Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer  solig„i  ob„ekti,  bazasi  va  soliq  stavkalari



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Yer  solig„i  ob„ekti,  bazasi  va  soliq  stavkalari.  Soliq  kodeksiga  ko‗ra  mulk  huquqi, 
egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‗lgan 
yer  uchastkalari  soliq  solish  ob‗ekti  hisoblanadi.  Soliq  kodeksining  280-moddasiga  ko‗ra 
quyidagilarga soliq solish ob‗ekti sifatida qaralmaydi: 
a)  aholi  punktlarining  umumiy  foydalanishdagi  yerlari.  Aholi  punktlarining  umumiy 
foydalanishdagi  yerlari  jumlasiga  maydonlar,  ko‗chalar,  tor  ko‗chalar,  yo‗llar,  sug‗orish 
tarmog‗i, sohil bo‗yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar; 
b)  aholining  madaniy-maishiy  ehtiyojlarini  qondirish  va  dam  olishi  uchun 
foydalaniladigan  yerlar  (daraxtzorlar,  bog‗lar,  sayilgohlar,  xiyobonlar,  shuningdek  ariq 
tarmoqlari egallagan yerlar); 
v)  kommunal-maishiy  yerlar  (qabristonlar,  chiqindilarni  zararsizlantirish  va  ularni 
utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar); 
g) zahira yerlar. 
Mavjud  yer  uchastkalaridan  qonun  xujjatlariga  muvofiq  soliq  solinmaydigan  yer 
uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orqali soliq solinadigan baza aniqlanadi.  
 Yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer  solig‗i  stavkalari  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  qarori  bilan  belgilanadi  va  soliq  to‗lovchilarga  Moliya  vazirligi  va  Davlat  soliq 
qo‗mitasi va ularning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. 
Yer solig‗i stavkalari jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan kelib chiqib 
belgilanadi.  
O‗zbekiston Respublikasida yerning bozor qiymati shakllanmaganligi sababli, 1 gektar 
sug‗oriladigan yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi mahsulotining o‗rtacha qiymatidan kelib 
chiqib, uni shartli baholash amalga oshiriladi. 


 
 
82 
 
Jahon  soliq  amaliyotida  yer  solig‗i  stavkalari  turli  mamlakatlarda  turlicha  belgilanadi, 
lekin  o‗rtacha  olganda  yer  qiymatining  5  foizidan  oshmaydi.  Soliq  stavkalarini  belgilashda 
tuproq boniteti (sifati) hisobga olinadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, 
mexanik  tarkibi,  sho‗rlanganlik  darajasi,  tuproq  qatlamining  suv  o‗tkazaolishi,  zichligi  kabi 
boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo‗yicha aniqlanadi. 
100 ball 10 ta klassga bo‗linadi, ya‗ni 1 klass yerlar nol balldan 10 ballgacha, 2 klass yerlar 11 
balldan 20 ballgacha, 3  klass erlar 21 balldan 30 ballgacha va  h.k. 10 klass  erlar 91 balldan 
100 ballgacha baholanadi. Bunda erning ball boniteti qancha yuqori bo‗lsa soliq stavkasi ham 
shuncha yuqori belgilanadi. 
Yerlardan  noqishloq  xo‗jalik  maqsadlarida  foydalanadigan  yuridik  shaxslardan 
olinadigan yer solig‗i stavkalari quyidagicha guruhlanadi: 
1.  Sug‗oriladigan  jamoat  qishloq  xo‗jaligi  yerlari  uchun  undiriladigan  yer  solig‗i 
stavkalari. 
2. Lalmi ekinzorlar, bo‗z yerlar  va ko‗p yillik ko‗chatlar uchun undiriladigan yer solig‗i 
stavkalari. 
3.  Sug‗orilmaydigan  pichanzorlar  va  yaylovlar  uchun  undiriladigan  yer  solig‗i 
stavkalari. 
4.  Qishloq  xo‗jaligi  va  o‗rmon  xo‗jaligida  foydalanilmaydigan  boshqa  yerlar  uchun 
undiriladigan yer solig‗i stavkalari. 
5. Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‗i stavkalari. 
6. Shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer solig‗i stavkalari. 
7.  Qishloq  joylarda  joylashgan  yer  uchastkalaridan  foydalanganlik  uchun  korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan yer solig‗i stavkalari. 
8.  Qishloq  joylarda  joylashgan  yer  uchastkalaridan  foydalanganlik  uchun  fuqarolardan 
undiriladigan  yer solig‗i stavkalari. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qaroridan  kelib  chiqib,  mahalliy  xokimiyat 
idoralari  ham  o‗zlarining  xududiy  territoriyasiga  qarab  qaror  chiqarishadi  va  unda  tegishli 
koeffitsientlar hisobga olinadi.       
Qishloq  xo‗jalik  erlarining  sifati  yer  uchastkasi  mulkdori,  yer  egasi  yoki  yerdan 
foydalanuvchining  aybi  bilan  yomonlashgan  (boniteti  pasayib  ketgan)  taqdirda,  yer  solig‗i 
yerning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo‗yicha undiriladi. 
Shaharlar  va  shahar  qo‗rg‗onlarining  ma‗muriy  chegaralarida  joylashgan  qishloq 
xo‗jalik  ahamiyatiga  molik  yerlar  uchun  yer  solig‗i  qishloq  xo‗jalik  yerlariga  belgilangan 
stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi. 
Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‗ini to‗lashdan ozod etilgan), 
davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha  yer  uchastkalari 
uchun yer solig‗i yuridik shaxslar uchun 2,0 koeffitsientini qo‗llagan holda to‗lanadi. Davlat 
hokimiyati  organlari  tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha  foydalaniladigan  yerlar 
uchun  yuqorida  ko‗rsatilgan  koeffitsientni  qo‗llagan  holda  yer  solig‗i  to‗lanmagan  taqdirda 
soliq to‗lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo‗llanadi. 
Ma‗muriy  va  sanoat  markazlariga  nisbatan  olganda  yer  uchastkalarining  joylashish 
joyiga  bog‗liq  holda  qishloq  joylari  uchun  belgilangan  yer  solig‗i  stavkalariga  quyidagi 
koeffitsientlar qo‗llanadi: 
-Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30; 
-Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  poytaxti  va  viloyat  markazlari  atrofida  15  km  lik 
aylanada - 1.20; 
-tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15; 
-boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10. 
Yer  uchastkalarigacha  masofa  shaharlar  va  tuman  markazlarining  ma‗muriy 
chegaralaridan  boshlab  avtomobil  yo‗llari  bo‗ylab  belgilanadi.  Yer  uchastkasi  ikki  shahar 
yaqinida joylashgan taqdirda shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan 
koeffitsient qabul qilinadi. 


 
 
83 
 
Bir  qishloq  aholi  punkti  doirasida  yagona  stavkalarni  belgilash  maqsadida  soliq 
to‗lovchilarga berilgan yerlar, yerlarning qanday qismi ushbu zonaga kirishiga bog‗liq holda, 
butunlay shahar atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi. 
 Dehqon  xo‗jaliklaridan  undiriladigan  yer  solig‗ini  hisoblab  chiqarish  chog‗ida  yer 
solig‗i stavkalariga, yer sifatiga bog‗liq holda quyidagi koeffitsientlar qo‗llaniladi: 
-tuproq boniteti 40 ballgacha bo‗lsa - 0,75; 
-tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‗lsa - 1,0; 
-tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‗lsa - 1,25. 
Shahar  va  qo‗rg‗onlarning  ma‗muriy  chegaralarida  joylashgan  kon  va  karerlar  band 
etgan  yerlar  uchun  soliq  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  uchun  belgilangan 
stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo‗llagan holda to‗lanadi. 
O‗rmon xo‗jaliklarida mollarni o‗tlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun 
yer solig‗i boshqa yerlar uchun stavkalar bo‗yicha to‗lanadi. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish