tebranishlarning tarqalish yo’nalishlaridir. Quyosh yoki shamdan tarqalayotgan
yorug’lik nurlari deganda shu manbaning atomlari (elementar «nurlangich» lar)
dan chiqayotgan yorug’lik to’lqinlarning aralashmasi tushuniladi. Yorug’lik
manbadagi milliardlab atomlar to’lqin nurlantirishni tugallasa, milliardlab atomlar
esa to’lqin chiqarishni boshlaydi. Agar bu elementar elektromagnit to’lqinlar
344
ichidan ixtiyoriy bittasini ajratsak, uni nur yo’nalishiga (ya’ni nurning tarqalish
tezligi v vektor yo’nalishiga) perpendikulyar hamda o’zaro perpendikulyar bo’lgan
E va N vektorlarning tebranishlari sifatida tasavvur qilishimiz kerak.
Bundan E vektor tebranadigan tekislik tebranish tekisligi va N vektor tebranadigan
tekislik qutblanish tekisligi deb ataladi. Lekin tasvirni yakkollashtirish maqsadida
elektromagnit to’lqinni faqat E vektorning tebranishlari sifatida aks ettirish odat
tusiga kirgan.
Biz ham shunga amal qilaylik, yorug’lik to’lqinlar, ya’ni E vektorlarning
tebranishlari faqat bitta tekislikda sodir bo’ladigan yorug’lik to’lqinlar yassi
qutblangan yorug’lik deb ataladi. Demak, tabiiy yorug’lik manbaining aloxida
atomidan bir nurlanish jarayonida chiqarilgan yorug’lik to’lqin yassi qutblangan
yorug’likka yorkin misol bo’la oladi.
Yuqoridagi mulohazalar tabiiy yorug’lik manbaining alohida atomi bir
nurlanish jarayonida chiqaradigan to’lqin tizmasi uchun o’rinli. Nurlanish jarayoni
taxminan 10
-8
s davom etadi. Bunda chiqariladigan to’lqin tizmasining uzunligi 3
m chamasida bo’ladi. Shundan sung atom to’lqinning yangi tizmasini nurlantirishi
mumkin. Lekin bu tizmadagi E vektorning yo’nalishi oldingi tizmaniqi bilan
bog’liq bo’lmaydi. Tabiiy yorug’lik
manbaidagi
turli
atomlar
nurlantirayotgan
to’lqinlarning
E
vektorlari esa turlicha yo’nalishlarga
ega bo’lib, barcha yo’nalishlar teng
extimollidir. Masalan, yorug’lik nuri
manbadan
ko’zatuvchi
tomon
tarqalayotgan holda “nurlangich”lardan
tarqalayotgan
to’lqinlar
E
vektorlarining
biror
ondagi
fotografiyasi (xayoliy) bo’ladi. Bunday
24.6-rasm
345
yorug’lik tabiiy yorug’lik yoki qutblanmagan yorug’lik deyiladi. Umuman,
tabiiy
yorug’likni barcha yo’nalishlardagi yassi qutblangan yorug’liklarning
aralashmasi sifatida tasavvur kilsa ham bo’ladi.
Agar yorug’lik tarkibida biror yo’nalishdagi tebranishlar boshqa
yo’nalishlardagi tebranishlarga karaganda ko’proq bo’lsa, qisman qutblangan
yorug’lik bilan ish to’tayotgan bo’lamiz. Qisman qutblangan yorug’likni tabiiy va
yassi qutblangan yorug’liklarning aralashmasi sifatida tasavvur qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: