Birinchi bosqichda (1991-1995) sobiq Ittifoq respublikalarida siyosiy mustaqillikning
huquqiy asoslari yaratildi, xalqaro iqtisodiy, moliya tashkilotlariga a’zo bo’lishdi, o’zaro
shartnomalar imzolandi, mustaqil davlat uchun xos moliyaviy – iqtisodiy, byudjet – soliq,
bojxona va boshqa iqtisodiy institutlar shakllantirildi.
SHu bilan birga bu davrda yagona valyutaga asoslangan yagona iqtisodiy makon barham
topdi, respublikalar o’rtasidagi kooperatsiya aloqalari buzildi, uchinchi mamlakatlar bozoriga
qayta ixtisoslashish boshlandi va milliy iqtisodiyotlarda inqiroz holatlari kuchayib bordi. Deyarli
barcha respublikalarda YaIMning keskin qisqarib, eng chuqur pasayish mamlakatlarda turli
yillarda ro’y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |