95
Pedagogik texnologiyani chindan ham mavjud ekanligini hamda tatbiq etishga
tayyorligini uning tarkibidagi modullar va algoritmlar qanchalik darajada to‘liq va puxta
ekanligi bilan belgilanadi.
Modul va algoritm har qanday texnologiyaning asosiy tushunchalari bo‘lib, pedagogik
texnologiya uchun ham bu tushunchalar shuncha ahamiyatli. Pedagogik texnologiyadagi
“modul” va “algoritm” tushunchalaribirmuncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi
tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli
miqdorlagi to‘plamlardan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul,
boshqalarini esa o‘z ichiga qancha modulni olishga qarab, tegishlicha darajadagi modullar
deyiladi.
Kichik modul – pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik byuirlikni ifodalaydi.
Amalda bunday kichik modulni boshqa kichikmodullarga ajratish mumkin emas, deb
hisoblanadi.
Birlamchi modul – pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab
tasvirlashda dastlabki modul sifatida tanlangan va o‘z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik
modullarni oladigan modul to‘plami.
Modul to‘plami – pedagogik texnologiyaning uning biror darajasidan boshlab
tasvirlash maqsadida bitta modul sifatida qaralga bir nechta modullar yig‘indisi.
Modul darajasi - pedagogik texnologiyani tasvirlash qo‘llamiga muvofiq ravishda
tanlangan birlamchi modullarning o‘z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi
ko‘rsatkichi.
Pedagogik texnologiyaning modullari quyidagi darajalarga ajratilishi mumkin:
Bir o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.
O‘quv fanining bir mavzusini, bir bo‘limini, bir qismini yoki hammasining tarkibiy
bo‘laklarini hamda o‘qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar. Ularni bloklar deb
ham nomlanadi.
Bir necha turdosh o‘quv fanlarining tarkibiy bo‘laklarini hamda ayrim fanlarni o‘qitish
texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.
Davlat ta’lim standartining tarkibiy bloklarini hamda ularning bajarilishini ta’minlash
texnologiyalarini tashkil qiluvchi modullar.
O‘quv reja va dasturlarning tarkibiy bo‘laklarini hamda ularning bajarilishini
ta’minlash texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.
Ta’lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar.
Pedagogik texnologiya jarayonida qo‘llaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar.
Ushbu modullar orasida bir o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi
modullar pedagogik texnologiya jarayonining asosiy bo‘g‘inini tashkil qilishi bilan eng
ahamiyatli hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
-
mashg‘ulot mazmunini tashkil qiluvchi asosiy tushunchalar;
-
shu tushunchalarni o‘quvchilarga tushuntirish jarayonining tarkibiy qismlari;
-
shu tarkibiy qismlarning har birida qo‘llaniladigan ta’lim-tarbiya
vositalari va usullari;
-
o‘quvchining mashg‘ulot davomida bajaradigan faoliyatini tashkil qiluvchi modullar;
-
o‘quvchilarning mashg‘ulot boshidan oxirigacha bo‘lgan vaqt davomida bajaradigan
faoliyatlarini tashkil qiluvchi modullar;
96
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya jarayonidagi modullar
ta’lim mazmuni, vositalari va usullarining har biriga tegishli tarkibiy elementlarni tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: