Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer  solig„i  bo„yicha  imtiyozlar



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Yer  solig„i  bo„yicha  imtiyozlar.  Soliq  kodeksining  282-moddasiga  ko‘ra  soliq 
solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: 
a)  jamoa  bog‗dorchiligi,  uzumchiligi  va  polizchiligining,  jamoa  garajlarining  umumiy 
foydalanishdagi  yerlari.  Ularga  borish  yo‗llari,  ariqlar,  kollektorlar  va  umumiy 
foydalanishdagi boshqa yerlar kiradi; 
b)  tabiatni  muhofaza  qilish  ahamiyatiga  molik  yerlar  (davlat  qo‗riqxonalari,  milliy  va 
dendrologiya  bog‗lari,  botanika  bog‗lari,  zakazniklar,  ov  qilishga  mo‗ljallanganlari  bundan 
mustasno, tabiat yodgorliklari), korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda 
maxsus maqsadlar uchun berilgan, ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 
v)  tarixiy-madaniy    ahamiyatga  molik  yerlar  (tegishli  muassasalar  va  tashkilotlarga 
doimiy  foydalanishga  berilgan  tarixiy-madaniy  qo‗riqxonalar,  xotira  bog‗lari,  arxeologiya 
yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar); 
g)  suv  fondi  yerlari  (daryolar,  ko‗llar,  suv  omborlari,  kanallar,  dengizlar,  muzliklar, 
botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‗jaligi inshootlari egallagan erlar, shuningdek suv 
havzalari sohilidagi suv xo‗jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga 
belgilangan tartibda berilgan yerlar); 
d)  elektr  uzatish  liniyalari,  podstantsiyalar,  umumdavlat  aloqa  liniyalari  va  ularning 
inshootlari egallagan yerlar. 
e) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llari va ularning inshootlari egallagan yerlar. 
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llariga O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 
belgilangan  tartibda  ularning  indekslari  va  tartib  raqamlarini  ko‗rsatgan  holda  tegishli 
ro‗yxatlarga kiritilgan avtomobil yo‗llari taalluqlidir. 
Avtomobil  yo‗llarining  inshootlariga  ko‗priklar,  yo‗l  chetidagi  ariqlar,  yon  tomondagi 
zaxira erlar, ko‗tarma ortidagi ariqlar va ko‗tarmalar, tog‗dagi suv ajratish kanallari, avtobus 
bekatlari,  tushishlar,  traktor  yo‗llari,  piyodalar  va  velosiped  yo‗laklari,  o‗pirilish,  sel, 
ko‗chkiga qarshi va avtomobil yo‗llari uchun ajratilgan erlarda joylashtirilgan boshqa himoya 
inshootlari kiradi; 
j) temir yo‗llarning umumiy tarmog‗i va ularning inshootlari egallagan yerlar.  
Sanoat  va  boshqa  korxonalarga  o‗tkazilgan  temir  yo‗llar  egallagan  yerlar  uchun  soliq 
belgilangan tartibda to‗lanadi. 
Temir  yo‗llarning  inshootlari  tarkibiga  zaxiralar,  tuproqtepalar,  yo‗ldagi  suv  ajratish, 
mustahkamlash  va  tutib  turish  inshootlari,  yo‗llar  bo‗ylab  qordan  himoyalash  va  qumni 
mustahkamlash polosalari, tortish podstantsiyalari, tonnellar va shu singari sun‘iy inshootlar 
va yo‗l qurilmalari kiradi; 
z)  umumiy  foydalanishdagi  shahar  elektr  transporti  yo‗llari  va  metropoliten  liniyalari 
(shu jumladan, metropoliten bekatlari egallagan erlar) va ularning inshootlari egallagan yerlar. 
Mazkur imtiyoz tramvay yo‗llari va trolleybus liniyalari, metropoliten liniyalari, tramvay va 
trolleybus  bekatlari,  shu  jumladan  dispetcherlik  punktlari,  metropoliten  bekatlari  va  shahar 
elektr transporti yo‗llaridagi boshqa inshootlar egallagan yerlarga tatbiq etiladi. Ma‗muriy va 


 
 
84 
 
boshqa  yordamchi  binolar,  depolar  (depo  hududida  joylashgan  elektr  transporti  yo‗llari  va 
metropoliten liniyalari egallagan erlardan tashqari), qurilish va ta‗mirlash ob‗ektlari egallagan 
yerlar uchun soliq belgilangan tartibda to‗lanadi; 
i)  sport  inshootlari,  stadionlar,  sport  maydonchalari,  suzish  havzalari,  sportning  texnik 
turlari  ob‗ektlari  va  boshqa  jismoniy  tarbiya-sog‗lomlashtirish  komplekslari,  onalar  va 
bolalarning dam olish va sog‗lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish 
uylari, o‗quv-mashq bazalari egallagan yerlar; 
k) magistral suv quvurlari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, 
suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv ta‗minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa 
ob‗ektlar egallagan yerlar. Suv ta‗minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa ob‗ektlar tarkibiga 
aholi  punktlarida  suv  quvuri  va  kanalizatsiya  tarmog‗idagi  nasos  stantsiyalari,  kuzatish 
quduqlari va dyukerlar, suv minoralari va shu singari inshootlar kiradi; 
l) magistral gaz va neft quvurlari va ularning inshootlari egallagan yerlar; 
m)  magistral  issiqlik  trassalari  va  ularning  inshootlari  egallagan  yerlar.  Issiqlik 
trassalarining  inshootlariga  nasos  stantsiyalari,  issiqlikni  hisobga  olish  va  nazorat  qilish 
asboblari, isitkichlar, issiq suv ta‗minotining tsirkulyatsiya nasoslari kiradi; 
n)  samolyotlarning  uchish-qo‗nish  maydonlari,  shu  jumladan  ularni  erda  boshqarish 
yo‗laklari  va  to‗xtash  joylari,  fuqaro  aviatsiyasi  aeroportlarining  radionavigatsiya  va  elektr-
yoritish uskunalari joylashgan yerlar; 
o)  O‗zbekiston  Respublikasining  Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  ob‗ektlar  qurilishi 
uchun  ajratilgan  erlar  -  qurilishning  me‗yoriy  muddati  davriga,  shuningdek  Vazirlar 
Mahkamasining  qarori  bilan  qurilish  ishlari  to‗xtatib  qo‗yilgan  ob‗ektlar  egallagan  erlar. 
Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  ob‗ektlar  qurilishining  me‗yoriy  muddati  tugagach, 
shuningdek  to‗xtatib  qo‗yilgan  ob‗ektlarni  qurish  davom  etilgan  yoki  ular  faoliyat  ko‗rsata 
boshlagan hollarda er solig‗i qurilishning me‗yoriy muddati tugashidan yoki ob‗ekt qurilishi 
yoxud undan foydalanish boshlanganidan keyingi oydan boshlab to‗lana boshlaydi. 
Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  ob‗ektlar  qurilishiga  ajratilgan  er  uchastkalariga  soliq 
solinmaydi.  Agar  Investitsiya  dasturiga  ko‗ra  korxona,  uning  alohida  tsexlarini  ta‗mirlash 
yoki qayta jihozlash nazarda tutilgan bo‗lsa, bunday hollarda mazkur imtiyoz qo‗llanmaydi; 
p) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 
r) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik va o‗rmon fondidagi erlari, 
qishloq  xo‗jaligi  va  o‗rmon  xo‗jaligi  sohasidagi  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlari  hamda  o‗quv 
yurtlariga  qarashli  tajriba,  eksperimental  va  o‗quv-tajriba  xo‗jaliklarining  bevosita  ilmiy  va 
o‗quv maqsadlari  uchun foydalaniladigan erlari.  Ilmiy tajribalar,  eksperimental  ishlar,  yangi 
navlar  selektsiyasini  amalga  oshirish  hamda  mavzu  doirasi  tasdiqlangan  boshqa  ilmiy  va 
o‗quv  maqsadlari  uchun  foydalaniladigan  ekinlar  va  ko‗chatlar  egallagan  yer  uchastkalari 
soliq to‗lashdan ozod etiladi; 
s)  yangi  o‗zlashtirilayotgan  erlar  va  meliorativ  holatini  yaxshilash  ishlari  olib 
borilayotgan  sug‗oriladigan  yerlar  -  loyihada  nazarda  tutilgan  muddatga,  lekin  ishlar 
boshlanganidan e‗tiboran ko‗pi bilan besh yilga; 
t) rekreatsion ahamiyatga molik erlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil 
etish  uchun  tegishli  muassasalarga  berilgan  yerlar:  o‗rmon  bog‗lari,  bog‗lar,  xiyobonlar, 
plyajlar va hokazolar). 
Bunda  muassasa  deganda  mulkdor  tomonidan  boshqarish,  ijtimoiy-madaniy  yoki 
notijorat  tusidagi  boshqa  funktsiyalarni  bajarish  uchun  tashkil  etilgan  holda  u  tomonidan 
to‗liq yoki qisman moliyalanadigan tashkilot tan olinadi; 
u) sog‗lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni 
davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo‗lgan yerlar); 
f) qishloq xo‗jalik va o‗rmon xo‗jaligi korxonalari hamda tashkilotlarining o‗rmonlar va 
ihotazorlar,  ta‗lim,  madaniyat  va  sog‗liqni  saqlash  ob‗ektlari,  shuningdek  sport  inshootlari 
egallagan yerlari; 


 
 
85 
 
x) qishloq xo‗jalik korxonalarining yangi o‗tqazilgan bog‗ va uzumzorlari - ular meva 
qilish  davriga  kirishigacha,  qishloq  xo‗jalik  ekinlari  ekish  uchun  qator  oralaridan 
foydalanilishidan qat‘i nazar. 
Yangi  tut  ko‗chatlari  o‗tqazilgan  er  uchastkalari  -  qator  oralaridan  qishloq  xo‗jalik 
ekinlarini  ekish  uchun  foydalanilishidan  qat‘i  nazar,  3  yil  muddatga.  Shu  munosabat  bilan 
bahorda  o‗tqazilgan  tut  ko‗chatlari  soliq  to‗lashdan  uch  yilga  ozod  qilinadi,  bunga  ko‗chat 
o‗tqazilgan  yil  ham  kiradi.  Kuzda  o‗tqazilgan  ko‗chatlar  o‗tqazilgan  yildan  keyingi  yildan 
boshlab uch yilga soliq to‗lashdan ozod qilinadi; 
ch)  soliq  to‗lovchining  balansida  bo‗lgan  hamda  tadbirkorlik  faoliyatida 
foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob‗ektlar egallagan 
yerlar.  Fuqarolik  himoyasi  va  safarbarlik  ahamiyatiga  molik  ob‗ektlar  egallagan  yerlar 
maydoni haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib qabul qilinadi. 
Agar  soliq  solinmaydigan  yer  uchastkasi  maqsadga  ko‗ra  foydalanilmasa,  ushbu 
maydon  uchun  yer  solig‗i  belgilangan  tartibda  to‗lanadi.  Bunday  yer  uchastkasidan  qishloq 
xo‗jalik  ekinlari  va  ko‗chatlarni  parvarishlash  uchun  foydalanilsa,  soliq  qishloq  xo‗jaligi 
ahamiyatiga molik yerlar uchun stavkalar bo‗yicha to‗lanadi. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish