Amaliy mashg’ulotlar


Xavfli  holatlardan  biri  -  pedagogik  hamkorlik  tamoyillariga  yuzaki



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/145
Sana02.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#136146
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   145
Bog'liq
2 5222031064809082337

Xavfli  holatlardan  biri  -  pedagogik  hamkorlik  tamoyillariga  yuzaki 
yondashishdir. Pedagogik hamkorlik doirasida qo‘llaniladigan maqbul usullarning 
mohiyati  shundaki,  hamkorlik  asosidagi  bilish  jarayoni  uning  ochiqligi  bilan 
xarakterlanadi. Agar pedagogik hamkorlik jarayoni ochiq bo‘lsa, murakkab tarzda 
tashkil  etiladigan,  bo‘sh  tarzda  tarkiblashgan,  nomuntazam  tarzda  rivojlanadigan, 
moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etadigan 
jarayonlarni bilish metodlari ham ochiq bo‘lishi lozim. 
Ta’lim  mazmunining  shaxsiy  mohiyat  kasb  etishi  uchun  o‘qituvchi  va 
o‘quvchilar  ongining  shaxsiy  tarkibiga  e’tibor  qaratish  lozim.  Ijodkorlikka 
asoslangan o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining 
negizi  va  mexanizmi  sifatida  o‘qish,  o‘rganish,  tarbiyalash  hamda  o‘z-o‘zini 
tarbiyalash namoyon bo‘ladi. Ularda o‘quvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil tashkil 
etishga  qaratilgan  o‘quv  materiallari  va  axloqiy  qadriyatlar  o‘z  ifodasini  topgan. 
Uning yordamida o‘quvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan ta’lim 
texnologiyalari vujudga keladi. 
O‘quvchining yangi, ya’ni hamkorlik holatiga o‘tishida vaziyatning o‘zi bilan 
bog‘liq tarzda uning ongi va kechinmalari ham faollashadi. Bu jarayonda pedagogik 
hamkorlik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsiy nuqtai nazarning 
ikki ko‘rinishini vujudga keltiradi: 
1)  ijtimoiy  jihatdan  moslashish  yoki  vaziyatni  tashkil  etish  jarayonida  faol 
ijodiy faoliyat ko‘rsatish; 


2) o‘zfaoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan ijodkorlik, ta’lim olish, 
o‘rganish,  tarbiyalash,  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  pedagogik  faoliyatning  maqsadi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bugungi kunda o‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati bosqichma-bosqich 
ustozona  nasixatgo‘ylikdan  o‘quvchini  tushunuvchi,  uning  qayg‘ulariga  sherik, 
ta’lim jarayonining o‘zaro teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkoriga aylanmoqda. 
O‘quvchiga  pedagogik  yordam  ko‘rsatish,  birgalikda  xulq-atvor  me’yorlarini 
o‘zlashtirish  ta’lim  jarayonida  asosiy  o‘rin  egallamoqda.  Bunday  yondashuv 
natijasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilarining nuqtai 
nazarlarini yoppasiga o‘rganish va tahlil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat 
shakllanmoqda.  Buning  natijasida  o‘qituvchi  faoliyatiga  bo‘lgan  talablar 
o‘zgarmoqda. O‘quv dasturida ko‘rsatilgan bilimlarni o‘quvchiga ko‘chirish, uning 
bilimdonligini  shakllantirish  ko‘nikmasi  o‘rnini  ijodiy  masalalarni  yechish,  ko‘p 
tarmoqli  ongni  shakllantirish,  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish  layoqatini  tarkib 
toptirish  ko‘nikmasi  egallashi  lozim.  Shunga  ko‘ra,  o‘qituvchi  ko‘p  jihatdan  fan 
o‘qituvchisi  va  metodist  sifatida  namoyon  bo‘lmasligi,  balki  yangicha  pedagogik 
konfliktlar yechimini topishga asoslangan ta’lim tizimining boshqaruvchisi sifatida 
faoliyat ko‘rsatishi kerak. Chunki, bugungi kun talabiga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchilar 
ongining rivojlanish yo‘llarini tahlil qiluvchi sub’ektdir. 
Tanlov,  erkinlik,  mustaqillik,  axloqiylik,  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish 
hodisasi nafaqat tashqi omillar ta’sirining natijasi, balki ichki omillar, ya’ni shaxs 
ongi,  uning  ichkimazmuni  va  shaxsiy  tarkibi  bilan  bog‘liqdir.  Ichki  omillar 
o‘quvchilarning  maqsadga  yo‘naltirilganlik  darajasi,  qiziqishlari,  o‘z  faoliyatini 
amalga  oshirishga  bo‘lgan  ixtiyori  hamda  o‘z-o‘zini  tasdiqlashini  ifodalaydi. 
Bunday yo‘nalishlarni tayyor holda qo‘lga kiritish mumkin emas. U o‘quvchining 
bilishga asoslangan ongida hamkorlik jarayonida yangidan vujudga kelishi kerak. 
O‘quvchilarda  bilishga  asoslangan  ongni  rivojlantirishning  samarali 
yo‘llaridan biri - pedagogik hamkorlikdir. Pedagogik hamkorlikning insoniy jihati 
o‘quvchining  o‘quvchi,  o‘qituvchining  o‘quvchilarga  bo‘lgan  munosabatida 
namoyon bo‘ladi. 
Bugungi  kunda  ta’lim  jarayonida  pedagogik  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yishda 
muayyan  to‘siqlar  ham  mavjud.  Bu  to‘siqlarning  aksariyati  o‘qituvchi  va 
o‘quvchilar  ongida  namoyon  bo‘lmokda.  Buamalda  mavjud  bo‘lgan  pedagogik 
an’analar  bilan  bog‘liq.  Mazkur  fikrni  oydinlashtirishga  intilar  ekanmiz,  bugungi 
kunda  ta’lim  jarayonida  pedagogik  ongni  yangicha,  ya’ni  hamkorlik  asosida 
rivojlantirishga bo‘lgan harakatlar sust kechmoqda. 
Ta’lim jarayonida har bir  o‘quvchida mustaqillikka  va hamkorlikka  intilish 
ko‘nikmasini  shakllantirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bilimlarni  o‘zlashtirish 
faqatgina mavjud ob’ektiv hodisa sifatida talqin etilishi mumkin emas. Unda o‘z-


o‘zini rivojlantirishning bir qator ichki quvvatlari ham ishtirok etadi. U sub’ektivlik 
belgilariga ham ega. Shaxsiy tajribaga xos bo‘lgan, uning tabiiyligini baholamagan, 
ilmiyligi, ilmiy-tarixiy ongga zid bo‘lmagan xususiyatidir. U o‘zida muayyan shaxs 
ongiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ifodalaydi. 
O‘quvchining axloqi o‘zoq vaqt mobaynida mustaqillikka nazariy emas, balki 
amaliy  ishonch  bag‘ishlaydi.  Bugungi  kunda  o‘qituvchilar  tanlagan  mavqe  aniq 
imkoniyatlarni  egallashga  yo‘naltirilgan.  U  pedagogik  faoliyatning  yangi 
qadriyatlari  vamazmun-mohiyatini  aniqlash  zarurligini  ko‘rsatmokda.  Chunki, 
bugungi  kunda  pedagogik  jarayon  axborotli-yo‘naltiruvchilik  quvvatidan  axloqiy 
qadriyatlarga  jalb  qiluvchi  nafis  texnologiyalarni  qo‘llashni  talab  qilishga 
yo‘naltirilgan pedagogik vaziyatga o‘tishni talab qilmoqda. 
Mazkur ikki xil pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlari: 
a)  aniq,  oddiy,  biroq,  faqatgina  tayyor  bilimlarni  o‘quvchilarga  uzatishga 
xizmat qiladi; 
b) ko‘prok darajada dolzarb va samarali, ta’lim-tarbiyaning mustaqil  tarzda 
tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan.
14
 
Birok, u o‘ta murakkab, muayyan va qat’iy texnologiya ko‘rinishida namoyon 
bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyalarga hamkorlikasosida yondashuv bir qadar ob’ektiv 
ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkurvoqelik  muayyan  darajada  aniq  jarayonlar  bilan 
bog‘liqdir. 
Uo‘ziga  xos 
belgilar, 
xususiyatlar, 
tamoyillar, 
mazmun, 
mavjudlikshartlariga  ega.  Bo‘larning  barchasi  uning  o‘quvchilar  ongida 
namoyonbo‘lishini ta’minlaydi. 
Hamkorlikning pedagogik qimmati shundan iboratki, uo‘quvchiga xosbo‘lgan 
o‘lchovlarni  bilishning  asosiy  metodisifatida  o‘quv-tarbiya  jarayonida  qo‘llash 
imkonini  beradi.  Pedagogik  hamkorlikning  o‘ziga  xos  metodlari  va  tamoyillari 
yordamida  o‘qituvchi  ta’lim  jarayonida  o‘zining  insonparvarlikka  asoslangan 
pedagogik  faoliyatini  amalga  oshiradi.  Shu  bilan  birqatorda,  u  o‘quvchilarni 
yaxshiroq  tushunishga  muvaffaq  bo‘ladi.  Pedagogik  hamkorlik  yordamida 
konfliktlar  yechimini  topishga  pedagogik  faoliyatda  yangicha  instrumentariy 
vujudga keladi. Bu esa, o‘quvchilarni tushunishning fikriy-izlanuvchi va pedagogik 
hodisalarni  qayta  baholovchi  metodidir.  Pedagogik  hamkorlik  pedagogik 
madaniyatning yangi, yanada nazokatli o‘lchovlarini, tolerantlikni namoyon qilish 
imkonini beradi. 
Pedagogik sinergetika, ya’ni o‘quvchilarning o‘zaro do‘stona munosabatlarga 
asoslanib  hamkorlikda  faoliyat  ko‘rsatishlari  ta’lim  jarayonida  kafolatlangan 
natijaga  erishish  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  o‘quvchilarning  o‘z 
faoliyatlarini  hamkorlikda,  mustaqil  tarzda  tashkil  etishga  oid  nazariy 
                                                 
14
Сафарова P.F., Ш.Неъматов ва бошқ. Ўқув предметларимазмунини аниқловчи асосий параметрлар. -.Т.:Фан ватехнология, 2011. -160 б. 
 


yondashuvlarni  o‘z  ichiga  olib,  mazkur  nazariya  faoliyatni  tashkil  etish  hodisasi 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yangi  dunyoqarashdir.  Sinergetika  (yunon.  Sunergeia  –
hamkorlik, hamjihatlik) - ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini o‘zaro hamkorlikda 
mustaqil  tarzda  tashkil  etish  nazariyasi,  o‘z-o‘zini  boshqarish,  nomuntazam 
hodisalarni  o‘rganish,  dunyoni  yangicha  izohlash,  tabiiy  va  pedagogik-psixologik 
murakkab  tizimli  jarayonlarning  tabiatini  bilishga  qaratilgan  ilmiy  yo‘nalish, 
yangicha  tafakkur  uslubi.  O‘quvchilarda  o‘zaro  do‘stona  munosabatlarga 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish