14.3. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ikkinchi yirik guruhi MDH mamlakatlari hisoblanadi.
Ushbu
mamlakatlarning
ba’zilari
ijtimoiy
–
iqtisodiy
rivojlanish
darajasi
bo’yicha
rivojlanayotgan
mamlakatlarning
yuqori
guruhiga
kirgan
bo’lsa,
ba’zilari
rivojlangan
mamlakatlarning quyi guruhiga kiradi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti ustun darajada ichki iqtisodiy
aloqalarga asoslangan yagona majmua sifatida uzoq vaqt inqirozni o’z boshidan kechirdi.
1991 yilda sobiq Ittifoq respublikalaridan iborat MDH tashkil etildi (Rossiya Federatsiyasi,
Armaniston
Respublikasi,
Belarussiya
Respublikasi,
Gruziya,
Moldaviya
Respublikasi,
Ozarbayjon
Respublikasi,
Turkmaniston
Respublikasi,
Tojikiston
Respublikasi,
Ukrana,
Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi). Boltiq bo’yi
respublikalari MDHga kirishdan bosh tortdi. Gruziya 2009 yilda MDH tarkibidan chiqib ketdi.
MDH mamlakatlarini amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlarning sur’atlri va chuqurligiga
ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:
iqtisodiy
islohotlarni
amalga
oshirishning
―radikal‖ yo’lini tanlagan mamlakatlar
(Rossiya, Qirg’iziston va Qozog’iston);
iqtisodiy
islohotlarning
bosqichma
– bosqich yo’lidan borayotgan mamlakatlar
(O’zbekiston, Turkmaniston, Belarussiya);
―oraliq guruh‖ mamlakatlari (MDHning boshqa barcha mamlakatlari).
―Radikallar‖ guruhiga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ―falajli davolash‖ usulini
qo’llagan mamlakatlar kiradi. ―Oraliq guruh‖ mamlakatlariga iqtisodiy islohotlarni ―radikal‖
isohotlarga nisbatan sekinroq, ―bosqichma - bosqich‖ islohotlarga nisbatan jadalroq amalga
oshirayotgan mamlakatlar guruhi kiradi. Ushbu guruhlash shartlidir. Misol uchun, Belarussiyada
boshqa MDH mamlakatlariga nisbatan o’ziga xos ijtimoiy – iqtisodiy modelь shakllandi.
Korxonalarning aksariyat qismi, jumladan, yirik korxonalar davlat ixtiyorida bo’lib, ular
mamlakat YaIMning taxminan 75% ini ishlab chiqradi. SHu bilan bir vaqtda xo’jalik yuritish
mexanizmi bozor mezonlari bo’yicha amal qiladi: direktiv rejalashtirish cheklangan, davlat
korxonalarining o’zi hamkorlarni qidirib topadi, hamkorlik shartlari, mahsulot narxi bo’yicha
kelishadi, ishlab chiqarish va ishchilar tarkibini belgilaydi. Mamlakatda keng qamrovli ijtimoiy
kafolatlar saqlanib qolgan.
MDHning barcha mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 90 – yillarida bozor munosabatlarining
asoslari shakllandi:
- aksariyat mamlakatlarda xususiy mulk yetakchi mavqega ega bo’ldi;
- narxlarning shakllanishi erkinlashtirildi;
- tashqi
iqtisodiy aloqalar sohasida bozor islohotlari amalga oshirildi va tashqi
bozorlarning ochiqligi ta’minlandi;
- aholi mentalitetini bozor munosabatlari qoidalariga moslashishga yo’naltirilgan qayta
o’zgarishlarni amalga oshirish boshlandi.
Mustaqil
davlat
hamdo’stligi
mamlakatlarining
1991
– 2010 yillardagi iqtisodiy
rivojlanishini quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin.
202
Do'stlaringiz bilan baham: |