5 E.Vohidov. «Hikmatnoma». 3-bet, Toshkent, 1990 y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
chuqur bor, ko‘zingga qara» deb qilgan ishora - tayoqchaga;
boshqalami yillab ochilgan buloq, ekilgan daraxtga; o‘zlaridan
keyin keluvchilar ham imonli, ilm-ma’rifatli bo‘lsinlar, deb
ellar, yurtlar o‘rtasida yaxshi bordi-keldilar bo‘lsin, — deb
solingan masjid, madrasa, yo‘l, ko‘prik, karvonsaroylarga
o ‘xshatadi. 0 ‘zbekman degan har bir insonning o ‘z yurti
kechmishini va hozirini mukammal bilmog‘i, o‘z ona tilisining
zargari - fikriga maqollar bilan ko‘rk berib gapirishini istaydi»,
- deydi o ‘zining asarida.
Darhaqiqat, o‘zbek xalqining asrlar davomida «yashash
darsi»dan to‘plagan boy tajribasi ko‘plab maqollarda o‘z aksini
topgan. «Har gulning o‘z isi bor, har elning o‘z tusi bor»
deganlaridek,
maqollarimiz xalqimizning turmushi, 'urf-
odatlari, an’analari va eng muhimi - o‘zbek bolasining qanday
kishi bo‘lishi va qanday kishi bo‘lmasligi kerakligi haqida ibrat
va o ‘rnaklar jamlangan ma’naviy- madaniy merosdir.
Milliy-madaniy, siyosiy, iqtisodiy, pedagogik turg‘unlik
o‘zbek millati hayotida nimalarda aks etdi? Eng avvalo, milliy
o‘zlikni anglashning, milliy tashabbuskorlikning, millatdagi
yaratuvchilik quw atining ancha so‘ndirilganligida, ilm-fan
jabhalarida orqada qolishda namoyon bo‘ldi.
Biroq Turkistonda jadidchilikka barham berildi. Bunga
sabab bir tomondan, ularning maqsadini to‘g‘ri tushuna
olmagan Buxoro amiri, ikkinchi tomondan, jadidchilardan
inqilobiy harakat deya cho‘chigan chor Rusiya amaldorlari
bo‘lsalar, uchinchidan, jadidchilikni Islomga dushman bir
harakat deb tushungan, uning asl mohiyatini anglashni
istamagan mutanosib dindorlar edi. Mutanosib ruhoniylar
yoshlarni milliy-zamonaviy tarbiya yo‘li bilan mustam-
lakachilikdan ozod qilish maqsadida intilgan jadidchilar -
M ulla Nafas, Zinhoriy, Avliyoqo‘li, Miskin, Ibrat, Komil
Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Zohiriy, Tavallo, Zavqiy, Cho‘lpon, Avaz 0 ‘tar, Avloniy,
Hamza, Ayniy, Qodiriy va boshqa ma’rifatparvarlami kofir deb
e ’lon qildilar.
Shuningdek, go‘zallikni tushunish, san’at, adabiyot,
tasviriy san’at turlari,
san’at turlari,
tili,
bayramlari,
pazandaligi, maqollari, qomat tutishi, kiyinishi, ibosi, imo-
ishoralari, tabassumi, uyqusi, xayoli, ta’zimi, marosimlari, xalq
ijodiyoti, ta’bi, didi va boshqalarda an’anaviy « 0 ‘zbekchilik»
aks etib turadi. Buning bosh sababi — tarbiyaning ana shu
xususiyatlarga tayanishida - milliy, madaniy mohiyatga
egaligidadir.
0 ‘zbek xalq milliy tarbiyasining yuqorida keltirilgan ilmiy
talqini bizga quyidagi xulosalami chiqarish imkonini beradi:
- o‘zbek xalqining milliy tarbiyasi, tarixi turkiy qabilaviy,
urug‘ va elatlar tarbiyaviy tizimlarining tadrijiy umumlashuvi,
rivojlanishining tarixi demakdir;
- qabilaviy, milliy tarbiya nuqtai nazaridan insonning
qandayligi undagi so‘z, niyat (fikr) va ish birligiga tayanuvchi
uchlik asosida baholangan;
- Islom dini Markaziy Osiyo xalqlarining millatlararo
muloqot madaniyatining umumiy manbasi, umuminsoniylikka
va birlashishga yo‘naltiruvchi tarbiyaviy omil vazifasini bajardi
va bajarmoqda.
Milliy lik tarbiyaning obyektiv xususiyati bo‘lganligi
tufayli avloddan-avlodga yetkazilib kelindi, yo‘qolmadi.
Yosh avlodning ma’naviy madaniyatini yuksaltirish
qadriyat atamasi keng tushuncha bo‘lib, ma’lum voqeiylikdagi
hodisalami insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash
uchun ishlatiladi. Inson faoliyatidagi, jamiyatdagi rang-barang
narsalar, tabiat hodisalari, mavjud qadriyatlar uchun obyekt
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Demak, u insonning
kundalik hayotida, uning qiziqishi, ongining shakllanishida
www.ziyouz.com kutubxonasi
muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, qadriyat «obyekt va
subyekt o‘rtasidagi O‘zaro muloqotning natijasidir».
Bu tushunchaning mohiyatida voqeiylikdagi muayyan
hodisalaming ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ifodasi
yotadi. Demak, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan
narsalar (shuningdek, tabiat, ijtimoiy hodisalar, inson xatti-
harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo‘lib, kishilaming
talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida munosabat, o‘zaro
ta’sir atrof-muhit bilan, insonlar bilan natijasida vujudga
keladigan holatdir.
Qadriyatlaming falsafiy tasnifga ko‘ra murakkab ichki
qurilishiga ega bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |