3. Insonparvarlikka asoslangan hamjihatlik muhitini qaror toptirish.
Pedagogik konfliktlar yechimini topish o‘quv-biluv jarayonida insonparvarlikka
asoslangan pedagogik muhitni qaror toptirish ham alohida ahamiyatga ega.
Insonparvar, demokratik, jamoaviy hamkorlik jarayonida o‘quvchilarda mustahkam
bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularga nisbatan muruvvat va mehr-
muhabbat, sadoqat bilan munosabatda bo‘lish, ularni ezgu ishlarga ruhlantirish,
hamkorlik, o‘zaro muomala va muloqotda pedagogik mahorat ko‘rsatish,
o‘quvchilar orasida ijobiy muhitni qaror toptirish, ularning kamchiliklariga nisbatan
bag‘rikenglik bilan bardoshli munosabatda bo‘lish lozim.
12
Demokratik munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi hamda
o‘quvchilar orasidagi demokratik munosabatlar quyidagilarni ta’minlash imkonini
beradi:
1. O‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi munosabatlarni barqarorlash tirish.
2. Darsda hamjihatlikka asoslangan ijobiy muhitni vujudga keltirish.
3. O‘quvchilarda erkin tanlov va o‘z fikrini himoya qilish ko‘nikmasini
shakllantirish.
12
Сафарова P.F., Ш.Неъматов ва бошқ. Ўқув предметларимазмунини аниқловчи асосий параметрлар.- .Т.:Фан ватехнология, 2011. -160 б.
4. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro tenglikka
asoslangan munosabatlarni qaror toptirish kabilar.
Pedagogik jihatdan o‘z faoliyatini tashkil etish o‘qituvchining o‘z ichki
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga layoqatliligidir. Bu uning faoliyatiga insoniy
mazmun
beradi.
Ichki
imkoniyatlarni
ro‘yobga
chiqarish
muayyan
tashabbuskorlikni talab qiladi. Ong tarkibining istiqboldagi faoliyatga ko‘rsatadigan
ta’sirini belgilash g‘oyasi mustaqil bilim olish tajribasi ning shakllanishida
pedagogikaga hamkorlik nazariyasiga oid tadqiqotlar orqali kirib kelgan. Bu o‘z
faoliyatini hamkorlik asosida amalga oshirish sohasidagi yondashuvga tayanadi. Bu
jarayonda o‘qituvchi yangi sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan bilimlarni
o‘zlashtirishga ko‘maklashadi.
Insoniy nuqtai nazardan shaxsning o‘z faoliyatini tashkil etishi pedagogik
konfliktlar yechimini topishga oid asosiy tushunchalarni anglash imkonini beradi.
Pedagogik konfliktologiya fani uyg‘unlashgan didaktik jarayonlarni tahlil qilish va
o‘z faoliyatini tashkil qilish metodlarini izchil tatbiq etishga yo‘naltirilgandir. Bu
o‘ta murakkab, ochiq, nomuntazam rivojlanuvchi tizim bo‘lib, uning o‘ziga xos
jihati o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etishida namoyon bo‘ladi. Mazkur tizimning
ichki imkoniyati o‘zida yangi sifatga egabo‘lgan hayot uchun zarur kelishuv
jarayonini namoyon qilishidadir. Pedagogika fanida bunday tizimni shaxs ongini
shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayon sifatida baholash mumkin. Unda
amalga oshadigan ichki o‘zgarishlar shaxs ongi strukturasining faoliyatini
ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida, ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi
ongida yangicha, kuchliroq tarkibning vujudga kelishi uning yordamida bilimlar,
axborotlar va tajribalarning o‘zlashtirilishi bir qator shart-sharoitlarga amal qilishni
taqozo qiladi:
1. Eski tizimlar inqiroz holatida bo‘lib, tanqidiy holatni boshidan kechirishi,
bunday vaziyatda eski strukturalar yangi vaziyatlarning talablariga bardosh bera
olmaydi. Ta’lim tizimida bugungi kunda ham an’anaviy o‘qitish jarayoni ustuvor
o‘rin egallab, shaxsga yo‘naltirilgan hamkorlikka asoslangan ta’lim tizimiga o‘z
o‘rnini bo‘shatib bera olmayapti.
2. Mazkur tizimda mavjud bo‘lgan yangi sifatlar vujudga kelishining asosiy
manbai unda joylashtirilgan ichki holatlardir. O‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil
etish mexanizmini harakatga keltirish tashqi manbalar yordamida amalga
oshirilishilozim.
3. Tadrijiy taraqqiyot jarayonida yangi struktura va uni yo‘naltiruvchi
bo‘shliqlar tasodifiy tarzda mustaqil yashashi, muayyan barqarorlikka erishish
imkonini berishi kerak.
4. Ta’lim tizimida yangi sifatlarning shakllanishi hamkorlik tamoyillari va
shartlari yordamida aniqlanishi lozim. Bu shuni anglatadiki, o‘qituvchi hamda
o‘quvchilar orasidagi aniq hamkorlik ta’lim-tarbiyada birgalikda ijod qilishga
asoslangan holda amalga oshishi mumkin. Bu jarayonda ularning mustaqil
rivojlanishlari va o‘z faoliyatlarini tashkil etishlari uchun tashqi oziqlantiruvchi
vositalar vujudga keltiriladi. Bu amaliy tajribalar va xulq-atvorni shakllantirishga
xizmat qiladigan dastlabki metodlar va usullar yordamidagina emas, balki
pedagogik hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida vujudga kelgan vaziyatni hamkorlik atamasi
yordamida ifodalash mumkin. U eski strukturani buzishga xizmat qiladigan tanqidiy
nuqtai nazarga ega. Shuasosda mazkur tizimning yangi sifat bosqichiga
ko‘tarilishigaishonch vujudga keladi. Uning ishonchli tarzda taraqqiy etishi
o‘tamurakkablik shakldagi yangicha rivojlanish imkoniyatigaegaligidadir. U
nomuntazamlilik, ko‘pvariantlilik xususiyatigaega bo‘lib, bu jarayonda tizimning
bir holatdan ikkinchi holatgao‘tishini bashorat qilish mumkin emas. Chunki bu tizim
o‘zarobarqarorlik va tenglik xarakteriga ega emas. Mazkur tizimijodiy faoliyat
ko‘rsatish uchun ochiqhisoblanadi.
13
Pedagogik ijodkorlik - o‘qituvchiga xos xususiyat bo‘lishikerak. Uning o‘ziga
xos xususiyatlari yaxlit tarzda tarixiy,milliy, tabiiy, axloqiy omillarga bog‘liqbo‘lib,
ijodkorliko‘zbek xalqining milliy xususiyati sifatida e’tirof etiladi. Ushbu nuqtai
nazarga tayangan holda biz ta’limni yangicha insoniy mohiyatga ega bo‘lgan
jarayon sifatida talqin qilamiz. Bunda birinchi va ikkinchi darajaga ega bo‘lgan
pedagogik hodisalar haqida fikr yuritish o‘rinlidir.
Tanqidiy nuqtai nazar ta’lim tizimining inqirozini ko‘rsatuvchi holatdir. Bu
o‘z navbatida, davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga quyayotgan talablarni
bajara olmasligini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. Yangicha maqsad o‘quvchilarni o‘quv
jarayonining sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishga undaydi. Ularni ijtimoiy hayotga
tayyorlashga yo‘llash imkonini beradi. An’anaviy ta’limning o‘quvchilar
jinoyatchiligi, tajovuzkorligi, giyoxvandligining oldini olish, ularga axloqiy
qadriyatlarni taqdim etish maromini tezlashtirish, ularni ongli faoliyat va o‘zaro
hamkorlikka undash, shaxsiy, sodda, biroq rasmiy ijtimoiy, tarbiyaviy ishga zid
bo‘lgan diniy, totalitar tariqatlar va radikal siyosiy birlashmalarga jalb qiladigan
holatlarni bartaraf etishga yetarlicha qodir emasligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Eski tuzilmalar ma’lum muddat hayot kechiradigan pedagogik faoliyatni
tushunish, ta’lim jarayonida bilimlarni ko‘chirish, ularning muayyan miqdorini
to‘plashdan iborat ekanligini ifodalaydi. Ta’lim-tarbiya o‘quvchilarga ijtimoiy
tajribani taqdim etish va xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish jarayoni sifatida
13
Узбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллийдастури” // Баркамол авлод - Узбекистон тараккиётининг пойдевори. -
Тошкент: Шарк, 1997. - Б. 22-60.
alohida qimmatga ega. Rivojlanish o‘quvchilarda zarur sifatlarni shakllantiruvchi
jarayon sifatida o‘qituvchining monologik ta’siri natijasi hisoblanadi.
Yangi sifatlar - o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z o‘rni va
mohiyatini yangicha tushunish ko‘nikmasidir. Ta’lim-tarbiyaviy qadriyatlarni
tushunish, o‘qitish va rivojlantirish, davlat manfaatlari, o‘quvchi shaxsining
qiziqishlari, imkoniyatlari, shaxsiyati, fikrlari va tafakkuri, tajribasidan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pedagogikaning asosiy g‘oyalarini yangicha tushunish unga ko‘proq shaxsiy
mazmun-mohiyat berish, o‘quvchilar bilan ular uchun tushunarli va qulay bo‘lgan
holatlarda ko‘proq hamkorlik qilishga asoslanadi. O‘quvchi ongi ko‘plab vazifalarni
bajarib pedagogik hamkorlik doirasida uning tarkibiy qismi sifatida namoyon
bo‘ladi. Ular orasida eng muhimi ob’ektiv borliqni aks ettirish vazifasidir. Bu
vazifaning kiritilishi pedagogik faoliyatni tashkil etishni cheklash uni
o‘quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirishga asos bo‘ladi.
Pedagogik hamkorlik uchun inson ongiga bo‘lgan nuqtai nazarning o‘zgarishi
sub’ektga bo‘lgani kabi funksional, quvvatni saqlash jihatidan muhim ahamiyatga
ega. Shunga ko‘ra, o‘quvchi ongi nafaqat vazifa, balki mazmunga ega bo‘lgan tizim
sifatida faoliyat, atrof-muhitga nisbatan shaxsiy, qadriyatli munosabatlar, o‘quv va
xulq-atvor ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, ongning
rivojlanganligi haqida fikr yuritish imkoniyati vujudga keladi. Shaxsning sifatlari
haqida nafaqat paydo bo‘lgan vazifalar yig‘indisi, balki uning namoyon bo‘lish
sifatlari haqida ham gapirish mumkin.
Shakllantiruvchi yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchi shaxsiga har
tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati, ya’ni siyosiy, davlat nuqtai nazaridan,
iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati sifatida ham talqin qilishni taqozo qilmoqda.
Bu alohida shaxsning manfaatlaridan yuqori bo‘lgan qiziqishlar sifatida namoyon
bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, bunday ta’lim-tarbiyaning mavjud yo‘nalishi, ongli
faoliyat asoslari va xulq-atvor tajribasini shakllantirish o‘zida ijobiy quvvatni
mujassamlashtiradi. Bu o‘z navbatida, o‘quvchi shaxsining istiqboldagi taraqqiyoti
uchun boshlang‘ich nuqta hisoblanadi.
Ta’lim oldida turgan ijtimoiy buyurtma shundan iboratki, o‘quv-tarbiya
jarayonida o‘quvchilarning ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan
cheklanmaslik kerak. Vazifaning murakkabligi shundaki, ta’lim-tarbiya
o‘quvchilarda xulq-atvorning shaxsiy, ichki asoslarini shakllantirishi lozim. Bu
amalda o‘quvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilish imkonini berishi zarur.
O‘quvchining shaxsiy sifatlari - bu har bir kishida o‘ziga xos tarzda hosil
bo‘ladigan, uning umumiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini namoyon qiladigan,
shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlaridir. Ular madaniyatlilik, ijodkorlik, erkinlik,
mustaqillik, tanlov imkoniyatiga egalik, fidoiylik, baynalminallik, shaxsiy
yaratuvchilik, bunyodkorlik, o‘ziga xoslik, fuqarolik jamiyatiga mansublik,
xaqgo‘ylik, intizomlilik, hamjihatlik, hamdardlik kabilar.
O‘quvchining shaxsiy sifatlari unga xos bo‘lgan ongli faoliyatning mazmun-
mohiyati va darajasini belgilaydi. Shaxsiy tuzilmalar - bu o‘quvchi ongining
qadriyatlarga asoslangan tarkiblashgan mazmunidir. U o‘quvchining hamkorlikdagi
faoliyati va xulq-atvori orqali namoyon bo‘ladi. Uning hamkorlikdagi muayyan
faoliyatga ongli moslashishini ta’minlaydi. Mazkur faoliyat o‘quvchini yo‘naltiradi,
boshqaradi, uning fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Uning qadriyatlar va
madaniyatga bo‘lgan munosabatini aniqlaydi. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchining
bilimlari, tajribalari, hayotiy va kasbiy maqsadlarini ham ifodalaydi.
O‘quvchi o‘z ongining faoliyati yordamidagina o‘zining shaxslik sifatlarini
namoyon qiladi. U o‘zining shaxsiy fikrini ifodalash, xatti-harakatlarini boshqarish,
o‘z faoliyatini hamkorlik asosida tashkil etish, qabul qilingan talablarni astoydil
bajarish va o‘z faoliyatini shu talablarni amalga oshirishga sarflash o‘quvchilar
o‘quv faoliyatlarining tarkibiy qismidir.
Shaxs ongli faoliyatining muhim ko‘rinishlaridan biri–nazoratdir.
O‘quvchining ongi uning atrof-muhitga bo‘lganmunosabatini yo‘naltiradi va
nazorat qiladi. Bu jarayonda o‘quvchiongi haqiqatdan ham tashqi ta’sirlarni aks
ettiradi va buta’sirlarga muayyan darajada javob qaytaradi. Ushbu
hodisaningpedagogik mohiyati shundaki, u nafaqat ta’sir ko‘rsatish, balkio‘quvchi
ongining mohiyatini ham ifodalaydi. Mazkur nazorat qiluvchi birlikning harakati
qanchalik kuchli bo‘lsa, ongningma’naviy-axloqiy shakllanishi shunchalik
yuqoribo‘ladi.
Ongning vaziyatlarni mustaqil tarzda nazorat qilish layoqati shaxsiy
tuzilmalarning mujassamlashgan ko‘rsatkichlarini vujudga keltiradi. Jumladan:
- tanqidiylik shaxsning o‘zidan tashqarida va o‘z vujudida o‘zgarishlar va
mantiqiy holatlarga baho berishi, mavjud tartibga nisbatan norozilik va shubhaning
vujudga kelishi, qayta fikrlash jarayonlariga yo‘naltirish va ularga tanqidiy baho
berishni anglatadi. Qat’iy tanqidiy nuqtai nazar –
1) o‘z qarashlari, fikrlari, qadriyatli yo‘nalishlarini o‘ta ahamiyati va
h.k.larda deb hisoblamasdan, balki tajribada ifodalangan fikrlar va qadriyatlarning
tarkibiy qismi sifatida baholash ko‘nikmasi;
2) o‘zining shaxsiy tashabbusiga ko‘ra o‘z g‘oyalarini sinab ko‘rish va unga
zid tarzda ilgari surilgan g‘oyalardan himoya qila olish ko‘nikmasi;
3) muayyan salbiy hodisalarda ijobiy holatlarni topa olish ko‘nikmasi;
4) noto‘g‘ri va mayda tanqidlardan qochish ko‘nikmasi;
5) bari-bir, bizda hammasi yaxshi, degan aqidadan o‘zoqlashish ko‘nikmasi;
6) muayyan vaziyatlarda o‘zini ob’ektiv baholay olish, salbiy omillar
ta’siridan saqlanish ko‘nikmasi;
- tarixiy tajribalarni tahlil qila olish, o‘z ko‘lamidan tashqariga chiqish,
fikrlash, o‘rganish, tahlil qilish; konstruksiyalash, o‘zligiga sodiq qolish, o‘z-o‘ziga
haqqoniy munosabatda bo‘lish;
-
voqealarning
yashirin
sabablarini
aniqlay
olish,
o‘xshatish,
tenglashtirish, tahlil qilish, ularning asoslarini aniqlash, ijtimoiy, shaxsiy
qadriyatlar, noaniq holatlarga nisbatan yondashuvlarni namoyon qilish; hodisalar
vujudga kelishining tashqi sabablarini aniqlash;
- yo‘naltirish - olam manzarasini tasavvur qilishning shaxsiy yo‘nalishlarini
aniqlash, individual dunyoqarashga ega bo‘lish;
- mustaqillik - tashqi ta’sirlarga berilmaslik layoqatiga ega bo‘lish, axloqiy
qoidalar doirasida ularga munosib javob beraolish;
- fikriy-ijodiy - shaxsiy fikrlar tizimini aniqlash va vujudga keltirish, faoliyatli
munosabatlar va muloqot ko‘nikmalarini tarkib toptirish, faoliyat jarayonida fikrlash
va ijod qilish;
- o‘z faoliyatini dolzarblashtirish - ma’naviy va ijodiy quvvatlarning yuqori
darajada namoyon bo‘lishini ta’minlash, o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq
tarzda namoyon qilish va rivojlantirish, imkoniyat holatidan xaqqoniylik holatiga
o‘tish;
- o‘z faoliyatini amalga oshirish - atrofdagilarning o‘zligini tan olishlariga
intilish, uning to‘liq namoyon bo‘lishiga mustaqil tarzda sharoit yaratish;
- hayotiy faoliyatining ma’naviy darajasini ta’minlash – o‘z hayotini yuksak
darajadagi qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish layoqatiga ega bo‘lish kabilar.
Bunday shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida o‘quvchilar orasida
hamkorlik muhitini vujudga keltirish ularda ijobiy sifatlarni shakllantirishga xizmat
qiladi. O‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish uchun qulay sharoit vujudga
keltirilsa, ta’lim o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishadi. Yangicha pedagogik
tafakkur bilan bog‘liq tarzda, o‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning asosiy tizimi, uning maqsadi, mazmuni,
shaxsiy-qadriyatli mohiyat kasb etib, texnologik asosga ega bo‘ladi. Hamkorlikka
yo‘naltirish asosida o‘z-o‘zini boshqarish tizimini tarkib toptiradi. Bu esa,
pedagogik hamkorlikning umumiy hamda xususiy tamoyillari va yo‘naltiruvchi
sharoitlariga bog‘liq.
Pedagogik hamkorlikning dastlabki tamoyili insoniylik xarakteriga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |