuzatiladi.  
 
M. sudga nikohdan ajratish va nikoh davomida orttirilgan mulkni, shu jumladan javobgarning 
nomiga  rasmiylashtirilgan  turarjoyni  bo‘lish  haqida  N.  ga  nisbatan  da’vo  tadqim  etadi. 
Javobgarning onasi K. esa sudga uyga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish haqida da’vo arizasi bilan 
murojaat  qilgan.  K.  o‘z  da’vo  arizasida  uy  o‘g‘lining  nomiga  rasmiylashtirilgan  bo‘lsada,  biroq 
uning  mablag‘i  evaziga  sotib  olinganligini  ko‘rsatadi.  Mazkur  holatda  javobgarning  onasi  K.  har 
ikkala tarafga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs hisoblanadi. 
 
Uchinchi  shaxslarning  navbatdagi  turiga  oid  normalar  FPKning  
49-moddasida  mustahkamlab  qo‘yilgan.  Unga  ko‘ra,  nizoning 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish