Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari. Yer solig‗i yuridik 
shaxslar tomonidan har yili 1 yanvargacha bo‗lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi 
va  soliq  bo‗yicha  hisob-kitoblar  er  uchastkasi  joylashgan  hududdagi  davlat  soliq  organiga 
joriy  yilning  15  fevraligacha  qishloq  xo‗jaligi  ahamiyatiga  ega  bo‗lmagan  hamda  qishloq 
xo‗jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun belgilangan shakllar bo‗yicha taqdim etiladi. 


 
 
86 
 
Bo‗shatib  olinayotgan  mablag‗lardan  muayyan  maqsadlar  uchun  foydalanish  sharti 
bilan imtiyozlar olgan yuridik shaxslar soliq to‗lovchilar uchun belgilangan shakl bo‗yicha va 
muddatlarda yer solig‗i hisob-kitobini taqdim etadilar. 
Yuridik  shaxs  hisoblangan  dehqon  xo‗jaliklari  hisoblab  yozilgan  yer  solig‗i  umumiy 
summasining 95%ini byudjetga, 5%ini esa dehqon va fermer xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash 
jamg‗armasiga to‗laydilar. Hisob-kitoblarda Jamg‗armaga to‗lanadigan summa alohida satrda 
aks ettiriladi. 
Yer  solig‗ini  hisoblab  chiqarish  yer  uchastkasi  haqiqatda  egallagan  maydondan  kelib 
chiqib amalga oshiriladi. 
Yer  uchastkalarining  umumiy  maydonlari  to‗g‗risidagi  ma‗lumotlar  yer  uchastkasiga 
bo‗lgan  huquqni  tasdiqlaydigan  hujjatlar  yoki  yerlarni  inventarizatsiyalash  dalolatnomalari 
bo‗yicha qabul qilinadi. 
Yil  davomida  yuridik  shaxslarda  yer  uchastkalariga  mulk  huquqi,  yerga  egalik  qilish 
huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan (bekor bo‗lgan) taqdirda, shuningdek ular 
foydalanayotgan  yer  maydoni  kengaygan  (kamaygan)  yoki  yer  solig‗i  bo‗yicha  imtiyoz 
huquqlari  to‗xtatib  qo‗yilgan  (paydo  bo‗lgan)  hollarda  ular  yer  uchastkasi  ajratilgan  (olib 
qo‗yilgan)  yoki  imtiyozlar  to‗xtatilgan  (paydo  bo‗lgan)  kundan  e‗tiboran  bir  oydan 
kechiktirmay  davlat  soliq  organlariga  yer  solig‗i  bo‗yicha  hisob-kitoblarni  taqdim  etishlari 
shart. 
Hisobot  yili  davomida  yer  mulklari  tarkibida  o‗zgarishlar  yuz  bergan  yuridik  shaxslar 
davlat  soliq  organlariga  yer  solig‗i  to‗lanadigan  hisobot  yilining  1  noyabriga  qadar  yer 
solig‗ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadilar. 
Agar  alohida  bino  bir  necha  yuridik  shaxsning  balansida  bo‗lsa,  yer  solig‗ini  har  bir 
yuridik shaxs alohida, egallagan ishlab chiqarish xonalariga mutanosib ravishda to‗laydi. 
Ko‗p  qavatli  turar  joylarning  bir  qismini  egallagan  yuridik  shaxslar  yer  solig‗ini  turar 
joy  egallagan  umumiy  maydondan  va  mazkur  yuridik  shaxs  tomonidan  foydalaniladigan 
ishlab chiqarish xonalarining hissasidan kelib chiqib hisoblab chiqaradilar. 
Yuridik  shaxslar  (qishloq  xo‗jaligi  korxonalaridan  tashqari)  soliqni  har  chorakda, 
chorak ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlar bilan to‗laydilar (15 fevral, 15 may, 15 
avgust, 15 noyabr). 
Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun to‗lash muddati tugaganidan 
keyin  olgan  bo‗lsa,  ushbu  davr  uchun  soliqni  to‗lash  muddati  bo‗lib  keyingi  chorak  uchun 
soliq to‗lash muddati hisoblanadi. 
Yagona  yer  solig‗ini  to‗lashga  o‗tmagan  qishloq  xo‗jaligi  korxonalari  yer  solig‗ini 
hisobot  yilining  1  iyuliga  qadar  –  yillik  soliq  summasining  20  foizini,  hisobot  yilining 
1sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizini va hisobot yilining 1 dekabriga qadar 
– hisoblangan soliqning qolgan (50 foizi) summasini to‗lashni amalga oshiradi.  
Yil  davomida  ajratilgan  yer  uchastkalari  uchun  soliq  yer  uchastkasi  ajratilgan  oydan 
keyingi  oydan  boshlab  to‗lanadi.  (Masalan,  vakolatli  hokimiyat  organining  15  avgustdagi 
qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‗ini 1 sentyabrdan boshlab to‗laydi). 
Yuridik  shaxslarga  yer  solig‗i  bo‗yicha  imtiyoz  belgilansa,  ular  ushbu  huquq  paydo 
bo‗lgan  oydan  boshlab  soliq  to‗lashni  to‗xtatadilar.  Yer  solig‗i  bo‗yicha  imtiyoz  huquqi 
to‗xtatilgan taqdirda ular yer solig‗ini ushbu huquq to‗xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab 
to‗laydilar. 
Soliq  to‗lovchi  tomonidan  ortiqcha  soliq  summalari  to‗langan  taqdirda,  agar  boshqa 
soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha qarz mavjud bo‗lmasa, ushbu summalar soliq to‗lovchiga o‗ttiz 
kun  ichida  uning  yozma  arizasi  bo‗yicha  qaytariladi  yoki  bo‗lg‗usi  to‗lovlar  hisobiga  qayd 
etiladi.  Yer  solig‗i,  soliq  to‗lovchining  joylashgan  yeridan  qat‘i  nazar,  hududida  yer 
uchastkasi  joylashgan  tuman  yoki  shaharning  mahalliy  byudjetiga  to‗lanadi.  Agar  yer 
uchastkasi  ham  tuman,  ham  shahar  hududida  joylashgan  bo‗lsa,  soliq  xuddi  shu  tartibda 
to‗lanadi. Yuridik shaxslarning byudjet bilan yer solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblari buxgalteriya 
hisobi byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗ida yuritiladi. 


 
 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish