Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari
1-vaziyat. Birinchi sinfdanoq o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmasini egallagan
ikkinchi sinf isi Yulduz maktab oshxonasida o‘zining idish-tovoqlarini
yig‘ishtirayotganda tasodifan qoqilib tushib, kosa va piyolani sindirib qo‘ydi. Qiz
bola bu tasodif va qo‘rquvdan dong qotib qoldi, so‘ngra yig‘lab yubordi.
Yulduz hayajonda edi: bunday holat maktabda ilk bor sodir bo‘lgan edi.
Bundan tashqari u jazodan qo‘rquvda. Uni tushunisharmikinlar? Bu hodisa, uning
erki va xohishidan tashqari, tasodifan bo‘lganligiga ishonisharmikanlar? Uni,
ayniqsa, singan idishlar o‘rniga yangi idish-tovoq sotib olish tartibi borligi bezovta
qilar edi. Bunday holatga, ikki qizni tarbiyalayotgan va boqayotgan Yulduzning
onasi qanday munosabatda bo‘larkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |