Matn va manbalar: 1. Ash’ori hamasroni Ro‘daky. – Stalinobod, 1958. – 408 s.; 2.
Nizomiy Aruziy Samarqandiy. Nodir hikoyatlar. – T.: 1985. – 96 b.; 3. Roduyoniy Muhammad
Umar. Tarchumonu-l-balog‘a. / Muntaxabi «Marchumanu-l-balog‘a» va «Hadoiqu-s-sehr». –
Dushanbe: Donish, 1987. – 144 b.; 4. Sabaqi Ro‘daky. – Dushanbe: Irfon, 1984. – 304 s.
Ilmiy adabiyot: 1. Abluddaev I. Buxoroning arabiynavis shoirlari. – T.: Fan, 1965. – 56 b.;
2. Abdullaev I. Poeziya na arabskos yazo‘ke v Sredney Azii i Xorasane X-nach. XI v. – T.: Fan,
1984. – 294 s.; 3. Abdulloev A. Adabiyoti forsu tojik dar nimai avvali asri XI (Doirai adabii
/aznin). – Dushanbe: Donish. 1979. – 286 s.; 4. Arshavskaya Z.A. i dr. Srednevekovo‘e
pamyatniki Surxandari. – T.: 1982; 5. Rtveladze E.V. K biografii Farruxi. / Xudojestvennaya
kultura Sredney Azii IX-XIII vekov. – T.: 1983. – S.177-181; 6. Fitrat. Fors shoiri Umar
Xayyom. / Tanlangan asarlar. –T.: Ma’naviyat, 2000. – B. 134-172; 7. Qodirov B., Murtazoev B.
Chag‘oniyon alabiyoti (X-XII asrlar) – T.: Yangi asr avlodi, 2002. – B.17.
4.
G‘aznaviylar davri adabiyoti. Mahmud G‘aznaviy tomonidan G‘azna shahrining
poytaxt bo‘lishi natijasida ilm-fan vakillari shu yerga to‘planganlar. Adabiyot va san’at
namoyandalariga alohida ahamiyat qaratilgan. Firdavsiyning “Shohnoma”si Mahmud G‘aznaviy
tavsiyasi bilan yozilgan. Bu davrning ulug‘ olim va fozillaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973-
1048) edi.
Hayoti va asarlari. Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Qiyot shahrida tug‘ilgan, 22 yoshida
o‘z vatanidan chiqib ketgan (Berun – «tashqari» nisbasiga e’tibor bering). Jurjonda va boshqa
o‘lkalarda yashagan. Shartli ravishda Ma’mun akademiyasi deb nomlangan ilmiy anjuman
faoliyatida muhim rol o‘ynagan. Fanning bir yuz ellikdan ortiq sohalari bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlari ma’lum.
Beruniyning badiiy adabiyotning nazariy masalalariga bag‘ishlangan "Fazl ahlining she’rda
aytilgan fikrlarini bayon qilish kitobi", "Tanlangan asarlar va she’rlar kitobi" kabi asarlari
ma’lum. Shuningdek, buyuk qomusiy olim "Hindiston", "al-Javohir", "Kitobu-s-saydana"
asarlarida ham san’at va adabiyot muammolarining ayrim qirralariga ochiqlik kiritgan.
Allomaning "Hindiston" (to‘la nomi "Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan
ta’limotlarini aniqlash kitobi") asarida hind she’r ilmiga maxsus bob (13-bob) yaratilib, unda
asar hind tili grammatikasi va fonetikasi qoidalarining she’r ilmida aks etishi muammolari
o‘rganilgan
11
. Bunday ilmiy mulohazalar qatorida ushbu bobga tegishli sakkizta kitob haqida
ma’lumot berilgan. Ular «Aindra» (Indra tuzgan), «Chandra» (Buddaning suhbatdoshlaridan
Chandra ishlagan), «Shokata» (Shokatoyana qabilasi tomonidan tuzilgan), «Ponini»
(tuzuvchining ismi bo‘yicha), «Kotantra» (Sharvavarman tuzgan), «Shashidevavritti»
(Shashideva tuzgan), «Durgavivritti» (muallif ismi bilan yuritilgan) va «Shish’yahi-tovritti»
(Ugrabxo‘ti tuzgan). Beruniyning bu asari nafaqat hind she’r tuzilishi, balki hind-ovro‘pa
tillaridagi fonetik hodisalarni ham anglatadi va arab aruzini tushunishga ham yordam beradi.
Adabiy merosi. Buyuk alloma badiiy asarlar ham yaratgan bo‘lib, ular arab tilida yozilgan
37 baytli bir qasida va 3-4 she’riy parchalardan iborat. Bu ijod namunalaridan misollar keltirgan
tazkiranavis Yoqut Hamaviy «Majma’u-l-udabo» («Adiblar to‘plami») asarida alloma ijodiga
baho berib va ular baland saviyada bo‘lmasa ham Beruniy qalamiga mansubligi bilan tahsinga
loyiq, deb hisoblaydi
12
.
Qasidada alloma Abulfath Bustiyni madh etish bilan birga adolat, saxiylik va ilm-fan
haqida zamonasining hukmdorlari bilan qilgan suhbatlari ham aks etgan. Beruniyni madh etib
yozgan Abu Hasanga shunday javobi (mazmuni) bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |