O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga
mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir o‘quvchi va guruhlardan qanday natija kutilishi
tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
• erishishi lozim bo‘lgan natija ko‘lami; • vazifalarni qay tartibda topshiradi va kim uni qabul qiladi; • mas’uliyat, javobgarlik va huquq tizimi; • aniq siyosat, tartib-qoidalar va hokazolar.
Pedagog bu masalalarni o‘zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har
bir vaziyatda, har bir o‘quvchi va guruh qay tarzda yo‘l tutishini, ularni nima
kutishini tushuntirib bermog‘i lozim.