93
Yuqorida ko‘rinib turibdiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar jarayonidagi
modullar ta’lim mazmunini, vositalari va usullarining har biriga tegishli tarkibiy
elementlarni tashkil qiladi. Ushbu modullarni ajratib, belgilashda ma’lum tartibga rioya
qilish zarur. Bunda avvalo eng kichik yoki birlamchi modul ajratiladi. Masalan, birorta
fikrni tushuntirish jarayonini bir butun holatda bitta modul hisoblash ham yoki bu
jarayonni bir nechta bo‘laklarga ajratib , ularning harbirini modullar deb hisoblash
ham, shuningdek bitta emas, bir nechta o‘zaro bog‘liq fikrlarni tushuntirish jarayonini
bir butun holda bitta modul deb hisoblash ham mumkin. Shunday tartibda belgilangan
modulni eng kichik yoki birlamchi modul deb ataladi. Shunday birlamchi modullarni
zarur bo‘lgan hollarda tartib sonlar bo‘yicha belgilash uchun “1-modul”, “2 –modul”,
ko‘rinishidagi yozuvlar bilan ajratib ko‘rsatish yoki “modul” so‘zini yozmasdan, faqat
tartib son orqali ko‘rsatish mumkin. Bunday belgilash orqali zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning to‘li bayon qilinishini ta’minlash hamda kelgusida to‘liq saqlanishini
nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ta’lim- tarbiya jarayonida modulli ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan
fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o‘quvchilar mustaqil
o‘zlashtirishlari uchun o‘quv topshiriqlari tuziladi.
Bulardan tashqari, shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo‘naltirilganlik bo‘yicha
pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
-
fanlar bo‘yicha bilim, o‘quv, ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan – axborot
texnologiyalari;
-
aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo‘naltirilgan – operatsion texnologiyalar;
-
estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo‘naltirilgan emotsional-
badiiy va emotsional-axloqiy texnologiyalar;
-
shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
o‘z-o‘zini rivojlantirish texnologiyalari;
-
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan-evristik texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarni yuqorida aytilganlardan tashqari bir qancha belgilariga
ko‘ra ham turlarga ajratiladi. Bunday turlarga ajratishlar har bir pedagogik texnologiya
o‘ziga xos serqirra ekanligidan kelib chiqadi hamda ularni ilmiy-nazariy hamda amaliy
maqsadlar nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilishga, o‘zlashtirishga, yanada rivojlantirishga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida shakllanib borayotgan ta’lim texnologiyasining tarixiy
asosi sifatida respublikamiz hududida turli davrlarda shakllangan quyidagi ayrim ta’lim
turlarini ko‘rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: