“Men forsdan chiqqan eroniyman... Misrni olgach, kanal
qazdirishga buyruq berdim, kanal Pirava (ya'ni Nil) daryosidan
chiqib Misrning ichidan to Erondan boshlanadigan dengizgacha
boradi, bu kanal men aytgan kabi qazildi va Misrdan chiqqan
kemalar bu kanal orqali mening irodamga ko‘ra Eronga qarab
yuradigan bo‘ldi.”
Doroni, ayniqsa, Eron shimolida joylashgan mamlakatlar
qiziqtirgan. Kayxisrav ham baqtriyaliklar va saklarga qarshi kurash
olib borgan. Nihoyat, u O‘rta Osiyodagi massaget qabilalari bilan jang
chog‘ida Yaksart (Sirdaryo) daryosi bo‘yida halok bo‘lgan. Saklar
yashagan ba'zi o‘lkalar avval, ya'ni Doro davrida egallangan bo‘lsa
kerak. Doro I zamonidagi Eron tarkibiga kirgan o‘lkalardan -
Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va sak qabilalari yodga olingan. Eron
davlatini mustahkamlash uchun Doro I miloddan avvalgi 517 yilda
saklarga qarshi katta yurish qilgan deb faraz qilinadi. Behistun
yozuvining so‘nggi qismida Doro I buni quyidagicha tasvirlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |