“mamlakatlar shohi” yoki “shahanshoh” yoki ”kun chiqardan kun botargacha mamlakatlar ahlining sultoni” nomini olgan. Shoh
hokimiyatini mustahkamlash uchun qadimgi eron dinidan ham
foydalanilgan. Ya'ni mazkur diniy qarashlar Eron davlati tarkibiga
kirgan xalqlar, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlaridan olingan.
Ahamoniylar shohligida qaror topgan bu siyosiy-diniy nazariyaga
ko‘ra, osmon bilan yerni yaratgan oliy xudo - Axuramazda Eron
shohini “bu bepoyon yer yuzining hokimi, birdan-bir hukmdori”, “dengizning u va bu tomonidagi tog‘ va tekisliklar, har ikki tarafdagi cho‘lning yagona egasi” etib tayinlagan. Eron shohlarining
Persepoldagi saroyi devoriga dunyoning har tomonidan Eron shohiga
254
turli xiroj va qimmatli tortiqlar keltirgan odamlar surati tushirilgan.
Doro I o‘z davlatining qudrati haqida oltin va kumush lavhalarda
qisqa va ma'noli tarzda bayon etadi: “Doro buyuk shoh, shahanshoh,