Doro I ning vorisi Kserks (miloddan avvalgi 486 - 465 yillar)
tashqi siyosatda jahonga hukmdorlik to‘g‘risidagi orzusini amalga
oshirmoqchi bo‘lgan. U barcha yunon qabilalarini bo‘ysundirish va
O‘rta yer dengizining yerlarida tanho hukmronlik qilishga intildi.
Gerodot Kserks tilidan so‘zlab, shunday deydi: “Agar afinaliklar
hamda ularga qo‘shni Frigiyani, Pelop tuprog‘ida yashovchi xalqni
bo‘ysundirsak, Eron yerini Zevs osmoni kabi kengaytirgan bo‘lar
edik. Quyosh bundan keyin bizning yerimizdan boshqa joyga o‘z
nurini sochmas edi. Men sizlar bilan butun Yevropani kezib, bu
yerlarni birlashtiraman. Agar biz bu xalqlarni bo‘ysundirsak, u
holda odamlar aytganicha, bundan keyin bironta shahar, xalq bizga
qarshi kurashishga jur'at eta olmaydi. Shunday qilib, biz
gunohkorlarning ham gunohsizlarning ham bo‘yniga asorat
Do'stlaringiz bilan baham: |