Ey shoir, sen odob bilan mening oldimga kelib,
Meni madh etmoqchi bo‘lasan, lekin men dashnom eshitishga ko‘nikkanman...
Dashnom va maqtov, ey Abu Hasan, mening nazdimda barobardir,
11
Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. 2-жилд. – Т.: Фан, 1965. - Б.114-124.
12
Қаранг: Комилов Н. Беруний ва бадиий ижод. // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2005. – 4-сон. –Б.4.
151
Xuddi sening hazilu jiddiyliging men uchun barobar bo‘lgani kabi.
Avf et, ota-onamning gunohlaridan o‘t, ularni tinch qo‘y,
Bu ishing bilan sen bamisoli shishani toshga urganday (ovora) bo‘lasan.
Qasidaning yakuniy qismida muxoliflariga bo‘lgan munosabatini aytish bilan o‘zi haqida
shunday ma’lumot beradi: «Ular (muxoliflar) fan oldida tiz cho‘kmadilar. Va ilmiy
munozaralarda qatnashmadilar. Hech kim ham (ilmda) men kabi turlicha masalalar ustida
to‘xtalgan emas. Mabodo meni bilmoqchi ekansan, Sharqda men haqimda hindlardan, /arbda
mening tortgan. qiyinchiliklarimni bilganlardan so‘ra».
Prof. N.Komilovning «Beruniy va badiiy ijod» maqolasida allomaning she’riy asarlarini
tahlil qilarkan, undan Yoqut Hamaviy tazkirasiga kirgan quyidagi to‘rtliklarni misol (mazmuni)
keltiradi:
Mehnatsiz shuhrat qozongan odam
Osoyishtalik, farovonlik soyasida yashaydi.
Yaxshi kiyinadi, rohatda (kun ko‘radi),
Lekin ulug‘lik kiyimida u hamisha yalang‘ochdir.
Sen mendan uzoqlashding va mening hayotim
avvallari yaxshi o‘tgan bo‘lsa, endi qayg‘uli bo‘ladi.
Sening maktubing g‘am-alamdan, har qanday duodan ko‘ra
Meni ming marta yaxshiroq davolaydi.
N.Komilov M.Salening «Beruniy she’rni ermak uchun yozardi»
13
degan fikrini rad etib
yozadi: «Beruniy arab she’riyatining turli shakllarida, mavzu jihatidan rang-barang va manzur
bo‘larli darajada qalam tebratganini ko‘rsatadi»
14
.
Beruniy adabiy merosi tarkibida adabiy-nazariy qarashlar va o‘ziga zamondosh bo‘lgan
shoirlar ijodiga munosabat yetakchilik qiladi. «al-Javohir» asari qimmatbaho toshlar va
ma’danlar tasnifiga bag‘ishlangan. Unda ayrim la’l va ma’danlar haqida ma’lumot berarkan, u
haqda adiblarningg fikrlarini ham keltiradi. Masalan, «Lu’lu’» bobining «Gavhar va uning
nomlarining adiblar tomonidan ta’riflanishi» faslida adabiyot masalalariga to‘xtaladi. Shoir
qo‘llagan badiiy san’atlarning o‘sha tasvirdagi narsa yoki hodisaga mos kelish-kelmasligini
sharhlarkan, bir shoirning (mazmuni)
Mening qalbim nozik qomatli, beli niholday harakatlanuvchi jononga qaratilgan,
U qiz husnu jamolda dengiz qirg‘oqqa uloqtirgan gavhardek
baytidagi tashbeh qo‘llanilishi haqida «Lekin bu o‘xshatish ma’no jihatidan to‘g‘ri emas, chunki
gavhar qirg‘oqqa uning chig‘anog‘i o‘lgandan keyingina uloqtiriladi. Bunday holda esa gavhar
yemirilish va o‘zgarishlardan buzilgan bo‘ladi» deb yozadi. Shoirning tashbehi haqida
ma’danshunos allomagina bunday nozik kuzatish qilish mumkin.
Umuman, asarda saksondan ortiq shoir ijodiga murojaat orqali shunday xulosaga keladi:
«Shoirlar tabiatdagi narsa-hodisalarning hamma vaqt zam aniq xususiyatlarini tasvirlashga
qiziqmaydilar, balki ularni kishilar tasavvuridagi holatiga ko‘ra qalamga oladilar»
15
. Ayni asarda
johiliya davri shoirlari Qays ibn Mulavvah, Hotam To’yi, Ibn Sa’d ijodidan ham namunalar
keltirgan. Jumladan, ushbu asarida arab va fors tillarida asarlar yaratgan Hamza Isfahoniy, Abu
Bakr ibni Husayn Ko‘histoniy, Abul Qosim ibni Bobak Jurjoniy, Mansur Muvarrid Forisiy,
Gadoiriy, Darshor ibni Burd, Abu Mansur Saolibiy, Abubakr Xorazmiy, Xotibiy ibn Nasrovayh
Samarqandiy v.b. tilga olingan.
«Hindiston», «Saydona», «Osoru-l-boqiya» asarlarida ham baddiy adabiyot va
adabiyotshunoslikka doir fikrlar bayon qilingan.
Beruniyning Abu Tammom (arab shoiri) haqidagi «Abu Tammom ash’origa sharh»,
«Abu Tammom ijodida alif bilan tugallanadigan qofiyali she’rlar» kabi risolalari, fors tilidan
arab tiliga tarjima qilgan «Qosimu-s-surur va Aynu-l-hayot», «Hurmuzdiyor va Mehryob»,
13
Салье М. А. Абу Райҳон Беруний. – Т.: 1960. – Б. 79.
14
Қаранг: Комилов Н. Беруний ва бадиий ижод. // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2005. – 4-сон. – Б.5.
15
Иқтибос юқоридаги мақоладан олинди.
152
«Lolmoh va Kiromiduxt», «Vomiq va Uzro», «Bomiyonning ikki sanami», «Nilufar», «Dabistiy
bilan Borbahokor hikoyasi» kabi tarjima asarlari bizgacha yetib kelmagan. Shu bilan birga
alloma «Panchatantra» («Kalila va Dimna»)ning Abdulloh ibn Muqaffa tomonidan qilingan arab
tiliga tarjimasidan qoniqmay, uning o‘zi imkoniyat topib asarni arabchaga o‘girishni orzu qilgan.
Matn va manbalar: 1. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.: Fan, 1965. -
B.245; 2. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. – T.: Fan, 1968. - B.114-124; 3. Abu
Rayxon Beruni. Minerologiya. – M.: 1963. – S.55-56.
Ilmiy adabiyot: 1. Bulgakov P.G. Jizn i trudы Beruni. – T.: 1972; 2. Komilov N. Beruniy
va badiiy ijod. // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2005. – 4-son. – B.3-16; 3. Sale M. A. Abu Rayhon
Beruniy. – T.: 1960. – B. 79; 4. Qayumov A. Beruniy va adabiyot. – T.: 196
Do'stlaringiz bilan baham: |