Yozilishi va saqlanishi. “Qutadg‘u bilig” asari XIX asr boshlariga qadar
adabiyotshunoslikkka ma’lum bo‘lmagan, Navoiy va Bobur asarlarida ham, undan keyin
yaratilgan o‘nlab tazkiralarda ham tilga olinmagan. Uning dastlabki nusxasi - 843/1439 yilda
Hirotda Hasan Qora Sayil Shams tomonidan uyg‘ur yozuvidagi qo‘lyozmasi mavjud edi. Bu asar
taxminan ko‘chirilgan zamonlarda To‘g‘ot shahriga keltirilgan. 879/1474 sanada qo‘lyozma
Abdurazzoq Shayxzoda baxshi talabi bilan Kadi Ali Fanari o‘g‘li tomonidan Istanbulga olib
kelingan.
«Qutadg‘u bilig” qo‘lyozmasining arab yozuvidagi (sulis xati bilan) uchinchi nusxasi
Namangandan topilgan. Kitobni prof. Fitrat 1924 yilda Muhammadhoji Lolareshdan qo‘lga
kiritgan bo‘lib, u Namanganda xususiy bosmaxona egasi Ishoqxon to‘ra Ibrat uyidan tintuv
vaqtida topilgan, qo‘lyozmani qo‘lga kiritgan tintuvchi kitobni sotib yuborgan edi. Fitrat domla
asarni Toshkentga keltirib, u haqda 1925 yilda maqola e’lon qilgan
90
, “O‘zbek adabiyoti
namunalari. 1-jild”ida undan parchalar nashr qildirgan
91
. Bir qancha sarguzashtlarni boshdan
kechirgan ushbu nusxa
92
hozir O‘zRFA ShIda 1809 raqami bilan saqlanadi.
O‘rganilish tarixiga doir. “Qutadg‘u bilig” xorijiy olimlar J.Amadey, A.Vamberi,
U.Tomsen, M.Xartman, V.Radlov, V.V.Bartold, S.Ye.Malov, Ye.E.Bertels, A.Z.To‘g‘on,
M.Fuod Ko‘prulu, R.R.Arat, A.A.Valitova, I.V.Stebleva, A.N.Kononov, A.Ivanov tomonidan
o‘rganilishi va nashr etilishi diqqatga sazovor. Biroq ushbu asarning xalqimiz orasida
ommalashib, o‘zbek mumtoz adabiyotining xazinasidan joy olishida o‘zbek olimlari A.Fitrat,
S.Mutallibov, Q.Karimov, A.Rustamov, N.Mallaev, G‘.Abdurahmonov, N.Karimov, B.Nazarov,
B.To‘xliev, Q.Sodiqov kabilarning benazir xizmatlarini unutib bo‘lmaydi.
Dunyoga mashhur turkiy dostonning Rashid Rahmati Arat tarjimasidagi turkcha matni
93
,
N.Grebnev va A.Ivanov tarjimasidagi ruscha
94
, Q.Karimov tabdili va hozirgi o‘zbek tiliga tavsifi
bilan berilgan o‘zbekcha
95
va B.To‘xliev tomonidan tayyorlangan nasriy bayonlari
96
hozir faol
qo‘llanilishda.
Asarning tarkibi va janriy sifati. Kitob nasr bilan yozilgan muqaddima, boblarni
ko‘rsatuvchi fihrist (mundarijasi) va nazm qismidan tarkib topgan. Uning 11 fasli she’riy
debocha bo‘lib, qolganlari voqea bayonidan iborat. So‘nggi faslda kitobning yozilgan yili haqida
ma’lumot berilgan. Tabiiyki, qo‘lyozma nusxalar o‘zaro farqlanadi. Akad. A.Kononov asarning
Namangan nusxasini “mavjud nusxalar ichida nisbatan mukammali” deb hisoblagan
97
.
Asarning hajmi 6,5 ming bayt deb aytilsa ham, Fitrat ma’lumotiga qaraganda, Namangan
nusxasi 6329 baytdan iborat. Vena nusxasida esa 171 bayt yetishmaydi. Nasriy muqaddima asar
muallifiga tegishli bo‘lmagani tufayli asarni asosiy she’riy matndan kelib chiqib tarkiblash
lozim. Debochada Hamd, sano, na’t, Qoraxon madhi, Kitob avvali, yetti kavokib va o‘n ikki
burj, Odamning qadru qimmati, til ardami (fazilatlari), kitob egasining uzri, nasihat so‘zi, bilim
va uquv ardami, Kitobning nomi va o‘z (muallif) qariligi (yoshi) kabilar bayon qilingan. Asar
voqealari 391-baytdan boshlanadi.
Asarning janri nisbatan murakkab, uning tarkibida masnaviy, ruboiy, to‘rtlik kabi janrlar
uchraydi. Bizningcha, asarni ta’limiy doston deb qabul qilsak-da, unga syujet va kompozitsion
jihati murakkab tarkibli bo‘lganini va boshdan oyoq bir vaznda yaratilmaganligini qo‘shib
qo‘yish zarur.
90
Фитрат. Қутадғу билиг // Маориф ва ўқитғучи. – 1925. – 2-сон. – Б. 68-73.
91
Фитрат. Ўзбек адабиёти намуналари. 1-жилд. – Тошкент-Самарқанд, 1928. - Б.79-87.
92
Каримов Н. «Қутадғу билиг”нинг топилиши / Фан ва турмуш. – 1993. – 2-сон. – Б. 8-10.
93
Arat, Reşıd Rahmatı. Kutadğu Bılıg. 1-Metın. 2-Baskı. – Ankara: 1979.
94
Болосогунский Ю. Благодатное знание / Пер. Н.Гребнева и А.Иванова. Послесловие А.Н.Кононова. – М.:
Наука, 1983.
95
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг / Нашрга тайёрловчи Қ.Каримов. – Т.: Фан, 1971.
96
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг / Насрий баён муаллифи Б.Тўхлиев. – Т.: Юлдузча, 1990.
97
Болосогунский Ю. Благодатное знание / Послесловие А.Н.Кононова. – М.: Наука, 1983. – С. 495-517.
331
Do'stlaringiz bilan baham: |