Ikkinchi bosqich (1996 - 2000) yangi mustaqil mamlakatlarda siyosiy suverinitetning
mustahkamlanishi, mustaqil faoliyat olib boruvchi moliyaviy – iqtisodiy tizimning yaratilishi,
uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning o’rnatilishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
Bu bosqichda MDH mamlakatlari iqtisodiyoti barqarorlashdi, inflyatsiya darajasi pasaydi.
Uchinchi bosqichda (2001 - 2010) MDHning barcha mamlakatlarida iqtisodiyotning
mustahkamlanishi sodir bo’ldi, iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun mavjud resurslardan to’liq
foydalanildi, iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish bilan bog’liq islohotlar amalga oshirildi, jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashdi.
Mustaqil davlat hamdo’stligi mamlakatlari amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxatlarning
salbiy okibatlariga kuyidagilarni kiritish mumkin:
- isloxotlarning ijtimoiy yo’kotishlar bilan birga sodir bo’lishi. Mustakil davlat
xamdo’stligi mamlakatlarida ishlab chikarishning pasayishi natijasida aholi turmush darajasining
pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi, ijtimoiy xizmatlar hajmining qisqarishi ro’y berdi;
- MDH mamlakatlarining aksariyatida ilmiy – texnik taraqqiyotning orqada qolishi, mehnat
unumdorligining past darajada ekanligi;
- yashirin iqtisodiyotning mavjudligi;
- MDH mamlakatlarining xalqaro mehnat taqsimotida hom-ashyo va yoqilg’i yetkazib
beruvchilar sifatida ixtisoslashib qolishi.
Sanoatning yengil sanoat va uzoq muddatli iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari
sifatli hamda keng assortimentga ega import bilan raqobat qila olmaganligi sababli Mustaqil
davlatlar
hamdo’stligining
ayrim
mamlakatlarida
muzlatkichlar,
videmagnitofonlar,
kompьyuterlar ishlab chiqarish to’xtab qoldi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarida
xomashyo, yoqilg’i ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda ishlab chiqarishning pasayishi sodir bo’lmadi
hamda bu mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta tushumlarining asosiy manbai va iqtisodiyotni
qo’llab – quvvatlash vositasiga aylandi.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb
etishni rag’batlantirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinmoqda. Xorijiy kompaniyalarning
aksariyati tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga qiziqish bildirmoqda.
Xorijiy
investitsiyalarni
milliy
iqtisodiyotga
faol
jalb
etish
natijasida
Qozog’iston,
Ozarbayjon, Gruziya, Moldaviya va Qirg’izistonda sanoatning katta qismi xorijiy investorlar
nazoratida bo’lib, kapital vo’yilmalarning 15 – 30% tashqi manbalardan moliyalashtiriladi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz respublikalarida AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya kabi
an’anaviy kapital eksportyorlaridan tashqari Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya kompaniyalari
investitsion loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |