Ota yoki ona kasbini o‘rgatish ta’limi. Bu – oilada ota yoki ona kasbini o‘rgatish
bo‘lib, ko‘proq turli hunar-kasblar, badiiy hunarmandchilik, amaliy – bezak san’atlari va
boshqa san’at turlarini farzandlarga o‘rgatish jarayonidan ibrat. Bunda turli kasblarni
o‘rgatishning o‘ziga xos tartib (texnologiya)lari qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, ota yoki ona
kasbi sifatida aka, opalar yoki oilaning boshqa yaqin qarindoshlari (amaki, tog‘a va shu
kabilar)ning kasblari ham o‘rgatilishi mumkin. Ota kasbini o‘rgatish ta’limi ko‘proq yakka
ta’lim shaklida bo‘lib, o‘rganuvchining qobiliyatlari darajasida bilim va ko‘nikmalarning
o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |