Sinf-dars ta’limi. Bu guruhli ta’limning o‘ziga xos shakli bo‘lib, bir xil yoshdagi
o‘quvchilarning ma’lum miqdoridan ibrat guruhi sinfni tashkil qiladi. Har bir sinfda
mashg‘ulotlar o‘quv fanlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan vaqtdavom etadigan darslar
shaklida tashkil qilinadi. Hozirda sinf-dars ta’limi dunyoda keng qo‘llanilayotgan asosiy shakl
hisoblanadi. Uning afzal tomonlari bilan birga o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud bo‘lib,
ularni bartaraf qilish dolzarb vazifa hisoblanadi, shu sababli ushbu muammo yuzasidan
dunyodagi yirik mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikr-mulohazalar va har turli yangi loyihalar
taklif qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |