“Devon...”dagi adabiy parchalar. “Devon...”da umumiy hajmi 764 misra bo‘lgan 289
to‘rtlik va ikkilik (bayt) she’riy namunalar berilgan.
Fitrat “...namunalari”ning birinchi qismida 14 turkumda shartli sarlavhalar bilan bir qancha
to‘rtliklar berilib, ularning izoh va tarjimalaridan tashqari olim ikki marsiyani mazmun va mavzu
jihatidan farqlaydi. Ma’lumki, Fuod Ko‘prulu “Devon”ga kirgan parchalarni adabiy nav’ jihatidan
“Marsiya, doston, ov qo‘shiqlari, ishq va sharob she’rlari hamda hikmatlar”dan iborat deb
ko‘rsatgan edi. Shu bilan birga olim “Turk adabiyotining manshai” maqolasida Alp Erto‘nga
mavzusidagi to‘rtliklarni o‘zaro mazmun jihatdan bog‘lab, ularni to‘rt marsiyaga ajratgan ham edi.
Fitrat bu qarashlarni isloh etib, avvalo, Alp Erto‘nga nomi bilan bog‘liq manzumalar to‘rt marsiya
emas, balki ikki marsiyani tashkil etishini isbotladi. Qolgan ikki marsiya haqida “boshqa unvonlar
berish kerak” degan fikrga keldi. Fitrat “Devon”dagi “O‘g‘uzlar bilan urush” deb nom bergan
parchani milodiy VI-VII asrlarga taalluqli ekanini aniqlaydi. Devondan tanlab olingan adabiy
parchalarni esa ikki qismga ajratadi: Birinchisi, asosan, to‘rtliklardan iborat bo‘lib, undagi asarlar
qisqa vaznda aytilgandir. Bular tasviriy parchalar bo‘lgani uchun ular mavzu jihatidan quyidagicha
tasnif qilingan: Alp Erto‘nga marsiyasi, Yoz-Qish munozarasi, Bir urush maydoni haqida, Yoz
o‘yunlari, Ovdan urushg‘a, Tog‘ush begining urushi, Uyg‘urlar bilan urush, Ikki savdogar orasida,
Ayriliq (hijron), sevgiga oid parchalar (7 parcha), Uch urush (5 parcha), Bir urush, Doston
boshlang‘ichi (6 parcha) va Bir marsiya (3 parcha).
Fitrat tasnifida, ikkinchi qism ikkiliklardan iborat bo‘lib, ular ta’limiy–axloqiy
mazmundadir. Fitrat masnaviylarni quyidagicha mavzularga ajratadi: Nasihat, Mehmon tutish
to‘g‘risida, Tarbiya to‘g‘risida, Bir go‘zal to‘g‘risida, E’tiqodiy bir parcha, O‘g‘limga nasihat,
Dunyodan shikoyat, Sevgan bir kishi uchun, Boylikni maqtaydir, O‘gut, Maqtanish, Boylik
to‘g‘risida, Aldangan bir kishiga, O‘zini maqtab, Ayrilish, Diniy nasihat, Mehmon to‘g‘risida,
Rohat to‘g‘risida.
Fitrat o‘z majmuasiga uchinchi qism orttirgan va bunda “manzumalarning ba’zi so‘zlarini
izoh qilish, ba’zi so‘zlardagi sarfiy (morfologik – H.B.) va savtiy (fonetik – H.B.) ahamiyatli
nuqtalarni chizib o‘tgan”. Bu jihatdan muallif Mahmud Koshg‘ariy yo‘lidan borgan. Bundan
tashqari Fitrat har bir manzum parchaning nasriy bayonini yozib chiqqan (1) va janrini aniqlagan
(2). Qadimgi davr adabiy yodgorliklarining mavzu jihatini belgilgan (3), mazmunan ularni bir-biri
bilan bog‘lashga harakat qilgan (4), vazn xususiyatlarini aniqlagan (5), asarning shakli (6) va
qofiyasiga oid fikrlar (7)ini ifoda qilgan
87
.
“Devon...”da 318 ta maqol va hikmatli so‘zlar keltirilgan bo‘lib, ulardan 26 tasi ikki marta,
6 tasi uch marta tilga olingan. Bu maqollar turkiy xalqlarning falsafasi, turmush tajribasi, hayot
hodisalariga munosabatini anglatadi.
Fitratdan so‘ng ayni yo‘nalishda ilmiy yumushlar amalga oshirilmagan bo‘lsa ham jahonga
larza solgan buyuk ilmiy asarni o‘rganishga va zamonaviy tillarga tarjima qilishga o‘ziga xos yo‘l
ochilgan.
86
Қаранг: Ramiz Əskər. Mahmud Kaşğarinin 1.000 illik yubileyinə 1.000 biblioqrafik Göstərici. Bakı, 2008. S.6-7.
87
Фитрат асарининг замонавий нашри учун қаранг: Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари.
Адабиётимиз тарихи учун материаллар. / Нашрга тайёрловчи ва сўнгсўз муаллифи О.Ҳамраева. (Масъул
муҳаррир ва сўзбоши муаллифи Ҳ.Болтабоев). – Т.: MUMTOZ SO’Z, 2008.
329
Do'stlaringiz bilan baham: |