Gimnastika. Pedagogik nuqtai nazaridan gimnastikaning
qimmatli tomoni shundaki, u organizmga bir butun holda yoki
uning ayrim tizim va funksiyalariga tanlab ta’sir qilish
imkoniyatiga ega. Gimnastikaning asosiy, gigienik, sport,
badiiy, ishlab chiqarish, davolash turlari farqlanadi. Jismoniy
tarbiyada quyidagi vositalardan foydalaniladi: saflanish, qayta
saflanish;
predmetlarsiz
va
predmetlar
bilan
umumiy
rivojlanish - to ‘p
bilan,
tayoq,
sakrash arg‘amchisi,
bayroqchalar; arqonga tirmashib chiqish, oshib o‘tish,
muvozanat saqlash, yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish,
elementar akrobatik mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |