Xavfli holatlardan biri - pedagogik hamkorlik tamoyillariga yuzaki
yondashishdir. Pedagogik hamkorlik doirasida qo‘llaniladigan maqbul usullarning
mohiyati shundaki, hamkorlik asosidagi bilish jarayoni uning ochiqligi bilan
xarakterlanadi. Agar pedagogik hamkorlik jarayoni ochiq bo‘lsa, murakkab tarzda
tashkil etiladigan, bo‘sh tarzda tarkiblashgan, nomuntazam tarzda rivojlanadigan,
moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etadigan
jarayonlarni bilish metodlari ham ochiq bo‘lishi lozim.
Ta’lim mazmunining shaxsiy mohiyat kasb etishi uchun o‘qituvchi va
o‘quvchilar ongining shaxsiy tarkibiga e’tibor qaratish lozim. Ijodkorlikka
asoslangan o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining
negizi va mexanizmi sifatida o‘qish, o‘rganish, tarbiyalash hamda o‘z-o‘zini
tarbiyalash namoyon bo‘ladi. Ularda o‘quvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil tashkil
etishga qaratilgan o‘quv materiallari va axloqiy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan.
Uning yordamida o‘quvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan ta’lim
texnologiyalari vujudga keladi.
O‘quvchining yangi, ya’ni hamkorlik holatiga o‘tishida vaziyatning o‘zi bilan
bog‘liq tarzda uning ongi va kechinmalari ham faollashadi. Bu jarayonda pedagogik
hamkorlik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsiy nuqtai nazarning
ikki ko‘rinishini vujudga keltiradi:
1) ijtimoiy jihatdan moslashish yoki vaziyatni tashkil etish jarayonida faol
ijodiy faoliyat ko‘rsatish;
2) o‘zfaoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan ijodkorlik, ta’lim olish,
o‘rganish, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash pedagogik faoliyatning maqsadi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda o‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati bosqichma-bosqich
ustozona nasixatgo‘ylikdan o‘quvchini tushunuvchi, uning qayg‘ulariga sherik,
ta’lim jarayonining o‘zaro teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkoriga aylanmoqda.
O‘quvchiga pedagogik yordam ko‘rsatish, birgalikda xulq-atvor me’yorlarini
o‘zlashtirish ta’lim jarayonida asosiy o‘rin egallamoqda. Bunday yondashuv
natijasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilarining nuqtai
nazarlarini yoppasiga o‘rganish va tahlil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat
shakllanmoqda. Buning natijasida o‘qituvchi faoliyatiga bo‘lgan talablar
o‘zgarmoqda. O‘quv dasturida ko‘rsatilgan bilimlarni o‘quvchiga ko‘chirish, uning
bilimdonligini shakllantirish ko‘nikmasi o‘rnini ijodiy masalalarni yechish, ko‘p
tarmoqli ongni shakllantirish, o‘z faoliyatini amalga oshirish layoqatini tarkib
toptirish ko‘nikmasi egallashi lozim. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi ko‘p jihatdan fan
o‘qituvchisi va metodist sifatida namoyon bo‘lmasligi, balki yangicha pedagogik
konfliktlar yechimini topishga asoslangan ta’lim tizimining boshqaruvchisi sifatida
faoliyat ko‘rsatishi kerak. Chunki, bugungi kun talabiga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchilar
ongining rivojlanish yo‘llarini tahlil qiluvchi sub’ektdir.
Tanlov, erkinlik, mustaqillik, axloqiylik, o‘z faoliyatini amalga oshirish
hodisasi nafaqat tashqi omillar ta’sirining natijasi, balki ichki omillar, ya’ni shaxs
ongi, uning ichkimazmuni va shaxsiy tarkibi bilan bog‘liqdir. Ichki omillar
o‘quvchilarning maqsadga yo‘naltirilganlik darajasi, qiziqishlari, o‘z faoliyatini
amalga oshirishga bo‘lgan ixtiyori hamda o‘z-o‘zini tasdiqlashini ifodalaydi.
Bunday yo‘nalishlarni tayyor holda qo‘lga kiritish mumkin emas. U o‘quvchining
bilishga asoslangan ongida hamkorlik jarayonida yangidan vujudga kelishi kerak.
O‘quvchilarda bilishga asoslangan ongni rivojlantirishning samarali
yo‘llaridan biri - pedagogik hamkorlikdir. Pedagogik hamkorlikning insoniy jihati
o‘quvchining o‘quvchi, o‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatida
namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda
muayyan to‘siqlar ham mavjud. Bu to‘siqlarning aksariyati o‘qituvchi va
o‘quvchilar ongida namoyon bo‘lmokda. Buamalda mavjud bo‘lgan pedagogik
an’analar bilan bog‘liq. Mazkur fikrni oydinlashtirishga intilar ekanmiz, bugungi
kunda ta’lim jarayonida pedagogik ongni yangicha, ya’ni hamkorlik asosida
rivojlantirishga bo‘lgan harakatlar sust kechmoqda.
Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchida mustaqillikka va hamkorlikka intilish
ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bilimlarni o‘zlashtirish
faqatgina mavjud ob’ektiv hodisa sifatida talqin etilishi mumkin emas. Unda o‘z-
o‘zini rivojlantirishning bir qator ichki quvvatlari ham ishtirok etadi. U sub’ektivlik
belgilariga ham ega. Shaxsiy tajribaga xos bo‘lgan, uning tabiiyligini baholamagan,
ilmiyligi, ilmiy-tarixiy ongga zid bo‘lmagan xususiyatidir. U o‘zida muayyan shaxs
ongiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ifodalaydi.
O‘quvchining axloqi o‘zoq vaqt mobaynida mustaqillikka nazariy emas, balki
amaliy ishonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunda o‘qituvchilar tanlagan mavqe aniq
imkoniyatlarni egallashga yo‘naltirilgan. U pedagogik faoliyatning yangi
qadriyatlari vamazmun-mohiyatini aniqlash zarurligini ko‘rsatmokda. Chunki,
bugungi kunda pedagogik jarayon axborotli-yo‘naltiruvchilik quvvatidan axloqiy
qadriyatlarga jalb qiluvchi nafis texnologiyalarni qo‘llashni talab qilishga
yo‘naltirilgan pedagogik vaziyatga o‘tishni talab qilmoqda.
Mazkur ikki xil pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlari:
a) aniq, oddiy, biroq, faqatgina tayyor bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga
xizmat qiladi;
b) ko‘prok darajada dolzarb va samarali, ta’lim-tarbiyaning mustaqil tarzda
tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan.
14
Birok, u o‘ta murakkab, muayyan va qat’iy texnologiya ko‘rinishida namoyon
bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyalarga hamkorlikasosida yondashuv bir qadar ob’ektiv
ahamiyat kasb etadi. Mazkurvoqelik muayyan darajada aniq jarayonlar bilan
bog‘liqdir.
Uo‘ziga xos
belgilar,
xususiyatlar,
tamoyillar,
mazmun,
mavjudlikshartlariga ega. Bo‘larning barchasi uning o‘quvchilar ongida
namoyonbo‘lishini ta’minlaydi.
Hamkorlikning pedagogik qimmati shundan iboratki, uo‘quvchiga xosbo‘lgan
o‘lchovlarni bilishning asosiy metodisifatida o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash
imkonini beradi. Pedagogik hamkorlikning o‘ziga xos metodlari va tamoyillari
yordamida o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘zining insonparvarlikka asoslangan
pedagogik faoliyatini amalga oshiradi. Shu bilan birqatorda, u o‘quvchilarni
yaxshiroq tushunishga muvaffaq bo‘ladi. Pedagogik hamkorlik yordamida
konfliktlar yechimini topishga pedagogik faoliyatda yangicha instrumentariy
vujudga keladi. Bu esa, o‘quvchilarni tushunishning fikriy-izlanuvchi va pedagogik
hodisalarni qayta baholovchi metodidir. Pedagogik hamkorlik pedagogik
madaniyatning yangi, yanada nazokatli o‘lchovlarini, tolerantlikni namoyon qilish
imkonini beradi.
Pedagogik sinergetika, ya’ni o‘quvchilarning o‘zaro do‘stona munosabatlarga
asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishlari ta’lim jarayonida kafolatlangan
natijaga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘quvchilarning o‘z
faoliyatlarini hamkorlikda, mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy
14
Сафарова P.F., Ш.Неъматов ва бошқ. Ўқув предметларимазмунини аниқловчи асосий параметрлар. -.Т.:Фан ватехнология, 2011. -160 б.
yondashuvlarni o‘z ichiga olib, mazkur nazariya faoliyatni tashkil etish hodisasi
bilan bog‘liq bo‘lgan yangi dunyoqarashdir. Sinergetika (yunon. Sunergeia –
hamkorlik, hamjihatlik) - ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini o‘zaro hamkorlikda
mustaqil tarzda tashkil etish nazariyasi, o‘z-o‘zini boshqarish, nomuntazam
hodisalarni o‘rganish, dunyoni yangicha izohlash, tabiiy va pedagogik-psixologik
murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish,
yangicha tafakkur uslubi. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |