O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Tarkibi.  “Devonu  lug‘ati-t-turk”  uch  qismdan  iborat:  muqaddima,  lug‘at  va  fihrist 
(indeks).  
 
Muqaddimada  Hamdu  salotdan  so‘ng  muallif  o‘zini  tanitib,  turkiy  xalqlarning 
ulug‘vorligi,  turk  tili  bilishlikning  ahamiyati  haqida  so‘z  yuritgan:  “Alloh  davlat  quyoshini 
turklar  burchida  yaratdi.  Falakni  ham  shular  mulkiga  moslab  aylantirdi.  Ularni  turk  deb  atadi, 
mulkka ega qildi, ularni zamonamiznig xoqonlari qilib ko‘tardi. Zamon ahlining ixtiyor jilovini 
shular  qo‘liga  topshirdi,  xalqqa  bosh  qildi,  bularni  to‘g‘ri  yo‘lga  yurishga  qodir  qildi.  Ularga 
qarashli  kishilar  maqsadlariga  yetib,  beboshlar  halokatida  qutildilar...  Bularga  yaqin  bo‘lish 
uchun  eng  asosiy  yo‘l  ularning  tillarida  so‘zlashishdir,  chunki  ular  bu  tilda  so‘zlashuvchilarga 
yaxshi  quloq  soladilar,  o‘zlarini  yaqin  tutadilar,  ularga  zarar  bermaydilar”
84
  deyish  bilan  turk 
tilini  bilish  va  bilganda  ham  to‘g‘ri  maqsadlarda  istifoda  etish  vojib  amallardan  ekanini 
anglatadi.  Buning  tasdig‘i  uchun  Payg‘ambar  (s.a.v.)  hadislaridan  dalil  keltiradi:  “Ishonchli  bir 
buxorolik  olimdan  va  nisburlik  boshqa  bir  olimdan  shunday  eshitgan  edim,  ular  bu  so‘zni 
payg‘ambarga  nisbat  berib  aytgan  edilar:  Payg‘ambar  (s.a.v.)...  turk  tilini  o‘rganing,  chunki 
ularning  hukmronligi  uzoq  davom  etadi  (degan  ekanlar).  Hadisning  to‘g‘ri  yoki  botil  (to‘g‘ri 
emas)ligining  javobgarligi  aytgan  kishilar  gardaniga.  Agar  to‘g‘ri  bo‘lsa,  turk  tilini  o‘rganish 
vojib  (zarur)dir;  hadis  to‘g‘ri  bo‘lmagan  taqdirda  ham  uni  o‘rganish  zarurligini  aql  taqozo 
qiladi”
85

 
So‘ngra o‘zi haqida ma’lumot berib, asarning nomlanishi va xususiyatlarini bayon qiladi. 
Kitobning tarkibi haqida, turk tilida qo‘llaniladigan so‘zlarning yozilishi haqida so‘z yuritib, ular 
arab  alifbosida  18  harf  bilan  boshlanishini  anglatadi.  Biroq  kitob  tarkibida  muqaddimada  tilga 
olinmagan  “dol”  va  “he  (hoyi  havvas)”  harflari  bilanboshlanadigan  kalima  va  atamalar  borki, 
ularning  jami  20  ta  bo‘ladi.  So‘z  yasalishi  haqida  tushuntirish  berib,  fe’llardan  yasalgan  otlar 
haqida  ma’lumot  keltiriladi.  Turkcha  so‘zlar  ketma-ketligi,  tartibi,  turk  tabaqalari  va 
qabilalarining  bayoni,  umumturk  tilining  sifatlari,  turkiy  lahjalardagi  tafovutlar  qisqacha  bayon 
qilingan.  
 
“Devon...”ning lug‘at  qismi  sakkiz  bo‘limga joylashtirilgan bo‘lib, ular arab alifbosi  va 
fonetikasi  qoidalari   asosida (kitobdagi  turkcha  so‘zlarning arabcha  sharhlanganini unutmaylik) 
dastlab  so‘zboshida  hamza  kelgan  otlar  bo‘limi  (1)  berilgan  bo‘lib,  ikki  harfli  so‘zlar  (2),  
muzoaf,  ya’ni  bir  harf  ikki  marta  takrorlangan  so‘zlar  (3),  tarkibida  burun  tovushlari  (hozirgi 
istilohda:  sonorlar)  bo‘lgan  otlarning  misollari  (4)  beriladi.  Keyin  uch  harfli  so‘zlar  (5),  to‘rt 
harfli  so‘zlar  (6),  bu  bo‘limning  turlari,  oxiri  “a”  bilan  tugagan  so‘zlari,  ortiqcha  harfli  boblar, 
so‘zlarning  boshi  va  oxiri  “alif”  bo‘lgan  so‘zlari,  g‘unnalilar  bo‘limi  (7)  va  ikki  undosh  qator 
kelgan  so‘zlar  (8)  bo‘limlaridan  iborat.  Har  bir  bo‘limdagi  so‘zlar  fe’llar  va  otlar  tarzida  ikki 
ajratilgan.  Bu  o‘rinda  asosan,  iste’molda  bo‘lgan  so‘zlar  qo‘llanilgan  bo‘lib,  ayrim  so‘zlarning 
arxaik shakllari, ya’ni iste’moldan chiqqanlarini ham ko‘rsatib borgan. 
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish