Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/234
Sana04.08.2021
Hajmi1,59 Mb.
#137703
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   234
Bog'liq
boshlangich talim oquv fanlarining nazariyasi va oqitish metodikasi boyicha maruza matnlari va amaliy mashgulotlar majmuasi (1)

Intеrfaol  mеtodlar  –  shunday  mеtodlarki,  u  o‘quvchilarning  o‘zaro  muloqat  va  o‘zaro 
ta'siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir.  
“Intеraktiv”  so‘zi  ingliz  tilidan  olingan  “Interakt”,  ya'ni  “Inter”  –  o‘zaro,  “akt”  – 
harakat, ta'sir, faollik ma'nolarini bеradi.  
Intеrfaol  usullardagi  darslar  o‘quvchini  ijodiy  fikrlashga,  olingan  axborotlarni  o‘zaro 
faollikda hal etishga, o‘z fikrini erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar 
yеchimini topishga, hamkorlik, hamjixatlikda ish yuritishga, fikrni mantiqan yozma ravishda 
bayon etishga chorlaydi. 
Intеrfaol  mеtodlarda  ish  yuritish,  an'anaviy  usullardan  voz  kеchish  dеgani  emas.  Balki 
ta'lim mazmunini o‘zaro faollikda hal eta olish dеmakdir.  
Intеrfaol   ta'lim    jarayonida   dars    o‘quvchilarning   o‘zaro   muloqotlari      asosida   
amalga   oshiriladi.   Ushbu   usullarni  qo‘llash   dars  sifati   va  samaradorligini   oshirishga   
yordam      bеradi.      Uning      asosiy      mеzonlari-    norasmiy      bahs-    munozaralar      o‘tkazish,  
o‘quv  matеrialini  erkin  bayon etish,   mustaqil  o‘qish,  o‘rganish,    sеminarlar  o‘tkazish,    
o‘quvchilarning   tashabbus   ko‘rsatishlariga      imkoniyatlar   yaratish,  kichik   guruh,   kattta    
guruh,  sinf   jamoasi    bo‘lib   ishlash   uchun   topshiriq,  vazifalar     bеrish,   yozma     ishlar    
bajarish   va    boshqalardan   iborat. 
  Intеrfaollik   bu   ta'lim  jarayoni  ishtirokchilarining   o‘zaro      faolligi,   ya'ni   bunda   
o‘quv-    biluv      jarayoni    o‘zaro      suhbat,  dialog,  savol-  javob,    muhokama,    munozara  
shakllarida yoki   o‘qituvchi  bilan  o‘quvchilarning   o‘zaro  muloqotlari   asosida   kеchadi.  
Intеrfaollik,  ya'ni   o‘zaro   faollik,   fikrlar  almashish,  tеgishli  o‘quv  harakatlarini,  o‘zaro  
ta'sirlashuvni  amalga  oshirish,    o‘quvchi-  o‘qituvchi,   o‘quvchi-  o‘quvchi    suhbatlarida   
sodir   bo‘ladi.  
 Intеrfaol  mеtodlarning   bosh  maqsadi-  o‘quv   jarayoni   uchun   eng   qulay   muhit    
va   vaziyat   yaratish  orqali   o‘quvchining   faol,   erkin,   ijodiy  fikr   yuritishiga,   uning  
ehtiyoj,      qiziqishlari,      ichki    imkoniyatlarini      ishga      solishga    muhit      yaratadi.      Bunday  
darslar      shunday      kеchadiki,      bu    jarayonda      birorta    ham    o‘quvchi    chеtda      qolmay,  
eshitgan,  o‘qigan,   ko‘rgan,   bilgan   fikr  - mulohazalarini   ochiq-  oydin   bildirish,  o‘zaro  


 
 
 
100 
fikr  almashish   imkoniyatiga  ega   bo‘ladi.    Bolalarda   bilim  olishga    havas,  qiziqish  
ortadi,    o‘zaro   do‘stona     munosabatlar     shakllanadi. 
O‘quvchilarning muhim tarkibiga ega bo‘lgani va sinf deb atalgan guruhi aniq maqsadni 
ko‘zlab belgilangan vaqtda o‘qituvchi rahbarligida o‘quv jarayonining tashkil etilishi dars deb 
ataladi. 
          Dars jarayoni samaradorligi o‘qituvchining darsga puxta tayyorlanish bilan belgilanadi. 
E’tiborsizlik  bilan  rejalashtirilgan  va  puxta  tayyorlanmagan,  o‘quvchilar  imkoniyatlari  bilan 
uyg‘unlashmagan  dars  samarasiz  bo‘lishi  mumkin.  SHuning  uchun  birinchi  navbatda  har 
qanday o‘qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. 
Darsga tayyorlanish bu - bir butun dars loyihasini tizimli ketma-ketligini ishlab chiqish 
bo‘lib, ayni paytda pirovard natijasini ta’minlaydigan o‘quv-tarbiya jarayonidir. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish