O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet487/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

4. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni 
Yusuf  Xos  Hojib  (Bolosog‘uniy)  hayoti  haqida  faqat  uning  asaridagi  ma’lumotlar 
doirasidagina xabar qilinadi. Asarda yozilishicha, shoirning asl ismi Yusuf bo‘lgan, Bolosog‘un 
(Quz O‘rdu) shahrida tug‘ilgan. Yusuf ismli shoir Bolosog‘uniy (tug‘ilgan yeriga ko‘ra) nisbasini 
olgan.  Hatto  asarning  rus  tilidagi  1983  yilgi  nashrida  muallifni  Yusuf  Bolosog‘uniy  deb 
tanishtiradi. Asarda: “Kitab izisi Yusuf ulug‘ Hajib o‘zinga pand berur, Yusuf Xas Hajib teb ati 
javi  yozilmish”  deyilgan.  Ma’lum  bo‘ladiki,  shoir  Yusuf  ulug‘  (katta,  yuqori)  mansabda  xos 
(maxsus) hojiblik (eshik og‘asi) vazifasida ishlagan. Bolosog‘unda o‘z asarini yoza boshlagan va 
qoraxoniylar  davlatining  poytaxti  bo‘lgan  Qashg‘ar  shahriga  kelib  tugallagan.  Uni  462/1069 
yilda yozib tugallab, Tavg‘ach Ulug‘ Bo‘g‘ra Qoraxonga taqdim qilgan. Asar hukmdorga ma’qul 
bo‘lgani  uchun  shoirga  Xos  Hojib  unvoni  berilgan.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  turk  davlatchilik 
asoslari  va  mamlakat  boshqaruvi  masalalaridan  bahs  yuritgan  ushbu  manba  Nizomulmulkning 
“Siyosatnoma”  (469/1077)sidan  yetti  yil  avval,  Kaykovusning  «Qobusnoma”  asaridan 
(485/1082) 12-13 yil avval yaratilgandir. 
 Asardagi  
 
 
Tegurdi manga elgi ellik yashim 
 
 
O‘qir altmish emdi manga kel teyu 
Mazmuni:     Ellik yoshim menga qo‘lini tegizdi, 
   
 
Oltmish yosh meni kel deb chorlayapti 
bayti muallif asar yozayotganida 50 yoshlar chamasida bo‘lagniga ishora. Boshqa bir o‘rinda      
  
 
 
Yil altmish eki erdi to‘rt bila... 
 
 
 
Tugal o‘n sakiz ayda aydim bu so‘z 
misralari bizga “Qutadg‘u bilig” 18 oy davomida yozilib, 462/1069 yilda tugallanganini ma’lum 
qiladi. Kitobda shunday yozilgan: 
 
 
Kitab ati urdum Qutadg‘u bilig, 
 
 
Qutadsu o‘qug‘liqa tutsu elig. 
Bundan  kitob  o‘quvchining  qo‘lidan  baxt  tutsin  deya,  uni  baxtga  eltuvchi  bilim  deb 
atagani  anglashiladi.  Fitrat  qut  –  “baxt”,  qutadg‘u/qutayg‘u  –  “baxtliklanish”;  bilig  –  “bilim” 
bo‘lib, “Qutadg‘u bilig”ning ma’nosi “Baxtliklanish bilimi” bo‘ladir”, degan xulosaga kelgan
88

Shunday qilib, baxtlilanish bilimi o‘z o‘quvchilariga saodat keltirish barobarida dunyoga 
tanilgan. Muallif yozishicha, asarni 
 
 
Chiniylar “Adabu-l-muluk” teb ayar 
 
 
Machinlar “Anisu-l-mamolik» ma ayar 
 
 
 
Bu Mashriq elinda ulug‘lar muni 
 
 
“Ziynatu-l-umaro” teyurlar ko‘ni 
 
 
 
 
 
Eranlig‘lar “Shohnoma” ter mungar 
 
 
Turanlig‘lar “Qutadg‘u bilig” teb uqar 
deya  “Molik  (podshoh)lar  odobi  (to‘plami)”,  “Mamlakatlar  do‘sti”,  “Amirlarning  ziynati”, 
“Turkiy tildagi “Shohnoma”, “Podshohlar pandnomasi” kabi nomlar bilan e’tirof etilgan. 
 
Asarning  muqaddimasida  ushbu  fikrni  takror  keltirish  bilan  birga  «Anisu-l-mamolik” 
birikmasi “Ayinu-l-mamlakat” bo‘lib  yozilgan. Shu holatning o‘ziyoq muqaddima asar muallifi 
tomonidan  yozilmagan,  degan  A.Vamberi,  V.Tomsen,  M.Xartman
89
,  Fitrat  va  Q.Karimov 
fikrlarini tasdiqlaydi.  
 
Asarning    tiliga  doir  qashg‘ar  tili  (Mehmet  Fuod  Ko‘prulu),  chig‘atoy  tili  (V.Tomsen), 
uyg‘ur  tili  (S.Ye.Malov)da  yozilgan  degan  fikrlashlar  bo‘lishiga  qaramay,  bu  qoraxoniylar 
                                                 
88
  Фитрат.  Қутадғу  билиг  /  Танланган  асарлар  (нашрга  тайёровчи  Ҳ.Болтабоев).  II  жилд.  –  Т.:  Маънавият, 
2000. – Б.13-14.  
89
 Бу ҳақда қаранг: Малов С.Е. Памятники древнетюркской письменности. – М.-Л., 1951. – С. 301-302. 


 
330 
davlatida umumiste’molda bo‘lgan turkiy xalqlar tili (Mahmud Koshg‘ariy bu hududdagi turkiy 
tilga nisbatan xoqoniy turkchasi istilohini qo‘llagan) ekanini barcha olimlar e’tirof etganlar.  

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish