insonni yaratgan. Doroni shoh etib, unga shohlik qilishni topshirgan” deyiladi. Shunday qilib, Oliy xudo - yaratguvchi
Axuramazda shohlar hukmdori - osmon xudosi sifatida tasvirlanadi.
Forslarning dinida shohlarning ilohiy kelib chiqishi har
tomonlama uqtiriladi. Eron shohlarining dunyoga hukmronlik qilish
g‘oyasi keng targ‘ib qilinadi.
Oliy xudo Axuramazda ezgulik, yorug‘lik, nur timsoli hisoblansa,
unga qarama-qarshi qora kuchlar homiysi Ahriman o‘lim, zulmat va
yovuzlik timsoli sifatida tasvirlanadi. Ana shu diniy dualizmga asosan
insonlardan vijdonlilik, kamtarlik, saxovat, adolat va insonparvarlik
kabi fazilatlar talab etilgan.
Tarkibida ko‘p mamlakat va elatlarni birlashtirgan yirik Eron davlati
shohlardan yagona davlat dini, yagona Oliy xudoni joriy qilishni talab
etgan. Shundagina ulkan davlatni boshqarish, idora qilish oson
bo‘lgan. Shuning uchun Kserksning shohlik davridan boshlab qadimgi
“dayv”larni quvg‘in qilish boshlandi. Ular zolim ruhlar deb e'lon
259
qilindi. O‘sha davrdagi yozuvlarning birida Kserksning: