O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Ilm-fan.  Chag‘oniyonda  alloma  va  muhaddis  Abu  Bakr  Sag‘oniy  (IX),  Beruniy  hurmat 
Bilan tilga olgan «Taxtitul-usturlob» («Usturlob xatolari»), « Kitob fi tasheh at tom» («Muttasil 
                                                 
2
 Аршавская З.А. и др. Средневековўе памятники Сурхандарьи. – Т.: 1982. –С.38. 


 
148 
harakatlar  kitobi»),  «Qavonini  ilmi  hay’at»  («Er  shakli  ilmi  qonunlari»)  asarlari  muallifi 
munajjim  va  jug‘rofiy    Ahmad  ibn  Muhammad  as-Sag‘oniy  (X)  va  Abu  hamid  Usturlobiy; 
«Kitobi  ziju-l-safox»  («Gardishlar  ziji  kitobi»),  «Kitobu-l-masoil  Al-adadiya»  («Hisob 
masalalari kitobi») hamda Evklid asarlariga sharh yozgan  Abu Ja’far Xozin, lug‘atshunos olim, 
«Majma’u-l-bahrayn»,  «Al  ubobu-z-zohir»  («O‘zaklarning  tashqi  ko‘rinishi»)  kabi  qomusiy 
asarlar muallifi Sag‘oniy (ismi noma’lum) bu yurtning ulug‘ allomalari edi.  
Abulqosim  Ali  ibn  Muhammad  al-Iskofiy  yetuk  xattot  va  badiiy  so‘z  ustasi  bo‘lgan.  U 
haqda «Yatimat ad-dahr»da «Xurosonning tili, g‘ururi, ko‘zi va yagona kishisi edi. U kitobat va 
ilmi  balog‘atda  Xurosonda  birdan  bir  kishi  bo‘lib,  idm  va  san’atda  tengi  yo‘q  edi»  deb 
ta’riflangan va undan 21 bayt keltirilgan. Ulardan biri (atir idishi xususida): 
 
 
Sirtimda znbolik barq urar, 
 
 
Ichkarida xushbo‘y hid etar g‘arq. 
 
 
Yarim tanam nasibasin tatir, 
 
 
Yarmim to‘kis va tugal atir
3
.  
Shoir  956  yili  vafot  etganda  Abu  Nasr  al-Xuzaymiy  «Risolalar  devonida  u  yo‘q  endi, 
Devondagi qalam va daftar egasiz qoldi» deb yozgan ekan. 
Chag‘oniyon  adabiy  muhitida  davr  (X  asrning  2-yarmi  XI  asr  boshlari)ning  peshqadam 
shoirlari  yetishib  chiqqan.  Sag‘oniy  shoirlaridan  Taxoriy  (ayrim  manbalarda  Taxoviy,  X  asr 
boshlari)  dan  to‘rt  misra  saqlanganiga  qaramay  u  adabiy  muhitning  asoschilaridan  biri  sifatida 
qadrlangan: 
 
 
Lab-i go‘y, ki nimkafta gul ast, 
 
 
Mai no‘sh andar u nuhuftasty. 
 
 
Zulf go‘y ay lab nihozida, 
 
 
Ba gila so‘i chashm raftasty
4
 
 
(Mazmuni:  Labing  yarim  ochilgan  guldir,  Unda  xush  may  yashirindir.  Zulfing 
labdan lab burib, Ko‘z tomon og‘ishga shaylangandir). 
Abu  Abdulloh  Muhammad  binni  Hasan  Ma’rufiy  Balxiy  fotimiylar  harakatining 
tarafdorlaridan  edi,  buyuk  Rudakiy  (858-941)ning  ko‘ziga  mil  tortilishining  sababi  ham  manna 
shu  fotimiylikdardir. Shoir merosidan 92 she’r saqlangan  bo‘lib, ular Umar Roduyoniy, Shams 
Qays Roziy risolalarida badiiy san’atlar aks etgan she’riy namunalar sifatida tilga olingan. 
Shoirning forsiy she’rlaridan shunday namunalar keltirilgan: 
 
 
Hukmi qazo bud v-in ba dilam bar, 
 
 
Mahkam az on shud Ki yor yori qazo shud. 
 
 
Har chy biguyam zi man nigar, ki nigary, 
 
 
Aql julo shud zi man, Ki yor judo shud
5
 
(Mazmuni: Qalbimdagi og‘ir yuk qazo hukmidir, Shundan yor o‘limning o‘ri bo‘ldi. Nima 
desam-da menga boq, boqmasang, Aql ham, yor ham mendan judo bo‘ladi). 
Abulhusayn  Muhammad  binni  Muhammad  al-Murodiy  Buxoriy  (vaf.940)  Rudakiyning 
sevimli  shogirdlaridan  bo‘lgan  qasidanavis  shoir  bo‘lgan,  hatto  uning  o‘limiga  Ro‘dakiyning 
marsiyasi ham bor. Uning Abu Aliga bag‘ishlangan qasidasida shunday fikrlar bor: 
 
(Mazmuni)  
   
 
Sen tirik ekansan, yo‘ldan hech kim adashmaydi, 
   
 
Adashgan tayanchini qilich zarbi yemiradi, 
   
 
Qo‘lingdan saxovat va xalokat yog‘iladi…
6
 
  Yoki: 
  (Mazmuni)  
   
 
Boshing kzra o‘lim charx urib turganda, 
   
 
Hasham va xazinadan foyda nechun
7

                                                 
3
 Кўрсатилган асар. – Б.29. 
4
 Ашъори ҳамасрони Рўдакй. – Сталинобод, 1958. – Саҳ.99. 
5
 Юқоридаги асар. – Б.302. 
6
 Қодиров Б., Муртазонв Б. Чағониён алабиёти (X-XII асрлар) – Т.: Янги аср авлоди, 2002. – Б.37. 


 
149 
Bu  davr  adabiy  muhitida  Daqiqiy  va  Farruxiy  kabi  mashhur  shoirlar  yetishib  chiqqan. 
Daqiqiydan so‘ng davlat arbobi va iste’dodli  shoir Tohir  Chag‘oniy  (vaf.992)  ijod  qilgani 
haqida  Umar  Roduyoniy  xabar  beradi  va  «Tarjimonu-l-balog‘a»da  muqtazob  (iqtizob  - 
qirqilgan) san’atining go‘zal namunasi sifatida quyidagi baytini keltiradi: 
 
 
Bar mamlakat savor nagashty tu az gazof, 
 
 
V-ozodagon-t banda nagashtand xir-xir. 
 
 
Edun ba mavqey, ba madoroi ro‘zgor, 
 
 
K-az nesh no‘sh makiyu v-az boda sherri sher
8
 
(Mazmuni:  Sen  davlatda  qilichsiz  ham  sarvar,  sardor,  Oqsuyaklar  senga  jabr-sitam  ila 
tobe’  emas.  Hayotda  sen  haqiqIy  mavqega  egasan,  Sening  qahringdan  chaqqan  ilon  zahri  ham 
beia’sir va sherni bemalol sog‘a olasan) 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish