O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti



O’ZBEKISTON  RESPUBLIKA  OLIY  VA O’RTA   
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
TOSHKENT  MOLIYA  INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
Z.Yo’ldoshev  X.Xalilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MILLIY  VA JAHON IQTISODIYOTI 
o’quv qo’llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT  – 2013 


 

Z.Yo’ldoshev X.Xalilova.  Milliy  va jahon  iqtisodiyoti. (o’quv qo’llanma). 
Toshkent, Toshkent Moliya  instituti,  2013. 220 bet. 
 
―Milliy  va  jahon  iqtisodiyoti‖  kursi  bo’yicha  qayta  tayyorlangan  mazkur 
o’quv  qo’llanmada  Milliy  va  jahon  iqtisodiyoti  tushunchasi,  O’zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligi, 
uni 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tishi, 
Respublikada  milliy  iqtisodiyotning  shakllanishi,  uning  rivojlanishini  ta’minlovchi 
omillar,  milliy  iqtisodiyotning  tarkibini  qayta  qurish,  ishlab  chiqarish  va  sotsial 
majmualarni  isloh  qilish  va  rivojlantirish  masalalari  yoritilgan.  SHuningdek 
qo’llanmada  strategik  rejalashtirish,  O’zbskistonning  tashqi  iqtisodiy  faoliyati, 
rivojlangan,  rivojlanayotgan  hamda  iqtisodi  o’tish  davriga  xos  bo’lgan 
mamlakatlar  iqtisodiyotining  o’ziga xos xususiyatlari  ham ko’rsatilgan. 
 
Mazkur  o’quv  qo’llanma  iqtisodiy  oliy  o’quv  yurtlari  talabalari,  professor-
o’qituvchilari  hamda  milliy  va  xalqaro  iqtisodiyotta  qiziquvchi  kitobxonlarga 
mo’ljallangan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mazkur  o’quv  qo’llanma  Toshkent  Moliya  instituti  ―Mintaqaviy  iqtisodiyot‖ 
kafedrasining  2013  yil  5  fevraldagi  ___-qarori  bilan  institut  qoshidagi  Oliy  o’quv 
yurtlararo  ilmiy  uslubiy  kengashning  2013  yil  ___  fevralida  muhokama  qilingan  va 
___-sonli Qaror bilan nashrga tavsiya  qilingan. 
 
 
 
Ma’sul muharrir:  i.f.d., prof. N.Xaydarov 
Ichki taqrizchi:  i.f.d., prof. Yo. Abdullaev 
Tashqi taqrizchi:  i.f.d., prof. A.Bekmurodov 
 


 

KIRISH 
 
O’zbekistonda  siyosiy  va  davlat  mustaqilligi  kamol  topishi  bilan  uning  bozor 
munosabatlariga  asoslangan  Milliy  iqtisodiyoti  shakllana  boshladi.  Milliy 
iqtisodiyot  -  bu  ma’lum  bir  davlat  hududida  tarixan  tashkil  topgan,  bir-biri  bilan 
maqsadi  va  mehnat  taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim 
sifatida  milliy  iqtisodiyot  o’ziga  xos  bo’lgan  munosabatlari,  boshqaruv  tizimi, 
umumiqtisodiy  infrastrukturasi  va  mustaqil  qonunchiligiga  ega  bo’lgan  mustaqil 
davlatchilikni  taqozo qiladi. 
Jahon  (xalqaro)  iqtisodiyoti  esa  bir-biriga  o’zaro  ta’sir  etuvchi,  xalqaro 
aloqalarga  intiluvchi  barcha  milliy  iqtisodiyotlar  yig’indisidir.  Milliy  va  jahon 
iqtisodiyotining 
o’ziga 
xos 
xususiyatlari, 
integratsiyalashuv 
omillari, 
tendentsiyalarini  iqtisodiy  oliy  o’quv  yurti  talabalarining  bilishlari  maqsadga 
muvofiqdir. 
Bakalavr  darajasini  olayotgan  har  bir  talaba  mustaqil  davlatning  iqtisodiy 
siyosatini,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  o’z  modelini,  uning  shakllanish 
jarayonini  bilmog’i  lozimdir. 
Milliy  va  jahon  iqtisodiyoti  kursi  Oliy  o’quv  yurtlarining  moliya,  bank  ishi, 
soliq  va  soliqqa  tortish,  sug’urta  ishi,  buxgalteriya  hisobi  va  audit  hamda  boshqa 
iqtisodiy  yo’nalishlarida  o’qiyotgan  bakalavr-talabalari  uchun  mo’ljallangan 
bo’lib,  ularni  mamlakat  iqtisodiyotida  kechayotgan  chuqur  va  ko’p  qirrali 
jarayonlarni  o’rganishga undaydi. 
Milliy  va  jahon  iqtisodiyoti  kursi  O’zbekiston  iqtisodiyotining  bozor 
munosabatlariga  o’tishi,  itisodiyotni  isloh  qilish  jarayonlarini,  o’zbek  milliy 
modelining  mohiyatini  hamda  respublika  aholisining  yuqori  turmush  darajasiga 
ega  bo’lgan  iqtisodiy  rivojlangan  davlatlar  qatoriga  bosqichma-bosqich  o’tish 
jarayonlarini  o’rganishni  o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Milliy  va  jahon  iqtisodiyoti  kursi  quyidagi  vazifalarni  hal  qilishga  e’tiborni 
qaratadi: 
-  Mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  qayta  qurish  va  rivojlanishning  o’ziga  xos 
yo’llarini  va muammolarini  o’rganadi. 
-  Respublikaning  iqtisodiy  potentsialini,  uning  tarkibini,  o’sish  dinamikasini 
tahlil  qiladi. 
-  Iqtisodiyotni  boshqarish  vazifalarini  va  asosiy  printsiplarini  hamda  bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  strategik  rejalashtirish  va  davlat  tomonidan  iqtisodiyotni 
tartibga  solish tizimini  o’rganadi. 
-  Mamlakatni  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  tashkil  qilish,  xorijiy  davlatlar  bilan 
iqtisodiy hamkorlik  o’rnatish tartibini  o’rganadi. 
-  Globallashuv  jarayoni  va  jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuv  shakllari, 
uning  mexanizmlarini  o’rganadi va h.k. 
Milliy  va  jahon  iqtisodiyoti  kursi  mamlakatimiz  iqtisodiyoti,  uning  iqtisodiy 
komplekslari,  iqtisodiy  islohotlar,  ularning  natijalari,  bir-biri  bilan  bog’liq  bo’lgan 
tarmoqlarini  hamda  rivojlangan,  rivojlanayotgan  va  o’tish    davriga  xos  bo’lgan 
davlatlar  iqtisodiyotining  o’ziga  xos  bo’lgan  xususiyatlarini  o’rganishni  taqozo 
qiladi. 


 

O’quv  qo’llanma  moliya,  bank  ishi,  soliq  soliqqa  tortish,  sug’urta  ishi, 
buxgalteriya  hisobi  va  audit,  qimmatli  qog’ozlar  va  birja  ishi  hamda  boshqa 
iqtisodiy  yo’nalishlarda  o’qitilishini  nazarda  tutib  hamda  ishchi  o’quv  rejasidagi 
ajratilgan  soatlarni  kamligini  e’tiborga  olib,  unga  O’zbekiston  iqtisodiyotini 
rivojlanishida  moliya-kredit  tizimi  kabi  ixtisoslik  fanlaridan  o’tiladigan  hamda 
alohida  fan  sifatida  o’qitiladigan  xususiylashtirish  va  tadbirkorlikning  ayrim 
mavzulari  qaytarish bo’lmasligi  uchun, ongli  ravishda mazkur  kursga kiritilmadi. 
Mazkur  o’quv  qo’llanma  tayyorlash  va  nashr  qildirishda  yaratilgan  sharoit  va 
yordam  uchun  Toshkent  Moliya  instituti  rektori  U.Azizovga  hamda  ―Mintaqaviy 
iqtisodiyot‖  kafedrasi  mudiri  Z.Abdalovaga  mualliflar  minnatdorchilik  bildiradi. 
SHuning  bilan  birga  mualliflar  statistik  ma’lumotlarni  yangilashda,  ularni  tahlil 
qilishda  ko’rsatgan  amaliy  yordami  uchun  ―Mintaqaviy  iqtisodiyot‖  kafedrasi 
o’qituvchisi Aliev  Sanjarga  ham o’z minnatdorchiligini  bildiradi. 
 
 
 


 


Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish