xaqiqat, xaqiqat bor joyda o‘zaro hurmat muhiti xukm suradi. O‘quvchilar orasida
o‘zaro hurmat shakllangan ta’lim jarayonida do‘stona munosabat, o‘zaro
g‘amxo‘rlik, mehr-muruvvat qaror topadi. Bu jarayonda barcha o‘quvchilar bir-
birlariga mehr ko‘rsatadilar, ularning birgalikda faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlari
kengayadi. O‘quvchilar orasidagi do‘stona munosabatlarga asoslangan o‘zaro
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun quyidagilarni
amalga oshirish kerak:
- o‘quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
- o‘quvchilar jamoasi orasida ijodkorlik va bag‘rikenglikka asoslangan o‘zaro
do‘stona muhitni vujudga keltirish kabilar. O‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga
asoslangan o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish
uchun mazkur maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etish va didaktik
jihatdan ta’minlash lozim. Buning uchun o‘quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter
kasb etishi va o‘zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash
kerak. Ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quvchilarda
ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy
fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki, o‘quvchilar murakkab, ruhiy
inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega bo‘lgan, shijoatli, yangilikka
chanqoq olamni o‘zlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka
moyil, xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlarning shakllanishi jadal sur’at bilan
kechadigan bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, quyidagilarning muhimligi ko‘zatilmoqda:
- o‘quvchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmining kengligi va ularni
o‘zlashtirish o‘zaro hamkorlik va fikr almashinish muhitini taqozo qilishiga erishish;
- o‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga asoslangan o‘zaro hamkorlikda faoliyat
ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish o‘qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy
qismi sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlash;
- o‘quvchilar orasidagi do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik negizida
o‘zaro axborot almashinish va jadal o‘zlashtirish imkoniyatini kengaytirish kabilar.
Jamiyat hayotida inson uchun hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish quvvati bilan
bir qatorda, hamjihatlikda rivojlanish imkoniyati ham mavjud. Bugungi kunda
hamkorlik shaxs tafakkurining o‘zgarishi natijasida vujudga kelmoqda. Hamkorlikni
tashkil etuvchi tushunchalarning tarkibi insonning zamonaviy tafakkurini
ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: