2.6. Fuqarolik ishlari bo‘yicha taalluqlilik va sudlovlik haqidagi
qoidalarga rioya qilmaslik oqibatlari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha taalluqlilik qoidalariga rioya qilmaslik
quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi:
arizani ish yuritishga qabul qilish rad etiladi (FPKning 194-moddasi);
ish yuritish tugatiladi (FPKning 124-moddasi).
Sudlovlilik qoidalariga rioya qilmaslik o‘ziga xos huquqiy oqibatlar
keltirib chiqaradi. Masalan, da’vo arizasi sudlovlilik qoidalariga rioya
qilinmasdan berilsa, FPKning 195-moddasi talablari asosida ariza
qaytariladi. Biroq shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, sudyaning arizani
qaytarishi qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga
to‘sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |